Ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik darajalari. O’quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik besh darajani ko’rsatuvchi me’yoriy – ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat.
1. O’quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni rasional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o’zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo’yicha tayyorlay olishi.
2. O’quvchining instruksiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaning o’ziga o’zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
3. O’quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o’zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
4. O’quvchining original konstruktorlik g’oyasini mutaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
5. O’quvchi buyumning original konstruktorlik yoki rasionlizatorlik g’oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oldi.
Texnik ijodkorlik fanining mohiyati va mazmuni
Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatda, ijod tushunchsi ma lum bir istehdodli odamlar tomoriidan buyuk sanhat asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anlatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlaryaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayoniga tasodifsifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim. O'quvchining ijodkorligi, awalo, uning har qanday ta’limiy faoliyat jarayonidagi: o'ziga xos usullar bilan masala yechish.mashq bajarish, insho yozish, tajriba ishlarini amalga oshirishi jarayonida mustaqil fikrlashida namoyon bo’lishi lozim. O’quvchining ijodi uning olgan biliniini hayotda ko'rgan dalil va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g’ri baholab, dastlabki Ma’lumodarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish etnas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O’qitishga individual yondashuv ta’lim jarayonining muhim talabidir. Ta'Iimga individual yondashuv faqat mashq ishlarida emas, balki o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o'tish, mustahkamlash va takrorlashlarda, uy vazifasini berish va darsdan tashqari qo'shimcha mashg’ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o'quvchilar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o'sishida yana bir o'ziga xos eshikni ochib beradi. Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'liabquwatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o’quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rolg’ o'ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o’quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish;
b] o’quvchilaming cgallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo’yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o'rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlami amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini anglab yetadilar. Buning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan istehdodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o’z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, mahrifatli bo’lish kabi fazilatlarga faqat raehnat qilish va bilim olish, o’qib - o'rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologikxususiyatlari. Tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat insoniyatni olg’a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo'lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamraa xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o'zaro bog'liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlami egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlami ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta'minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxsiy xislatlarni shakllantiruvchi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo'lajak mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishlarida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirishlarida ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi, havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo’lgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi tahsirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni tahsirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tahsir ko’rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.