O’zbekistonagi eng mashhur aksiyadorlik jamiyatlari
Texnologiya ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifoda etgan holda fan yutuqlariga asoslanib mehnat ashyolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonlar ashyolarning ilgari ma’lum bo‘lmagan xususiyatlarini o‘zlashtirib, progressivroq bo‘lgan texnologiyani joriy qilish natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish sirlarini bilib oladilar, bu esa ish kuchiga, ishchining malakasini oshirishga yangidan-yangi talablar qo‘yadi. Ushbu jarayon esa ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan uning omillari qiyofasi, fe’li va o‘zaro ta’siri ham o‘zgarib boradi.
Hozirgi ishlab chiqarish jarayonida energiya va axborotning ahamiyati oshib boradi. SHubhasizki, qudratli energiya manbaalarini o‘zlashtirmasdan turib ish kuchi, mehnat buyumlari va vositalarining o‘zaro ta’sirini samarali bo‘lishiga erishish mumkin emas. Hozirgi ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlash birinchi darajali masaladir. Fan-texnika inqilobi ishlab chiqarish jarayonining zaruriy omili sifatida axborotni oldinga surmoqda. Uning mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda roli beqiyosdir. Ishlab chiqarish munosabatlarida mulkchilik alohida o‘rin egallaydi (uni “mulkchilik munosabatlari” sifatida ifodalaydilar). Mulkchilikning ikki turi mavjud: iqtisodiy va ma’naviy mulkchilik. Iqtisodiy mulkchilik munosabatlari huquqiy maqomga ega bo‘lib, u huquqiy aktlar bilan mustahkamlanadi. Mulkchilikning alohida shakli ma’naviy intellektual mulkchilikdir: san’at asarlari, ilmiy kashfiyotlar va h.k.86 Gegelning ta’kidlashicha: “SHaxsiy farovonlikka egalik qilishim uchun mening ichki qarashim va hoxishimning o‘zi etarli emas va bunday farovonlikka erishishim uchun, bunday qo‘lga kiritilgan farovonlik boshqalar tomonidan ham tan olinishi kerak”87. Bu erda gap davlatning mulk
egalarini, aniqroq qilib aytganda, xususiy mulkchilikni himoya qiladigan xukuqiy tuzilmalari haqida ketmoqda. Mulkchilikning turli shakllari va uni himoya qiluvchi huquqiy mexanizmlar iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida maydonga chiqadi. Insonlar o‘z muammolarini tabiat kuchlaridan foydalangan holda hal qilishlari mumkin edi. Buning uchun esa jamiyat iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, unda yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarni hal etish uchun muassasaviy strukturalar va muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni topishi, ularning harakat qilishi uchun sharoit yaratuvchi va pirovard natijada undan foydalanish zarurdir. Ikkinchi tomondan muassaviy strukturalar, muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar bir biridan farq qilishi mumkin, binobarin iqtisodiy tizimlar turlicha bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy tizim – jamiyat oldida turuvchi iqtisodiy muammolarni hal etish usullari, mexanizmlari va vositalari yig‘indisidir. Ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini taqozo etadi va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va birgalikda harakat qiladi. Uning tarkibiga ishlab chiqaruvchi kuchlar kiradi. CHunki tabiat resurslari inson xizmatiga jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari orqali qo‘yiladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning tarkibiy qismi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
Ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi;
Ilmiy bilimlar;
Mehnat vositalari;
Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi;
Iqtisodiy ishlab chiqarish infrastrukturasi.
Shunga alohida etibor berish zarurki, ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘z tarkibi va vazifalari nuqtai nazaridan hamma iqtisodiy tizimlarda bir xilda bo‘ladi va rivojlanish darajasi jihatidan esa farq qiladi.
Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat bilan munosabatga kirishibgina qolmaydi, shu bilan birga bir-biri bilan munosabatga kirishadi, bunday munosabatlar iqtisodiy munosabatlar deyiladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy tizimlar har-xil mezonlarga asoslanib turlicha farqlanadi. Xususan, Marks ta’limotida iqtisodiy tizimlar formatsiya deb qaralib mulkiy va sinfiy mezonlar asosida uning besh turi, ya’ni ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm farqlanadi. AQSH olimi U.Rostou asos solgan “rivojlanish bosqichlari” nazariyasida jamiyatning ikki, ya’ni an’anaviy va industrial tipi ajratildi. SHunga asoslanib iqtisodiy rivojlanish an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, yangi turmush sifati bor jamiyat bosqichlari ajratiladi. Ushbu nazariya tizimlarni farqlashda ishlab chiqarish kuchlarining darajasini mezon qilib oladilar.
K. Makkonell va S. Bryular “hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy tizim asosan ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shakli va iqtisodiy faoliyatni boshqarish va muvofiqlashtirish usuli bilan farqlanadi”88, deb hisoblaydilar. SHunga asoslanib ular iqtisodiy tizimlarning sof kapitalizm, buyruqbozlik, aralash va an’anaviy shakllarini farqlaydilar. Bozor iqtisodiyoti yoki sof kapitalizm iqtisod tizimida resurslarga xususiy mulkchilik mavjud bo‘ladi. Tartibga solib turuvchi mexanizm sifatida bozor maydonga chiqadi. Hamma majud asosiy iqtisodiy muammolarni bozor, baho, talab va taklif, raqobat, foyda va zarar belgilaydi. Bozor iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Bunda raqobatning mavjudligi har bir mahsulot va resurslarni ko‘p sonli sotuvchi va haridorlarning mavjudligini bildiradi, binobarin buning natijasida iqtisodiy hokimiyat yoyilgan bo‘ladi. Agarda bozor o‘z mexanizmi bilan iqtisodiyotni tartibga solasa unda davlatning roli xususiy mulkni himoya etish va zarur huquqiy
asosini shakllantirish orqali erkin bozorlarning harakat qilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunday iqtisodiy tizim XVII-XIX asrlarda mavjud bo‘lgan.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimida iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha davlat qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish vositalariga davlat mulki o‘rnatilgan bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyat esa markazlashtirilgan rejalashtirish vositasida boshqariladi. Unda bozor inkor etiladi, uning vazifasini markazlashtirilgan direktiv rejalashtirish amalga oshiradi. Korxonalar davlatniki hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini yuqoridan belgilanadigan reja orqali olib boradilar. Buning uchun zarur bo‘lgan resurslar esa davlat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham davlat tomonidan taqsimlanadi. O‘tgan asrning 90-yillariga qadar “sotsialistik” deb atalmish mamlakatlar ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiy tizimga asoslangan edi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot deyiladi. Agar biz real voqelikni olib qarasak iqtisodiy tizimlar ikki qarama-qarshi iqtisodiy tizimlar (sof kapitalizm va ma’muriy-buyruqbozlik) o‘rtasida joylashgan bo‘lib, aralash iqtisodiyot deyiladi. U asosan resurslarga, turli xil mulkchilikka asoslanadi. Iqtisodiy faoliyat esa qisman bozor, qisman davlat orqali tartibga solinadi. Bunday iqtisodiyot hozirda hamma rivojlangan davlatlarda mavjud.
SHvetsiya iqtisodiyoti modelini olsak, unda iqtisodiy barqarorlik va daromadlarni qayta taqsimlashda davlat faol qatnashadi. Ushbu tizimning asosini iqtisodiy- siyosat tashkil etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yuqori soliqlar belgilangan. Soliqlar yalpi milliy mahsulotning 50%ini tashkil etadi. Buning natijasida bu mamlakat aholisining yashash darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqoridir.
AQSH iqtisodiyotida davlat “iqtisodiy o‘yin” tartiblarini, maorif tizimini rivojlantirishda, biznesni tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Avvalo iqtisodiy faoliyatga tegishli bo‘ladigan qarorlar bozordagi ahvol, unda bahoning shakllanishidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Aralash iqtisodiyotning ustun tarafi shundan iboratki, u resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarishning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Ko‘pgina sust rivojlangan mamlakatlarda an’anaviy iqtisodiy tizimlar mavjud. Unda ishlab chiqarish texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni tadbiq etish cheklangandir, chunki ular an’analar bilan to‘qnashib ijtimoiy qurilmaning barqarorligiga havf soladi. Diniy va madaniy qadriyatlar nisbatan birlamchi hisoblanadi. Jamiyat oldida turuvchi muammolar o‘sha an’analar, urf-odatlar asosida hal etiladi.
SHuni ham ta’kidlash zarurki iqtisodiy muammolarni hal etishning hamma tarafdan e’tirof etilgan yo‘li mavjud emas. SHuning uchun har bir davlat o‘zining rivojlanish darajasi hususiyatidan kelib chiqqan holda resurslarni samarali ishlatish usullarini ta’minlashga harakat qiladi.
SHunday qilib, jamiyat moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beruvchi iqtisodiy taraqqiyot ro‘y berishi uchun kerakli omillar va shart-sharoitlarning mavjudligiga zarurat yuzaga keladi. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Mehnat: mehnat samaradorligining yuqoriligi, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish (inson omili);
Ish kuchi: malakali va yuqori salohiyatga ega ishchilar, ularning malakasini muntazam oshirib borishga e’tibor qaratish (inson omili);
Mehnat qurollari va texnologiyalar: ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash, texnologik innovatsiyalarni ishlb chiqarish jarayoniga keng tadbiq etish (texnologik omil);
Ilm-fan: ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va boshqarish, yangi resurslarni qidirib topish, moddiy ashyolarning noma’lum xususiyatlarini kashf etish borasidagi ilmiy nazariyalar (ilm-fan omili);
Mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish (siyosiy-huquqiy omil);
Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish siyosatini izchil olib borish (siyosiy omil).
Bozor iqtisodi tamoyillari, talab va qoidalari. Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozor asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institut hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotning o‘ziga hos generatori vazifasini bajaradi. Iqtisodiy hayotni bozorsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ishlab chiqarish iste’molsiz mavjud bo‘lmaydi, ishlab chiqarishsiz esa iste’mol bo‘lmaydi. Har ikki jarayonning birligi bozor bilan taqozolangandir.
Bozorning jamiyat uchun zarurligi borasidagi qarashlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Hususan, Aflotun bozorning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuqori baholagan. Har qanday sharoitda ham inson bozorga ehtiyoj sezishini ta’kidlab, hattoki, “agar muayyan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti bilan bozorga kelib, unga xaridor topmasa, vaqtini behuda sovurgan bo‘ladimi?”, degan savolga “Yo‘q, - deydi Aflotun, - ushbu ahvolni ko‘rib, unga o‘z xizmatini taklif qiladigan odamlar topiladi... Ular bozorda pulga nimanidir xarid qilishni ... va uni yana pulga ayirboshlashni kutib o‘tiradilar”.
Avvalo bozor insoniyat madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Tarixan olib qaraganda bozorning yuzaga kelish genezisi bir qaror omillar bilan bog‘liq holda kechgan. Inson hamisha, hatto o‘zining eng quyi taraqqiyot bosqichi
– ibtidoiy sharoitda ham faqat o‘zi uchungina mehnat qilmagan. U jamiyat a’zosi, uning mehnat ayirboshlash mexanizmi orqali boshqalarning mehnatiga bog‘lanib ketgan. Mehnat taqsimoti, uning yangi shakllari bu bog‘liqlikni yanada zaruriyroq qilib boradi. Mehnat natijalarini ayirboshlashga erishish insoniyat tarixida juda katta inqilobiy o‘zgarish edi. Mashhur fransuz tarixchisi Fernan Brodel mahsulot ayirboshlashni haqli ravishda ozodlik, yorib o‘tish, boshqa dunyoga erishish imkoniyati bilan tenglashtiradi. Dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan – chorvachilikdan dehqonchilik ajralib chiqqanidan keyin,
ayirboshlash tasodifiy hodisadan doimiy jarayonga aylandi. O‘sha vaqtlardayoq qiymati bir qator tovarlar qiymatiga muqobil bo‘la oladigan tovarga zarurat paydo bo‘lgan edi. SHunday qilib pul paydo bo‘ladi. Umuman, bozor madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishida bizning zaminimiz – Turkistonning muhim va betakror xizmati bor. Bu haqda tarixiy va madaniy yodgorliklar dalolat beradi. Markaziy Osiyodagi Amu va Sirdaryolarning etaklari buyuk Nil, Dajla, Efrat, Xuanxe va Gang daryolari oqimlaridek, qadimiy madaniyat beshiklaridan hisoblanadi. YAna shuni ham e’tiborga olish kerakki, Turonzamin bir tomondan Mesopotamiya va Eron, ikkinchi tomondan Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa edi..
Jamiyatning iqtisodiy hayotida bozorning asosiy institut sifatida ko‘rsatgan maktablardan biri – klassik siyosiy iqtisoddir. Ushbu maktabning bosh yutug‘i – mehnat qiymati nazariyasiga asos solinishida bo‘lgan. A.Smit (1723-1790), D.Rikardo (1772-1823) tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o‘lchanishini va buni muvofiqlashtirishda iqtisodiy hayotning murakkab tizimi sifatida bozorning rolini ochib berdi.
A.Smit bozorga obrazli qilib “barcha iqtisodiy agentlar harakatini “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” boshqarib turadi” deb ta’kidlaydi. Uning fikricha “bozor munosabatlarini har bir agent mustaqil ish tutib, o‘z manfaatini ro‘yobga chiqara borib, pirovard natijada “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” vositasida, o‘zi ko‘zlamagan holda maqsad sari yo‘naltiradi. U o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha o‘zi ongli tarzda intilganiga nisbatan jamiyat manfaatlariga ancha ko‘proq samarali tarzda xizmat qiladi”. SHunday qilib, A.Smitning fikricha, iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi, bu – bozordir, millat boyligi ortishining asosiy sharti – insonga uning iqtisodiy faoliyatida erkinlik berishdan iboratdir. Neoliberalizm oqimining taniqli namoyondasi amerikalik iqtisodchi M.Fridman iqtisodiy erkinlik himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Uning fikricha, bozor tizimidan iqtisodiy erkinlikni ajratib bo‘lmaydi. SHuning uchun u buyruqbozlik tizimiga nisbatan
bozor tizimi hayotga ko‘proq darajada moslashuvchan, deb hisoblaydi.
Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o‘rinni egallaydi va ko‘zga ko‘rinmas kuchga ega. Talab – bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj– kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ifodalanishi “talab” tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Bozorda xaridor o‘ziga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olib, ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo kishi ehtiyojlarining qay darajada qondirilishi uning muayyan tovarga bo‘lgan talabi, aholining pul daromadlari va uning o‘zgarishiga, bozor hajmiga, bozordagi mollarning narxlariga, iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-xarajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo‘lishi, tovarning sifati va narxining muvofiqligi. ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy sarfga keltirilishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga qarab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi qondirilganda daromad topadilar. YAratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni bir vaqtda ham sotuvchi, ham xaridor vazifasini o‘tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi
Dostları ilə paylaş: |