O’quvchilar texnik ijodkorligini mazmuni Mundarija


O’quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish



Yüklə 108,31 Kb.
səhifə9/11
tarix26.12.2023
ölçüsü108,31 Kb.
#197957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gulhayo

2.1 O’quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
Bugungi kunda talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda, avvalo ularga umumiy o`rta ta’limdagi mehnat ta’limi dasturlarini mukammal o`rgatish kerak. Bo`lajak texnologik ta’lim o`qituvchilarining bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda dizaynerlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini inobatga olinadi. Umumiy o`rta ta’limda dizayn asoslarini o`qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini texnologik ta’limda o`qitishdan maqsad - o`quvchilar dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda buyumlarni estetik, funktsional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o`rganishi hamda bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilishdir. Texnologik ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o`qitish jarayonini shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular:
1.Boshlang`ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)
2.Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)
3.Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar) I. Boshlang`ich dizayn ta’limi Boshlang`ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga asosan o`quvchilarda quyidagicha bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish ko`zda tutilgan.
Isinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo`yash mashqlarini bajarish. Buyumlar to`g`risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak naqshlarini o`ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga o`rganish. Materiallar haqida dastlabki ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Qog`ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash , ularning rasmini chizish, bo`yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash. I
Isinf:Yasagan o`yinchoqlar rasmini chizish, bo`yash va shu o`yinchoqni yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o`zgartirilgan variantlarin ishlash. Bir necha turdosh o`yinchoqlar tahlilini o`tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlarni bezash uchun oddiy naqshlar chizish va bo`yashga o`rgani sh. Materiallarning xususiyatini o`rganish.
III sinf:Tekis geometric shakllarning bir-biriga nisbatan kattakichikligi va shakli bo`yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo`yicha va ranglar mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlarni davriy takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O`yinchoqlar yasash va naqsh bilan bezash, namunaviy buyumlarni shakli va ranglarini o`zgartirib ishlash. Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish.
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o`zaro mutanosibligi qoidalari bilan tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. Shu buyumlarga mos bezak elementlaridan foydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllarni soni va o`zaro joylashuviga bog`liq mutanosiblik qoidalari. Turli materiallardan o`yinchoqlar loyihalash. II. Asosiy dizayn ta’limi V-VII sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda dizayn ta’limini berish bo`yicha Davlat ta’lim standartlariga asosan o`quvchilarda rivojlantirilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni ishlab chiqdik (yog`ochga ishlov berish texnologiyasi yo`nalishi misolida).
V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnikrasmi, loyihasi va chizmasi haqida tushunchalar. Yog`ochga ishlov beruvchi kasblar. O`ymakorlik. Loyihalash, kompozitsiyalash, ishlov berish va iqtisodiy masalalarni hisobga olish. Buyumlarning maketini tayyorlash. Bezak elementlarini ko`chirish hamda mustaqil ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlarning hajmli fazoviy tuzilishi. O`zbekistonda badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishning ahamiyati.
VI sinf:Yog`ochga ishlov berish stanogi va parmalash stanogida dizayn buyu mlar tayyorlash. Silindrik shakldagi buyumlar loyihasi. Naqsh turlari va ayrim xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo`yicha eskizlar tayyorlash. Oddiy bezashishlarini bajarish va buning uchun trafaretlar tayyorlash. Buyumlarni dizaynerlik yechimlarini hal qilish mashqlari. Plastiklik. Rang varanglar uyg`unligi.
VII sinf: Konstruktsiyalash elementlari, materiallarning xususiyatlari, yog`och buyumlarning eskizlari va ularni tayyorlash, kompozitsiya tuzish. Assimmetriya haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyorlash. Turli geometric figuralardan tashkil topgan buyumlar loyihasi. Yog`ochga ishlov beruvchi kasblarning umumiy xususiyatlari. Badiiy bezashishlarida shakl, rang, tasvirlar va naqshlardan foydalanish. Badiiy harflar yozish, sayqal beruvchi bezatish asboblari bilan ishlash texnologiyasi. Mahsulotlarning sifati, estetik ko`rinishi. Buyumning turlarini tahlil qilish. Dizaynerlik loyiha tuzish tartibini o`rganish. Buyumning texnik mohiyati va go`zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish. III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi
VIII sinf:Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlarni loyihalashga qatnashuvchilar va ularning vazifalari haqida tushuncha. Inter'yerxona ichki ko`rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomikaodam va buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog`liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi. Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish maktabda boshlang`ich sinfdan tizimli ravishda tasviriy san’at va texnologik ta’lim jarayonlarida amalga oshirilib uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini e’tiborga olgan holda nafaqat umumiy o`rta ta’lim bo`g`inida, balki oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo etadi.


Yüklə 108,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin