1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi?
c. ma’naviy ehtiyojlar
2 “Ko‘rinmas qo‘l” kontseptsiyasining asoschisi
a. Smit A.
3. Talab va taklif qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?
a. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
4. Jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytirish “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qanday vazifasiga kiradi?
a. bilish vazifasi
5. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim?
b. Petti V.
6. Jamiyat boyligining manbai puldan, oltindan iborat, boylik savdoda paydo bo‘ladi deb ta’kidlagan oqim nomi?
b. merkantilizm oqimi
7. K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk kabi Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari qaysi iqtisodiy ta’limot vakillari bo‘lib hisoblanishadi?
b. marjinalizm ta’limoti
8. «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) nomli asari orqali birinchi bo‘lib iqtisodiyot nazariyasi faniga nom bergan iqtisodchi olim kim?
c. Antuan Monkreten
9. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?
a. umumiy iqtisodiy qonunlar
10. Kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar qanday iqtisodiy qonunlar deb ataladi?
d. umumiy iqtisodiy qonunlar
11. “Avstriya” maktabi asoschilari kimlar?
a. Bem-Baverk Y.
12. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati usuli – bu:
c. induktsiya usuli
13. Doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha nima deb ataladi?
d. iqtisodiy kategoriya
14. Tahlil paytida ikkinchi darajali narsalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish usuli – bu:
a. ilmiy abstraktsiya usuli
15. ... – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
b. iqtisodiy qonunlar
16. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar qanday ehtiyojlar deyiladi.
d. yakka tarzda qondiriluvchi
17. Fikrning umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati usuli – bu:
a. deduktsiya usuli
18. “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli kitobning muallifi kim?
a. Keyns J.M.
19. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
a. kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati
20. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?
b. iste’mol jarayoni
21. A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi?
d. klassik
22. Unumli iste’mol qanday sohada vujudga keladi?
a. ishlab chiqarish sohasida
23.Unumli iste’mol qanday jarayonni anglatadi?
a. ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish
24. O‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarish usuli – bu:
d. sintez usuli
25. Intsitutsionalizm qaysi so‘zdan olingan, ma’nosi nima
c. lotincha urf-odat “muassasa”, “ko‘rsatma”
26. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan?
b. Angliya
27. Mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligiga bo‘lgan ehtiyoj qanday ehtiyoj turiga kiradi?
a. umumjamiyat ehtiyojlari
28. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?
a. iste’mol jarayoni
29. Tadbirkorlik – ...
a. mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat;
30. Tadbirkorlik faoliyati – ...
d. shakli, turi va sohasidan qati nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyat.
31. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari rivojlanadi:
a. davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari;
32. Davlat korxonalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
b. budjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar;
33. Aralash kompaniyalar – ...
a. davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar;
34. Kooperativ tadbirkorlik – ...
b. jamoa mulkiga asoslanib, kooperasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli;
35. Aksiyadorlik jamiyati – ...
c. kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona;
36. Dividend nima?
d. aksiya egasiga to‘lanadigan daromad.
37. Aksiyalarning nazorat paketi – ...
a. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni;
38. Obligasiya – ...
b. sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli;
39. Asosiy kapital – ...
c. ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;
40. Aylanma kapital – ...
d. bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
41. Amortizatsiya – ...
a. asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;
42. Amortizatsiya normasi nima?
b. amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;
43. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
a. bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari
44. Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?
d. tashqi xarajatlar
45. Kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati – bu …
d. kapital sig‘imi
46. Muomala xarajatlari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
d. qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari
47. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?
d. amortizatsiya ajratmasi
48. Muomala xarajatlari tushunchasi – ...
c. tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi
49. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar qanday nomlanadi?
b. pul daromadlari
50. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
a. mahsulot miqdorini uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan
51. O‘rtacha xarajatlar nima?
a. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari
52. O‘rtacha foyda:
b. bir birlik mahsulotdan olinadigan foyda
53. Doimiy xarajatlar nima?
d. ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar
54. Doimiy xarajatlarning tarkibiy elementlarini belgilang.
d. amortizatsiya, ijara haqi, yuqori darajadagi menejerlar oyligi
55. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?
d. o‘zgaruvchi xarajatlar
56. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi qanday xarajatlarni tashkil qiladi?
a. umumiy xarajatlarni
57. O‘zgaruvchan xarajatlar nima?
a. ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradigan xarajatlar
58. O‘zgaruvchan xarajatlarning tarkibiy elementini belgilang
b. ishchilarning ish haqi va xom-ashyo xarajatlari
59. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?
d. amortizatsiya ajratmasi
60. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qanday xarajatlar deb ataladi?
d. Qo‘shimcha muomala xarajatlari
61. Tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlar qanday xarajatlar deb ataladi?
a. Sof muomala xarajatlari
62. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi qanday nomlanadi?
a. foyda normasi
63. Ish haqining shakllari
c. ishbay va vaqtbay
64. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish qanday tizim yordamida amalga oshiriladi?
b. davlat tarif tizimi
65. Ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasidan yuqori ishlab chiqargan mahsulotiga oshirilgan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?
a. ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi
66. Ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qati nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?
c. to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi
67. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida nima hisobga olinadi?
b. bajarilgan ish hajmi
68. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida nima hisobga olinadi?
a. sarflangan ish vaqti
69. Mehnatning aniq turiga ish haqining darajasi nima ta’sirida shakllanadi?
c. shu mehnat turiga talab va taklif ta’sirida
70. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini bering.
a. ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi
71. Real ish haqi-bu
c. nominal ish haqiga xarid qilish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori
72. Kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirishga qanday yo‘llar bilan erishishi mumkin?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
73. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
d. ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi
74. Agrar munosabatlar nima?
c. yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar
75. Tuproq unumdorligi - ...
d. tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin
76. Agrosanoat integratsiyasi nima?
c. qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni
77. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasi qanday nomlanadi?
c. agrosanoat birlashmalari
78. Differensial renta I – bu?
b. Yerlarning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladigan renta
79. Differensial renta II – bu?
a. Yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad
80. Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishi qanday nomlanadi?
c. yerga egalik
81. Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi?
a. agrobiznes
82. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta I hosil bo‘lmaydi?
d. unumdorligi past
83. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birikmasi qanday nomlanadi?
d. agrosanoat majmuasi
84. Renta nazariyasi dastlab qaysi iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida yoritib berilgan?
b. Kene va Tyurgolarning ilmiy asarlarida
85. Renta tushunchasi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a. yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq
86. Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
87. Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlardan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?
b. differensial renta I
88. Monopol renta – bu …
c. Alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta
89. Yerdan foydalanish huquqi deganda nimani tushunasiz?
a. o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanish
90. Yerga egalik deganda ...
d. yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizasiya qilish tushuniladi
91. Yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik, ular unumdorligidagi farqlardan qati nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini beradi?
a. absolyut renta
92. Yerlardan intensiv foydalanish, ya’ni ularning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi?
c. differensial renta II
93. Yerlarning iqtisodiy unumdorligi qanday yo‘llar bilan oshiriladi?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
94. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqlari nimada?
b. undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi, undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi
95. Yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga kelgan renta shakli qanday nomlanadi?
a. differensial renta I
96. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar qanday munosabatlar hisoblanadi?
a. agrar munosabatlar
97. YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi…
b. hufyona iqtisodiyot
98. Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo‘llaniladi?
d. daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo‘shilgan qiymat usuli
99. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda quyidagilarning qaysi biridan foydalaniladi?
d. Milliy hisoblar tizimidan
100. Yalpi milliy mahsulot bu - …
a. bu o‘z mamlakati yoki horijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati
101. Yalpi milliy mahsulotni hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
d. yuqoridagilarning barchasi
102. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot?
d. butun milliy va jahon iqtisodiyoti
103. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu...
a. barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan muvozanatlar tizimi
104. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar:
c. real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning to‘g‘ri kelishi
105. Milliy daromad qanday hisoblanadi?
b. SMM - egri soliqlar
106. Milliy mahsulot bu - . . .
c. mamlakat miqyosida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmi
107. Nominal YaIM nima?
b. joriy narxlarda hisoblangan YaIM
108. Nominal YaMM qanday usul bilan real YaMMga aylantiriladi?
a. nominal YaMM / narx indeksi
109. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat?
a. makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash
110. Qiyosiy narxlarda:
c. ma’lum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi
111. Quyidagi qaysi ko‘rsatkich YaMM hajmiga kirmaydi?
b. import tovarlar
112. Real yalpi ichki mahsulot nima?
a. o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM
113. SMM qanday hisoblanadi?
b. YaMM - amortizatsiya
114. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi?
d. aholi jamg‘armalari
115. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi….
b. yalpi talab
116. Mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va hizmatlar hajmi……
d. yalpi taklif
117. Narx darajasi ortishi hamda milliy ishlab chiqarishning real hajmi ortishi qaysi kesmada kuzatiladi?
b. oraliq kesma
118. Sof daromad – bu ……
a. soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad
119. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
a. narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi
120. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi
a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi
121. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq?
b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
122. Barcha iste’molchilar tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi…
b. yalpi talab
125. Narxning osonlik bilan ko‘tarilishi, lekin juda qiyinchilik bilan sekin pasayishi qanday samara deb ataladi?
c. xrapovik samarasi
126. Real kassa qoldiqlar samarasi ekvivalenti……
a. boylik samarasi
127. Ishlab chiqarish omillari nima?
c. yer, kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati
128. Ortiqcha quvvat bu . . .
a. mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi
129. Davlat sarflari bu - …
b. milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi
130. Sof eksportdagi o‘zgarish bu - …
c. sof eksportning ko‘payishi yoki kamayishi
131. Yalpi talab egri chizig‘i qaysi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi
a. narx darajasi va ishlab chiqarish real hajmi
132. Sof eksport hajmining o‘zgarishiga avvalo qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?
d. 2 va 3 javoblar to‘g‘ri
133. Turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
b. bevosita
134. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqarishi hamda narx darajasi pasayishi qaysi kesmada kuzatiladi?
b. oraliq kesma
135. Yotiq kesmani yana qanday nom bilan ataladi?
c. Keynscha kesma
136. Yalpi talab miqdori nimalarga bog‘liq?
b. tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga
137. Narx darajasi o‘zgarishining biror mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladigan samara bu - …?
b. import tovarlar xaridi samarasi
138. Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab tarkibiga kirmaydi?
d. aholi jamg‘armalari
139. Narx darajasining oshishi nimaga olib keladi?
a. iste’molchilarning pulga bo‘lgan talabining oshishiga
140. Quyidagilardan qaysi biri moddiy iste’molga kirmaydi?
c. bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish
141. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga kimlar kiritiladi.
a. 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar
142. Musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlarni yaratish, ixtiro va kashfiyotlar qilish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?
d. nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish
143. ... – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
d. mehnat qurollari
144. Huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?
nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga
145. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish 1-bosqichi nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
c. 1992-1993 yillar
146. Mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatini tashkil etadi?
d. tasarruf etish
147. Muayyan maqsad yo‘lida turli ko‘rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar qanday mulk shakliga kiradi?
a. jamoa mulki
148. Mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi mulkchilik munosabatlarining qaysi jihatiga kiradi?
d. foydalanish
149. Xususiylashtirishning usullari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
d. davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish
150. Ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda foyda olishga qaratilgan mulk mulkchilikning qanday shakliga kiradi?
b. xususiy mulk
151. Urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladigan iqtisodiy tizimni aniqlang?
a. an’anaviy iqtisodiyot
152. Davlat mulkini xususiylashtirish qanday tartibda o‘tkazilishi kerak?
a. maxsus dasturlar asosida davlatning qattiq nazorati ostida amalga oshirilishi kerak
153. Mulkdorlar sinfi qachon vujudga keladi?
a. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik chinakam ma’noda tarkib topib, odamlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga qodir bo‘lganda
154. Respublikamizda ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishda ustuvorlik nimalarga beriladi?
c. xususiy mulkka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka
155. ... – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiyadir.
c. manufaktura
156. Bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja asosida ishlaydigan kishilar guruhi nima deb ataladi?
c. oddiy kooperatsiya
157. O‘zbekistonda xususiylashtirishning nechanchi bosqichida umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish amalga oshirildi?
c. I-bosqich
158. Tovar qanday xususiyatlarga ega?
c. iste’mol va almashuv qiymati
159. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
c. qiymat o‘lchovi
160. Tovar qiymati qanday mehnat sarflarini ifodalaydi?
b. ijtimoiy-zaruriy
161. Muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limot pulning qanday nazariyasi hisoblanadi?
d. Pulning miqdoriy nazariyasi
162. Pulning qaysi vazifasi pulning muomaladan chiqishi bilan bog‘liq?
b. boylik to‘plash vositasi
163. Pul iqtisodiyotda qanday vazifalarni bajaradi?
c. barcha javoblar to‘g‘ri
164. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlarida, agar talab taklifdan kichik bo‘lsa, narx va qiymat miqdori qanday o‘zgaradi?
a. narx < qiymat
165. Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari nimalardan iborat?
d. ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi, shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi
166. Ijtimoiy zaruriy naflilik – ...
b. talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilik
167. Mahsulotlarni o‘z iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqarish qanday ishlab chiqarish deb yuritiladi?
a. tovar ishlab chiqarish
168. Mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallagan ishlab chiqarish qanday ishlab chiqarish deb yuritiladi?
a. natural ishlab chiqarish
169. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – «so‘m» qachondan muomalaga kiritilgan
b. 1994 yil 1 iyul
171. Pirovard mahsulot tushunchasi:
iste’mol uchun tayyor bo‘lgan, sotilgan yoki sotiladigan tovar va xizmatlarning bozor narxidagi hajmi
172. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qismi ... deyiladi.
c. qo‘shimcha mahsulot
173.... – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlardir.
Oraliq mahsulot
174. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
d. ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi
175. Bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar nima deb ataladi?
c. mehnat predmetlari
176. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
b. mahsulot miqdorini uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan
177. Ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar …
d. pirovard mahsulot
178. Ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot nima deb ataladi
d. zaruriy mahsulot
179. Bozor infratuzilmasi- bu …
a. ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilma
180. Bozorni tartibga solish mexanizmi:
d. talab, taklif, narx, raqobat
181. Хududiy jihatdan olib qaralganda Osiyo bozori va G‘arbiy Yеvropa bozori qanday bozor turiga kiradi?
d. hududiy bozorlar turiga
182. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli birjaning qanday turiga kiradi?
a. fond birjasi
183. Bozorning vujudga kelishi:
d. tovar xo‘jaligi vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan
184. bozor iqtisodiyoti sharoitida:
d. mulk xususiylashtiriladi
185 Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining umumiy va muhim belgilari tarkibiga kirmaydi?
a. narx-navoni davlat narx organlari tomonidan qat’iy belgilanishi
186. Bozor kon’yunkturasi deganda:
b. bozor holati, ya’ni muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi tushuniladi
187. Bozor infratuzilmasi-bu
d. bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir
188. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning qaysi fazalarini o‘z ichiga oladi?
d. ishlab chiqarish taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol
189. Mehnat unimdorligi o‘ssa, u holda
b. tovar birligining qiymati kamayadi
190. Ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yхatga oluvchi muassasa birjaning qanday turiga kiradi?
a. mеhnat birjasi
191. Bozor infratuzilmasining moliya-krеdit munosabatlariga хizmat qiluvchi muassasalar tarkibiga nimalar kiradi?
d. bank, krеdit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k
192. Bozor regulyatori amal qilishi uchun:
c. erkin bozor raqobatiga yo‘l berilishi zarur
193. Bozor takror ishlab chiqarishning qaysi fazasini o‘z ichiga oladi?
c. ayirboshlash
194. Bozor iqtisodiyoti sharoitida:
a. narx erkin shakllanadi
195. Bozor infratuzilmasining ijtimoiy sohaga хizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tarkibiga nimalar kiradi?
d. uy-joy va kommunal хizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.
196. Ishlab chiqarish vositalari bozori- bu ...
b. mehnat qurollari hamda xom-ashyo, yoqilg‘i va materiallarning oldi-sotdi bozori
197. Milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan birja – bu:
b. valyuta birjasi
198. Quyidagilardan qaysi biri bozor sub’yektiga kiradi?
a. ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi
199. Bozor infratuzilmasining aхborot хizmati idoralari tarkibiga nimalar kiradi?
a. ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar
200. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining salbiy jihatlariga kirmaydi?
c. iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi
201. Bozor iqtisodiyoti …
d. boshqarilib tartibga solinib turiladigan iqtisoddir
202. Хududiy jihatdan olib qaralganda Toshkеnt bozori, London bozori, Nyu-York bozori va boshqalar qanday bozor turiga kiradi
b. mahalliy bozorlar turiga
203. Quyidagilardan qaysi biri moliya bozori tarkibiy qismi hisoblanadi?
b. barcha javoblar to‘g‘ri
204. Bozor - bu... majmui bo‘lib, ularning munosabatlari natijasida tovarlarning sotish va sotib olish imkoniyati tug‘iladi.
c. xaridor va sotuvchilar
205. Bozor infratuzilmasining tovar va хizmatlar muomalasiga хizmat qiluvchi muassasalar tarkibiga nimalar kiradi?
b. ombor хo‘jaligi, transport va aloqa хizmatlari ko‘rsatuvchi korхonalar, birjalar, auktsionlar, savdo uylari va h.k.
206. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotning qanday sektoriga asoslanadi?
d. xususiy va davlat sektorlariga
207. Aqliy mеhnat mahsuli bo‘lgan tovarlar oldi-sotdi qilinadigan bozor nima dеb ataladi?
c. intеllеktual tovarlar bozori
208. Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari kimlar?
b. U.Petti, Adam Smit, David Rikardo
209. Quyidagilardan qaysi biri aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan intellektual tovarlar bozorining ayriboshlash ob’yekti hisoblanmaydi?
a. ishlab chiqarish vositalari
210. Хududiy jihatdan olib qaralganda O‘zbеkiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori va boshqalar qanday bozor turiga kiradi?
c. milliy bozorlar turiga
211. Mashina, asbob-uskuna, хomashyo, yoqilg‘i va matеriallar oldi-sotdi qilinadigan bozor nima dеb ataladi?
d. ishlab chiqarish vositalari (rеsurslar) bozori
212. Oligopolistik bozorda:
b. sanoqli, ozchilik firmalar va kompaniyalar bozorda hukmronlik qiladi
213. Quyidagilardan qaysi biri bozor ob’yektiga kirmaydi?
b. ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi
214. Quyidagilardan qaysi biri moliya bozori tarkibiy qismiga kirmaydi?
b. ilmiy axborotlar va ilmiy g‘oyalar
215. Aksiya, obligatsiya, vеksеl, chеk, dеpozit kabilarning oldi-sotdi qilinadigan bozori nima dеb ataladi?
b. qimmatli qog‘ozlar bozori
216. Bozor sub’yekti:
d. ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilari
217. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil qiladi?
c. xilma-xil mulk
218. Kimlar bozor iqtisodiyotining subyektlari bo‘lib hisoblanadi?
b. firmalar korxona va xo‘jaliklar
219. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qanday modellari mavjud?
c. barcha javoblar to‘g‘ri
220. Qaysi bozor iqtisodiyoti andozalarida (modelida) ijtimoiy yo‘nalish nihoyatda ustivor hisoblanadi?
b. Shved andozasida
221. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi yo‘l bilan boryapti?
c. evolutsion yo‘l bilan
222. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?
c. aralash iqtisodiyot
d. sof kapitalizm
223. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida mulkchilik to‘g‘risida nima e’tirof etildi?
b. kichik xususiylashtirish
224. «Gangituvchi terapiya» yoki «karaxt qilib davolash usuli» - bu
c. amalda juda ham qisqa muddatda birdaniga katta to‘ntarishlar qilish usuli
225. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi asosiy iqtisodiy vazifani aniqlang?
d. iqtisodiyot tuzilishining tubdan o‘zgarishi
226. Bozor munosabatlariga o‘tish nimalarga olib keladi?
b. ijodiy va mehnat imkoniyatlarini keng ochishga, yo‘qolib ketgan xo‘jayinlik hissini qayta tiklashga
227. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda islohotlar qachon sezilarli samara beradi?
b. chinakam mulkdorlar sinfi shakllanganda
228. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishninig “O‘zbek modeli” nimaga asoslanadi?
b. 5 ta tamoyil
229. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda milliy andozamizning o‘ziga xosligini nimalar belgilaydi?
a. milliy tarixiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va turmush tarzining o‘ziga xosligi belgilaydi
230. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtalaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotining qaysi negizini yaratish lozim?
b. huquqiy negizini
231. Raqobatning qaysi shaklida yangi korxonalarning tarmoqqa kirishiga to‘siqlar ta’qiqlash bilan barobar bo‘ladi?
b. sof monopoliyada;
232. Monopoliya nima?
b. bozorda bitta ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi;
233. Raqobat –bu…
d. bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurash
234. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatdan qanday maqsad ko‘zda tutiladi?
b. barcha javoblar to‘g‘ri
235. Nomukammal raqobat turi:
b. noto‘g‘ri javob yo‘q
236. Quyidagilarning qaysi biri sof raqobatga xos xususiyat hisoblanadi?
d. barcha javoblar to‘g‘ri
237. O‘zbekistonda monopolizm qanday tartibga solinadi?
d. monopoliyalarga qarshi qonun bilan
238. Davlat monopoliyalarga qarshi siyosatini qaysi maqsadda amalga oshiradi?
d. Tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida
239. Raqobat usullari:
b. narx orqali va narxsiz;
240. Monopsoniya- bu…
d. tanho iste’molchining hukmronligi
241. Narxsiz raqobat usuli qanday yo‘llar bilan olib boriladi?
a. barcha javoblar to‘g‘ri
242. Monopoliya – bu ....
c. raqobat turi.
243. Quyidagi omillarning qaysi biri tovar narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi?
d. tovar qiymati va nafliligi
244. Davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx qanday narx deb ataladi?
a. Dotatsiyalangan narx
245. Nufuzli narx – bu:
a. sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
246. Narx – bu:
c. tovar va xizmatlar ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi;
247. Erkin bozor narxi deganda nima tushuniladi?
d. talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi;
248. Joriy narxlar – bu:.
d. amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi;
249. Quyidagi javoblardan qaysi birida narx tizimiga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
d. iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.
250. Narx nisbati nima?
d. narx pariteti.
251. Ulgurji narx – bu:
c. ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx;
252. Quyidagilardan qaysi biri narxning vazifasi bo‘lib hisoblanadi?
a. ijtimoiy himoya vazifasi
253. Narxning vazifalari orqali qanday maqsadlarga erishiladi?
d. milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘yicha taqsimlanishiga;
254. Shartnoma narx – bu:
b. sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx;
255. Demping narx – bu:
b. bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx;
256. Milliy bozor narxi – bu:
d. bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narx;
257. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx qanday narx deb ataladi?
a. Demping narx
258. Qiyosiy narxlarda:
c. ma’lum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi;
259. Narx diapazoni – bu:
d. narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi;
260. Quyidagi iqtisodiy tushunchalar narxda o‘z ifodasini topadi:
d. tovarlar qiymati va ularning nafliligi;
261. Narx – bu…
a. real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir
262. Narxning qaysi vazifasi talab va taklif mos kelishi orqali amalga oshadi?
b. muvozanatlikni ta’minlash
263. Taklif qonuni- bu…
b. narx oshishi bilan taklif ham oshadi va aksincha
264. Talab- bu…
b. pul bilan ta’minlangan ehtiyoj
265. Agar talab elastikligi 1 dan katta bo‘lsa, bunday elastiklik nima deb nomlanadi?
b. elastik
266. Taklifga quyidagi omillar ta’sir etadi:
d. tovar va resurslarning narxi, sotuvchilar soni
267. Bozorda mashinaning narxi 20 foizga oshishi oqibatida unga bo‘lgan talab hajmi 10 foizga kamaysa talab elastikligini toping:
a. 0,5
268. Tovar taqchilligi:
b. taklifning talabdan ortda qolishi
269. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj – bu:
c. talab
270. Bozor muvozanati- bu...
a. talab va taklif miqdorining tengligi
271. Talab qonuni- bu…
b. narx oshgan sari talab kamayadi va aksincha
272. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning bir turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi nima deb ataladi?
c. bozor talabi
273. Talab > taklif bo‘lsa:
a. bozorda taqchillik hukm suradi
274. Agar talab elastikligi 1 ga teng bo‘lsa bunday elastiklik nima deb nomlanadi?
c. birga teng elastik
275. Alohida iste’molchining tovarning muayyan turiga bo‘lgan talabi nima deb ataladi?
a. yakka talab
276. Bozorni tartibga solish mexanizmi:
b. talab, taklif, narx va raqobat
277. Engel qonuni izohini toping:
a. iste’molchi daromadining o‘zgarishi bilan talab miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlik
278. Nominal investitsiya nima?
b. pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya;
279. Quyidagilardan qaysi biri jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kirmaydi?
a. ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qish
280. Respublikamiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini olib kirilishi uchun qanday siyosat olib borilmoqda?
c. ochiq eshiklar siyosati
281. Real investitsiya nima?
b. pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar;
282. Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
a. foyda, amortizatsiya ajratmalari;
283. Iste’molga o‘rtacha moyillik nima?
b. shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi;
284. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa ...
a. jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi;
285. Quyidagilardan qaysi biri yakka tartibdagi iste’molga kiradi?
b. ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qish
286. Investitsion qarorlar qabul qilishda quyidagilardan qaysi biri asos bo‘lib hisoblanadi?
a. foizning real stavkasi
287. Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
d. foyda, amortizatsiya ajratmalari
288. Sof investitsiyalar – bu ...
d. yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng
289. Investor – bu ....
a. investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs
290. Iste’molchi – bu ...
c. aholi, davlat, firmalar, sohalar va boshqa xo‘jalik subyektlari
291. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi?
a. jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbatining foizdagi ifodasi
292. Sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning investitsiya sarflaridagi o‘zgarishga nisbati ... hisoblanadi.
b. multiplikator samarasi
293. Jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) – bu ....
a. daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi;
294. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa ...
c. jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi
295. Innovatsiya - ....
c. yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun mablag‘larni yo‘naltirish;
296. Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik nima?
b. shaxsiy daromadning jamg‘arishga ketadigan ulushi;
297. Milliy boylik nimalardan iborat?
b. moddiy buyumlashgan, nomoddiy va tabiiy boyliklardan
298. … - bu milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari
a. tabiiy boylik
299. Jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati bu - …
b. mehnat sig‘imi
300. Quyidagi qaysi omil iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir etadi?
b. atrof muhitning ifloslanishi;
301. Quyidagi qaysi omil moddiy boylik o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
b. YaIM hajmining pasayishi
302. … - bu ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi
a. ekstensiv iqtisodiy o‘sish
303. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda mavjud bo‘ladimi?
c. yo‘q;
304. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati – bu …
d. mehnat unumdorligi
305. Iqtisodiy o‘sish sur’ati bilan bog‘liq holda YaIMni necha yilda 2 barobarga ortishini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi qoidani nomini toping.
c. 70 miqdor qoidasi
306. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklari milliy boylikning qaysi tarkibiga kiradi?
b. ma’naviy boylik;
307. … - bu ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishi
b. intensiv iqtisodiy o‘sish
308. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati – bu …
c. kapital samaradorlik
309. Ma’naviy boylik – nima?
b. ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat;
310. Milliy boylik tushunchasi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a. ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat
311. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensiv turiga kirmaydi?
d. avvalgi texnikaviy asos saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi
312. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli iqtisodiy o‘sishga erishiladi?
a. ekstensiv
313. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni ifodalab bering?
c. real yalpi ichki mahsulot hajmining mutloq va aholi jon boshiga nisbatan o‘sib borishi
314. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga qanday erishiladi?
b. ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli;
315. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar:
b. real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi;
316. Sof milliy mahsulotni ishlab chiqarishning muvozanatlik hajmi quyidagilardan qaysi biriga bog‘liq?
d. yalpi talab bilan yalpi taklifning mos kelishiga;
317. Iqtisodiy muvozanat – bu ...
b. iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelish holati
318. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy muvozanatni ta’minlash shart-sharoitlarini izohlamaydi
b. iqtisodiy nomutanosibliklar
319. “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli kitobning muallifi kim?
a. Keyns
320. Umumiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlashning asosiy yo‘li qanday?
c. jamiyat a’zolari barcha talablari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi.
321. Inflyatsion farq – bu...
c. yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori
322. Quyidagi muvozanatliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xarakterga ega?
a. yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi;
323. Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror rivojlanishi – bu …
c. muvozanatlik
324. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad nimadan iborat?
c. makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash;
325. Sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati ....
a. multiplikator samarasi
326. Resession farq – bu...
c. yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam bo‘lgan miqdori
327. Xususiy muvozanat – bu ....
c. iqtisodiyotning ayrim bo‘laklarida, soha va yo‘nalishlarida ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning miqdoran teng kelishi;
328. Stagnatsiya – bu ...
d. iqtisodiyotdagi tang holat;
329. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu ....
d. barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan muvozanatlar tizimi;
330. Smit nazariyasi nechanchi yillarda iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi?
a. 1929-1933
331. Multiplikator samarasi – bu
d. sof milliy mahsulot o‘zgarishining investitsiya sarflaridagi o‘zgarishiga nisbati;
332. Quyidagi nisbatlardan qaysi biri resession farqni ifodalaydi?
c. SMM>yalpi sarflar
333. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi qayerda boshlangan?
b. AQSh
334. Iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiyotning qaysi sohalari kamroq yo‘qotishga uchraydi?
c. qisqa muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari;
335. 2-4 yil mobaynida takrorlanib turadigan sikl qanday nomlanadi va uning asoschisi kim?
c. “Kitchin sikli”, asoschisi Jozef Kitchin;
336. Iqtisodiy sikl fazalari ketma-ketligi to‘g‘ri joylashtirilgan qatorni toping.
a. inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
337. “Juglar sikli”ning asoschisi kim?
a. Klement Juglar
338. Tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik va shu kabilar tufayli yuzaga keladigan inqiroz qandan nomlanadi?
d. nomuntazam inqiroz;
339. 40-60 yil mobaynida takrorlanib turadigan sikl qanday nomlanadi?
b. Kondratev sikli
340. Pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida hozirgi kunda inqirozning qaysi turi amal qilmoqda?
a. moliyaviy-iqtisodiy inqiroz;
341. Iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr qanday nomlanadi?
d. iqtisodiy sikl;
342. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi qachon boshlandi?
b. 2008 yil;
343. Inqirozning qaysi turi insoniyatga bog‘liq emas?
d. agrar inqiroz
344. Iqtisodiy siklning inqiroz fazasida yuzaga keladigan ishsizlik qanday nomlanadi?
d. siklik ishsizlik
345. Jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishidagi asosiy omilni ayting?
b. pul massasi va tovar miqdori o‘rtasidagi mutanosilikning buzilishi
346. Iqtisodiy inqirozlarning asosiy mazmuni nimada namoyon bo‘ladi?
c. ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishida
347. Agrar inqirozlarning asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
d. siklli xarakterga ega bo‘lmaslikda va nisbatan uzoq davom etishida;
348. Inqirozning qaysi turida milliy valyuta obro‘si keskin tushib ketadi?
b. valyuta inqirozida;
349. Iqtisodiy sikl nechta fazadan iborat?
c. 4
350. Tarkibiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab nima?
b. iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi chuqur nomutanosibliklar;
351. Iqtisodiy siklning to‘rtinchi fazasi qanday nomlanadi?
d. yuksalish;
352. Ma’lum vaqt ichida takrorlanib turadigan inqiroz qanday nomlanadi?
a. davriy inqiroz;
353. Ishchi kuchi – bu
c. Insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi
354. Ishchi kuchi 12,5 mln. kishini, ishsizlar 1,3 mln. kishini tashkil qilsa, ishsizlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
b. 10,4
355. Fillips egri chizig‘i qanday bog‘liqlikni ifodalandi?
a. Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
356. Ichki migrasiyaning nechta turi mavjud?
d. 4
357. Ishsizlik darajasi (ID) qanday aniqlanadi?
b. (IS:IK)x100 foiz
358. Ishsizlik deganda ...
a. barcha javoblar to‘g‘ri
359. Ishsizlik darajasi bilan YaIM o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun qanday nomlanadi?
b. Ouken qonuni
360. Ishchi kuchining bir hududdan boshqasiga ko‘chib yurishi qanday nomlanadi?
b. Migrasiya
361. Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari qanday qismlarga bo‘linadi?
a. faol va potensial
362. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida band bo‘lganlar ishchi kuchi resurslarining qanday qismini tashkil qiladi?
b. potensial qismini
363. Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq qanday nomlanadi?
c. Fillips egri chizig‘i
364. Artur Ouken qonuniga binoan ishsizlik darajasining 1 foizga oshishi YaMMning necha foizga kamayishiga olib keladi.
a. 2,5
365. Ishchi kuchi migrasiyasining miqyosiga ko‘ra qanday turlari mavjud?
d. ichki va tashqi
366. Mamlakatda ishchi kuchining umumiy taklifini belgilab beruvchi asosiy omilni toping.
a. aholi sonida mehnatga layoqatlilar ulushi
367. Ishchi kuchi – bu
a. Insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi
368. Quyidagi soliqlardan qaysi biri egri soliq?
c. qo‘shilgan qiymat solig‘i
369. O‘zbekistonning davlat budjeti qaysi yildan boshlab ketma-ket profisit bilan yakunlanmoqda?
b. 2005 yildan
370. Davlat budjeti nechta qismga bo‘linadi?
c. 2
371. Moliyaviy munosabatlarning mohiyati qaysi bandda to‘la yoritilgan.
d. pulning harakati, ya’ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
372. Moliyaviy munosabatlarning subyektlari:
b. yuqoridagilarning barchasi
373. O‘zbekistonda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini qanday omillar hisobiga tushadigan mablag‘lar tashkil qiladi?
d. soliqlar
374. O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti qanday organ tomonidan tasdiqlanadi?
d. Oliy Majlis
375. Budjet - bu ...
a. davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo‘ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari
376. Soliq stavkasi qanday aniqlanadi?
b. soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining foizdagi ifodasi
377. Qayta moliyalash stavkasi bilan pul massasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
b. teskari
378. Davlat qarzi – bu ...
c. Davlatning o‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlardan qarzi
379. Moliyaning nechta vazifasi mavjud?
b. 4
380. Davlat milliy daromadni qayta taqsimlashda qanday vositalar yordamida amalga oshiradi?
a. Fiskal va monetar siyosati orqali
381. Budjet profisiti qachon vujudga keladi?
d. daromadlar xarajatlar qismidan ortiq bo‘lganda
382. Laffer egri chizig‘i:
d. davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi
383. Makromoliya qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
d. davlat moliyasi shaklida
384. Davlat sarflari bu - …
a. milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi
385. Moliyaning qanday turlari mavjud?
b. mikro va makro
386. Nullifikasiya:
b. pulning yuridik kuchini bekor qilish va yangi pul chiqarish
387. Deflyasiya - bu...
b. narx-navoning pasayishini, pul qadrining ortishini bildiradi
388. Davlat obligasiyalari qanday kredit tarkibiga kiradi?
c. davlat krediti
389. Muomala uchun zarur bo‘ladigan pul massasi qaysi omilga nisbatan teskari bog‘liqlikda amal qiladi?
d. pulning aylanish tezligiga
390. Muomala uchun zarur bo‘ladigan pul massasi qaysi omilga nisbatan teskari bog‘liqlikda amal qiladi?
d. pulning aylanish tezligiga
391. Kreditning mazmuni qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
c. o‘z mulki bo‘lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, hech bir xarajatsiz ishlatish
392. Pul tizimining tarkibiga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
c. sug‘urta tashkilotlari
393. Respublikada necha pog‘onali bank tizimi tashkil qilingan?
c. 2
394. Giperinflyatsiya - bu:
d. narxning shiddat bilan o‘sishi, pul qadrining juda tezlik bilan pasayishi
395. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi qanday bo‘g‘indan iborat?
b. Markaziy bank va tijorat banklari
396. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosatidan ko‘zlagan maqsad:
d. Ish haqi va narx darajasini mutanosibligini ta’minlash, takror ishlab chiqarishni rag‘batlantirish
397. Pulning aylanish tezligi nimaga ta’sir qiladi?
b. muomala uchun zarur pul miqdoriga
398. Pul emissiyasi nima?
c. iqtisodiyotga qo‘shimcha pul massasini chiqarish
399. Bank foydasi (marja) qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
c. olingan va to‘langan foiz summalari o‘rtasidagi farq
400. Fiziokrat maktabi namoyondalari jamiyat rivojlanishi uchun iqtisodiyotning qaysi sohasini rivojlantirishni muhim deb biladilar?
b. qishloq xo‘jaligini.
401. Dj.M.Keyns davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirishda qaysi vositalardan keng foydalanishni taklif etadi?
c. jamg‘arish va iste’mol fondlarini tartibga solish
402. F.Kenening ta’limoti bo‘yicha “sof mahsulot” yaratiladi
b. qishloq xo‘jaligida
403. Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda qaysi sohalarga ustunlik beriladi?
a. ishlab chiqarish sohalariga;
404. J.B.Seyning “bozor qonuni” asosiy qoidalari
d. taklif o‘ziga mos darajada talabni xosil qiladi va bozorda muvozanatni ta’minlaydi
405. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish nimalarda ko‘rinadi?
c. inflyatsiya va ishsizlikka qarshi qaratilgan tadbirlarda;
406. Ijtimoiy farovonlikni oshirishda davlat qanday vositalardan foydalaniladi
c. Soliqlarni pasaytiradi;
407. Adam Smit ta’riflagan “ko‘rinmas qo‘l” – bu ... .
c. erkin raqobat sharoitida iqtisodiy manfaat asosida harakat qilayotgan tadbirkorlarning irodasiga va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiy qonunlarning amal qilishi
408. Klassik – siyosiy iqtisod maktabi namoyondalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy fikrini ko‘rsating?
b. xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur
409. Nima sababdan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurati yuzaga keladi?
d. bozor mexanizmlari xal eta olmaydigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarni xal etish, muvofiqlashtirishdan
410. O‘zbekistonda barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqarishda qanday yondashuvga ustuvorlik beriladi?
b. pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga qaratilgan monitar yondashuv;
411. Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qaysi maqsadda amalga oshiradi?
c. tadbirkorlik va erkin raqobatini himoya qilish maqsadida;
412. Iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy yo‘llarini ko‘rsating?
b. davlat va bozor mexanizmlari uyg‘unligi asosida
413. Davlatning milliy iqtisodiyotdagi rolini cheklash va uni tartiblashda bozor mexanizmidan foydalanish masalasi birinchi marta kim tomonidan olg‘a surilgan?
d. Smit
414. Klassik-siyosiy iqtisod maktabining «Iqtisodiy liberalizm» nazariyasi nechanchi yillarda inqirozga uchradi?
b. 1929-1933 yillarda
415. Davlatning soliqlarni tartibga solish siyosati quyidagilardan qaysi birida ifodalanadi
d. fiskal siyosatda;
416. Davlatning xarajatlar va soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan siyosati-bu:
a. fiskal siyosat;
417. Merkantalizm maktabi namoyondalari jamiyat rivojlanishi uchun iqtisodiyotning qaysi sohasini rivojlantirishni muhim deb biladilar?
a. tashqi savdo-sotiqni
418. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari – bu …
d. tovar va xizmatlarning davlat tomonidan xarid qilinishi;