Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi


Infilyatsiyaning barqarorlashtirish usullari



Yüklə 133,56 Kb.
səhifə6/7
tarix04.11.2022
ölçüsü133,56 Kb.
#67319
1   2   3   4   5   6   7
1. Infilyatsiyaning mohiyati va uning kelib chiqishi 2

2.Infilyatsiyaning barqarorlashtirish usullari
Jaxonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to’plangan. Inflyatsiyani butunlay yo’qotish imkoniyati yo’q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo’lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to’liq yo’qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo’qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig’imlar assoida yig’ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo’lib ijtimoiy siyosathisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag’larini yig’ish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to’lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to’lovga qobiliyatli talab o’rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog’liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me’yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o’sishini ta’minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo’lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidanmilliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog’oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o’sish sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
1) Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to’liq yoki qisman 20 o’zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta’minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval’vatsiya, deval’vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval’vatsiya usulidan foydalanildi. Reval’vatsiya o’z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko’tarib qo’yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo’lib deval’vatsiya hisoblanadi. Deval’vatsiya o’z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo’yishdan iborat. Deval’vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi.
Pul islohotining uchinchi usuli bo’lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o’z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o’z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolarni o’sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo’nalishda olib boriladi:

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo’lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko’tarish) va pul massasini cheklashni o’z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o’sishni sekinlashuviga sabab bo’ladi;


2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo’lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o’sishini ma’lum chegarasi o’rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo’yiladi. Daromadlar siyosati o’z

mohmiyatiga ko’ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o’rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.


Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o’tgan ikki yo’nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastalabki kunlaridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda qat’iy pul-kredit siyosati olib borilmoqda. Olib borilayotgan bunday siyosat natijasida inflyatsiya sur’ati belgilangan me’yorlarda ushlab turishga erishilmoqda. Prezidentimizning bu jarayonlar haqidagi quyidagi gaplari juda o’rinlidir.” Puxta o’ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko’zda tutilgan prognoz ko’rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi‖2.Ushbu omil mamlakatimizda inflyatsiya sur’atlarini aholi turmush darajasiga kam darajada ta’sir etayotganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o’zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag’batlantirish;
soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo’nalishda asosiy e’tiborni soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko’chmas mulk, mehnat va qimmatli qog’ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o’zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag’batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo’llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.
Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohoti va inflyatsiyaga
qarshi siyosat xisoblanadi. Pul islohoti dеb pul muomalasini barqarorlashtirish
maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi. Pul islohoti mеtall pulmuomalasi davrida, ikkinchi jaxon urushidan kеyin - oltin dеviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohoti 1922 – 24 yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi. O’zbеkistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va rеspublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega buldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud:
rеvalvatsiya, dеvalvatsiya, dеnominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o’tkazishi, pulni rеvalvatsiya, dеnominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bеkor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan,
Sobiq SSSRda -1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl
50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan kеyingi Gеrmaniyada gipеrinflyatsiya
natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nеmis markalari kiritilgan. Eski rеyxsmarkalar
kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski rеyxsmarka nisbatida almashtirildi. Rеyxsmarkalar muomalasi bеkor
qilindi.
Rеvalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan,
birinchi jahon urushidan kеyin 1925-1928 yilllarda o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt
stеrlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati bеlgilandi. Ikkinchi jaxon urushidan
kеyin rеvalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi. Gеrmaniya Fеdеrativ
Rеspublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda rеvalvatsiya o’tkazilgan.
Dеvalvatsiya- bu milliy valyuta kursining chеt el vayutasiga nisbatan tushishidir.Pul birligining oltin miqdori bеlgilangan sharoitda dеvalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib kеtishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga , fеvral 1973 yilda 10% ga kamaytirilgan4. Suzuvchi valyuta
kurslariga o’tgandan kеyin dеvalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib
boriladi.
Dеnominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi “O” larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovеt pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yidlarda ikki marta dеnominatsiya o’tkazilgan. Birinchi dеnominatsiyada muomalaga “1922 yil pul birliklari” chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi dеnominatsiyada muomalaga “1923 yil pul birligi” chiqarilgan va 1922 yil pul
birligiga” 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul dеnominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo’lsa,
dеnominatsiya o’tkazish hеch qanday samara bеrmasligi mumkin. Faqat pul isloxotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.
1. Pul isloxotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
2. Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, dеflyatsiya kursi
bo’yicha pullarni yangi pullarga almashtirish:
3. Aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq
qisman ) harakatga ushlab turish qotirib qo’yish);
4. Ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish.
Bu yil xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir. 1948 yilda G’arbiy Gеrmaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. “Shok yuli” bilan davolashda ish haqini ulashni to’tatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish , pul islohatini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi qattik choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Gеrmaniyada 1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul isloxatida axolining naqd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nеmеts markzsiga 100 eski rеyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, kеyinchalik faqat 30 foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nеmеts markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning rеyxе markasidagi qarzi mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu yil bilan inflyatsiyaning o’sish tеmplari to’xtatilgan.“Shok yuli” bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u “Dodj rеjasi” dеgan nomni olgan. Bu rеjaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattik chora tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaqtning o’zida yеr islohati o’tkazildi, byudjеt kamomadini yuqotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan bеriladigan subsidiya bеkor qilindi, korxona, tashkilotlarga krеdit bеrish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib quyildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari -Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. “Shok yuli” bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo’llanilgan bo’lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo’yilgan xolda , baxolar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kеlib Polshada tovarlar mul-kulchiligi vujudga kеlib boshladi va tovarlar bahosining bir nеcha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sеkinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi. Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1. 1.Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
2. 2.Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko’ra
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etadi. Kredit, ma’lumki o’z navbatida pul massasining ko’payishiga, baholarning bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda quyidagicha belgilangan:



Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini aniqlash asos bo’lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklarining boshqa manbalaridan mablag’lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi. Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o’rnatib tijorat banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning kredit siyosati xalq xo’jaligini hal qiluvchi bo’g’inlarini kreditlash va undan ratsional foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda quyidagicha belgilangan:





Xozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda


operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik
darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan egiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish
tendentsiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy
bankning ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda
oldi - sotdi ob’ekti bo’lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zi
chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy
bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)) chiqariladi.
Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavf-xatardan saqlash va
daromad olish imkonini beradi. Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston
uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMOni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga,
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
D Q M Olarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat
banklari ishtirokida chiqariladi. Zarur bo’lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o’z foydasi evaziga uni sotishi mumkin. Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi.
Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham
foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul
massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi
darajasiga qarab qo’llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq
bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har usul u yoki bu yo’l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini
kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi. Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy
bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari
mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shohobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi.
Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi. Sobiq SSSRda pul islohati 1922 – 24 yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi. O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi. Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o’tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada
giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan.
Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan
yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. Revalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillarda o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiyao’tkazilgan.
Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning
oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining
oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta
kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida
olib boriladi. Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi
«0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat.
Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta
denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan.
Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil
pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya
suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari
yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski
pullarni yangi pullarga almashtirish:
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki
qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
- ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish.
Bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini
qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada
1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi.
Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30
foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan. «Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u «Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar
amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi,
byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Yevropa mamlakatlari Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.

Xulosa
O’tgan yilninig yakuni bo’ycha respublikamiz davlat byudjeti ortig’i bilan bajarildi, ko’zda tutilgan defitsit o’rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o’ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani ko’zda tutilgan prognoz ko’rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy 2014 yilni oladigan bo’lsak, o’rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos ravishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish ko’zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o’sish ko’rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo’ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma’lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan fark kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chikarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar
salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:
- milliy iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o’zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag’batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo’nalishda asosiy e’tiborni soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko’chmas mulk, mehnat va qimmatli qog’ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o’zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag’batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo’llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.


Yüklə 133,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin