Makroiqtiodiyot fanidan Ochiq va yopiq iqtisodiyot sharoitida davlat xarajatlari multiplikatori


Davlatning iqtisodiy funksiyalari va bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvining zarurligi



Yüklə 37,72 Kb.
səhifə3/11
tarix23.05.2023
ölçüsü37,72 Kb.
#120541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
КУРС ИШИ

2.Davlatning iqtisodiy funksiyalari va bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvining zarurligi.
Davlat - bu ma’lum hududda yuqori hummronlikka ega tashkilotdir. Italiyalik tafakkur Nikkola Makkavelli (1469-1527) davlatga stato (lotin tili status – status) degan ma’no bergan.Aristotel: – “davlat aql idroki, haqiqat, chiroy va umumiy xuzur-xolovat”, degan edi.T. Gobbs: – “Davlatni jahannamga teng, uning og’zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasi ko’mirni kuydiradi, bo’ynida kuch bor va uning oldida dahshat ham yordam bera olmaydi”, degan edi. O’z mavqelaridan foydalanib tobora ko’proq yer, mol –mulk, harbiy o’ljalarni egallab ola boshlagan dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar -ruhoniylar guruhi ajralib chiqa boshladi. Ularning hokimiyati shaxsiy manfaatini himoya qilishga, qullar va boshqariluvchilarni ushlab turish va bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab qo’yilmasdan, asta-sekin meros bo’lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy drujina jamlana boshladi.
Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish yo’lboshchilar va harbiylar qo’liga o’tdi. Iqtisodiyotda va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi.Urug’-qabila tashkiloti sharoitida ularni hal etish imkoni bo’lmay qoldi.Boshqa siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi. Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ibtidoiy jamiyatdan stivilizastiyaga yorib o’tishi edi. Dunyoda birinchi stivilizastiya va davlatlarqadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV-III ming yillikda tashkil topgan.Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan. Evropaning ko’pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi va davlatning tashkil topishjarayoni o’rta asrlarda nihoyasiga etgan. Afrika va er yuzining boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’munosabatlari yashab kelgan va bu erlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas balki, balki Evropa mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan.“Davlat bu siyosiy hokimiyat tashkilotidir. U jamiyat rivojlanishining industrlashtirishgacha bo’lgan davrida (yangi davrgacha) hukmron sinfning irodasini ifodalagan va himoya qilgan. Industrlashtirishdan keyingi davrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik ko’pchilik vaxalqning manfaatlarini ifodalagan.

Yüklə 37,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin