Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi


Fakultet va kafedra haqida ma‘lumot



Yüklə 133,56 Kb.
səhifə2/7
tarix04.11.2022
ölçüsü133,56 Kb.
#67319
1   2   3   4   5   6   7
1. Infilyatsiyaning mohiyati va uning kelib chiqishi 2

Fakultet va kafedra haqida ma‘lumot

Bizning fakultet “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” deb nomlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996-yil 20-maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi.
Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003 yil 1 fevraldan “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013 yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va manejment” fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasi rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritadilar. Fakultet dekanimiz, Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich. Fakultetimizda 4 ta kafedra bor. Ular :
Chet tillari kafedrasi;
Pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi;
Menejment va marketing kafedrasi;
AKT sohasida iqtisodiyot kafedrasi.
Bizning kafedra “AKT sohasida iqtisodiyot” deb nomlanadi.
KAFEDRA TARIXI
“Iqtisod” kafedrasi 1971-yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.
Kaferdaga 1974-1986-yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.
Kafedraga 1991-2011-yillarda o‘z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.
1996-yilda iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996-yil 20-maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.
2002-yil 13-dekabrdan Universitet rektorining buyrug‘i bilan “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi deb yuritila boshlandi.
“AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasiga 2012-2013-yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PQ-1942-son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014-o‘quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013-yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.
Kafedraga 2013-2016-yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova, 2016-yil 4-sentyabrdan 2016-yil 10-oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.
Bugungi kunda ushbu kafedraga 2016-yil 12-oktyabrdan iqtisod fanlari nimzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

Yüklə 133,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin