O’quvchilar texnik ijodkorligini mazmuni Mundarija


Modellashtirish va modelli



Yüklə 108,31 Kb.
səhifə8/11
tarix26.12.2023
ölçüsü108,31 Kb.
#197957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gulhayo

Modellashtirish va modelli - texnik tajriba Har xil turdagi texnik ob’yektlarning mod’eli tajriba tekshiruvchi o`quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik ob’yektni tajribadan o`tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo`llay olish bo`yicha bilimlarini shakllantirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Qishloq xo`jaligi yoki korxonada o`tkazilayotgan o`quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shaklihisoblanadi. Xarakteri bo`yicha - bu tajriba, yo`nalishi bo`yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo`yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o`quv - ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq:
Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o`quvchilar ishlab chiqarishda qo`llaniladigan yangi texnik ob’yektni yaratish yoki tuzilishini o`zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o`quv xarakteriga ega bo`lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi (asosiysi bunda o`quvchilar bilim tajriba o`tkazish ko`nikmasini hosil qiladilar).
Ikkinchi tomondan - bunday turdagi tajribalar o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o`zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo`llash yo`llarini ochib beradi. O`quv - ishlab chiqarish texnik tajribalari o`quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko`zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari “Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar” ko`rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o`rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo`yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi. Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko`rinishlarda bo`ladi, buni quyidagi misollarda ko`rishimiz mumkin.
1-misol.Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf-xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi. Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, -] ko`rinishdagi to`liq bo`lmagan masala. Muammo - bu murakkab, to`liq bo`lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol. Masalaning qo`yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg`i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi. Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H]. Muammo- yonilg`ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo`nalishi belgilanadi


Yüklə 108,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin