Amaliy mashg’ulot Samaradorlik tushunchasi nimani anglatadi? Uning qanday turlari bor? Mezoni va ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?



Yüklə 13,6 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,6 Kb.
#202604
Amaliy mashg5


Amaliy mashg’ulot

1.Samaradorlik tushunchasi nimani anglatadi? Uning qanday turlari bor? Mezoni va ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
Samaradorlik — bu istalgan natijani olish qobiliyatidir. Agar biror narsa samarali deb topilsa, bu uning kutilgan yoki kutilmagan natijaga ega ekanligini yoki chuqur, yorqin taassurot qoldirishini anglatadi
Bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamartirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
2.Mutlaq iqtisodiy samaradorlik nima? Uni qaysi usulida hisoblanadi?
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.


3.Ishlab chiqarishning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligi deganda nimani tushunasiz?
Qiyosiy iqtisodiy samaradorlik yangi texnologiyani ishlab chiqish va joriy etishda, bir-birini almashtiruvchi materiallar va mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish masalalarini hal qilishda, mavjud korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashda,biznes-rejalarni tuzishda, texnologik va ilmiy faoliyatda ishlab chiqarishni tashkil etish sxemalarini tanlashda aniqlanadi. .

Qiyosiy iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda iqtisodiy samara qiymati sifatida mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejamkorlik olinadi; xarajat sifatida - bu tejashga olib kelgan qo'shimcha investitsiyalar. Qiyosiy iqtisodiy samaradorlik ma'lum bir iqtisodiy muammoni hal qilishning ikki yoki undan ortiq variantlaridan birini tanlash orqali aniqlanadi. Bir variantning boshqalarga nisbatan afzalliklarini tavsiflaydi.


4.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaysi omillar ta’sir etadi?
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amartizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib kеladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada kеskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan rеsurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
5.Korxona ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qanday asosiy yo‘llari bor
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1) fan-tеxnika taraqqiyotni tеzlashtirish va uning natijalarini tеzlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash;
2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va koopеratsiyalash
3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish;
4) ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish;
5) mavjud tabiiy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan oqilona, tеjab-tеrgab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va enеrgiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish;
6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Yüklə 13,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin