O’quvchilar texnik ijodkorligini mazmuni Mundarija


I Bob Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari



Yüklə 108,31 Kb.
səhifə2/11
tarix26.12.2023
ölçüsü108,31 Kb.
#197957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gulhayo

I Bob Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari.
Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishda, to rasmiylashtirishgacha bo’lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog’liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o’rinda eng katta qiyinchiliklarni aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko’rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o’tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko’nikmalarni reproduktiv, reproduktiv - ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatiladi.
Shu asosda texnik ijodkorligi g’oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog’liq bo’lgan 4 ta davrini ajratib oldik.
Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo’ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi.
Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko’p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom yetib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan,
Ikkinchi davr – muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan yechimning izlanuvchan mutaxassisligiga bog’liq bo’lib, unda qaralayotgan muammoning yechimi bo’lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi.
Uchinchi – produktiv davrda hal qilinishi lozim bo’lgan muammo va tanlangan yechim o’zaro bog’lanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mas’ulyatli davri bo’lib, uning muvoffaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, yechim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tadbiq qilishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi.
To’rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun hisoblash va tajriba sinov ishlari bijarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.
Har bir bosqichning natijasi o’quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.

Yüklə 108,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin