O’quvchilar texnik ijodkorligini mazmuni Mundarija Kirish
I Bob Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Texnik ijodkorlik fanining mohiyati va mazmuni
Texnik ijodkorlikni o’ziga xos xususiyatilari
II Bob Texnik ijodkorlikni rivojlantirish yo’llari
2.1 O’quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
2.2 Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar
Kirish Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyotini jahon standartiga chiqishni, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo`lajak mutaxassislarga politexnik ta’lim berish orqali hozirgi ishlab chiqarish sanoatiga xos texnik-texnologik, konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslarini egallanishiga erishiladi.
Mazkur fanning asosiy maqsad va vazifasi bo`lajak mehnat ta’limi o`qituvchilariga umumiy o`rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, sinfdan, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o`quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiymetodik asoslarini o`rgatishdan iboratdir. Ular quyidagilardan iborat:
talabalarning umumkasbiy tayyorgarligi jarayonida texnik ijodkorlik va dizaynga oid bilimlar tizimiga ega bo`lishi;
texnik ijodkorlik va dizaynning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishtirish;
kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo`yicha tushunchalarga ega bo`lishi;
texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik ob’yektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish; mustaqil ravishda texnik ob’yektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo`yicha sinf va maktabdan tashqari mashg`ulotlar uchun moslama, dastgoh va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
Respublikada o`quvchilar texnik ijodkorligi va dizayn faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqbolini tushuntirish;
o`quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodik asoslarini bilish;
texnik ijodkorlik to`garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’yektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to`garaklarni o`quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o`quv mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
o`quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo`lgan oilaviy va ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o`tkazishni ilmiy asoslarini bilish kerak.