llmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo’lishini frantsuz olimi A.Puankare ko'rsatib o'tgan edi. Xususan, u «Fanning o’zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo'lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo'lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo'lib qolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari to’g'risida boshqa olimlar ham bir necha bor o'z fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Bom quyidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko'rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo’yicha ko'rsatilgan obraz to’liq hisoblanib, unga xarakterli bo'lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma'lum bo'lgan hodisaning real obrazi o’zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo’lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog'liqdir...». M.Bom o’z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshiradi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo'lgan tajribalarning o’zaro bog’liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolami yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leverhelaming boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o'zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika 24 sanhati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo’lgan ishonch edi. Biroq ulami ehtirof etmaganda ham, bu hoi nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo'q; bu ma'lum bo'lgan Nyuton mexanikasining qo'llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi». Ikkinchi tip ixtiroga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan "Quyosh yaqinida yorug’likning chetlanishi" kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning praportsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M. Bomning tahbiricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez», deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi. Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o’tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o'tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog'liqligi, ixtirochilik g'oyalarining kelib chiqishida tutgan o'rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo’lib, uni hozirgacha to'la hal qilinmagan deyish mumkin. Psixologik lug'atda intuitsiya - "paydo bo’lish yo’llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo’luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko’ra subyekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo'ladi" deb tahriflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan tahriflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo’luvchi asosini o’zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to’liq deb bo’lmaydi. Bizning fikrimizga ko’ra intuitsiya - bu subyekt tomonidan o’ziga fikran qo'yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo’lib, u to'plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi. hlari. Texnik ijodkorligidyangi yechimlami ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo'lgan davmi amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog'liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o'rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko'rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o'tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko'nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiyreproduktiv va ijodiy darajalarga bo’lib ko’rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g'oyalarini amalga oshirishning flkrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatiari almashinuviga bog’liq bo'lgan 4 ta davrini ajratib oldik.
Texnik yechim g'oyasini amalga oshirish davrlari Birinchi davrda flkrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo'ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. lzlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko'p bo’lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga ega bo’lgan ikkinchi davr - muammo yechimini topishga o’tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan yechimning izlanuvchi mutaxassisligiga bog’liq bo’lib, unda qaralayotgan muammoning yechimi bo’lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi. Uchinchi - produktiv davrda hal qilinishi lozim bo'lgan muammo va tanlangan yechim o'zaro bog’lanadi va texnik yechim kontseptsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mashuliyatli davri bo’lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g’oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tahsir ko'rsatadi. Yahni, yechim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa, u inkor qilinadi. To’rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. Har bir bosqichning natijaliligi o'quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. O'quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari. O'quvchilaming ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko’rsatuvchi mehyoriy-ilmiyjihatlarasoslangan. Ular quyidagilardan iborat:
1. O’quvchilarning buyum va uning shaklini takomillashtirish yoki detallami ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o’zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo'yicha tayyorlay olishi.
2.0’quvchining instruktsiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o’zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
3.0'quvchining buyumni, uning konstruktsiyasini dastlabki originalini takomillashtirib, texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o'zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
4. O’quvchining original konstruktorlik g’oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
5.0’quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionlizatorlik g'oyasini mustaqil holda asoslab va tahriflab bera olishi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara olishi.