Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni


Aksiyadorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni



Yüklə 89,59 Kb.
səhifə2/11
tarix20.06.2023
ölçüsü89,59 Kb.
#133117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o1114542524785754

Aksiyadorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni Mundarija Kirish 3
I Bob.Aksiyadorlik jamiyati tushunchasi
1.1 Aksiyadorlik jamiyatininng kelib chiqishi 6
1.2. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlari himoya qilish to’g’risisda 9
1.3 Aksiyadorlik jamiyatining afzalliklari va turlari 14
II Bob Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyot yo’llari 16

    1. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy faoliyatining xususiyatlari 22

    2. O’zbekistonagi eng mashhur aksiyadorlik jamiyatlari 31.

    3. Bozor munosabatlarida aksiyalarning roli 40

Xulosa 40


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 42
KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi. Ma'lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi subyekt, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o'z o'rnigi ega bo'lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko'zlangan va tashqi vositalar o'zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta'minlashning eng samarali yo'llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo'nalishlarini samarali tashkil etish yo'lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo'nalishlarini belgilab olishi zarur. bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o'rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishi qo'yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e'tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to'g'ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to'g'ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy strategiyaga bog'liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy strategiyaning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub'ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta'minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo'lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish zarur.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo'lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etgan bo'lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo'lib, buning sababi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo'yilgan talablar yuqoriligini ko'rsatish
mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin

Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:





  • Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.

  • Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi.

Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari


davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.

Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozorning asosiy institut sifatida ko‘rsatgan maktablardan biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga asos solinishida bo‘lgan. A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o‘lchanishini va buni muvofiqlashtirishda iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi.


A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil ish tutib, o‘z manfaatini ro‘yobga chiqara borib, pirovard natijada “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” vositasida, o‘zi ko‘zlamagan holda maqsad sari yo‘naltiradi. U o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha o‘zi ongli tarzda intilganiga nisbatan jamiyat manfaatlariga ancha ko‘proq samarali tarzda xizmat qiladi”.



Yüklə 89,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin