Lyuks Lyuks – si xalqaro Birliklar Tizimi tarkibidagi, yoritilganlik o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi lk



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/21
tarix02.01.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#38946
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Lyuks


Lyuks

Lyuks – SI Xalqaro Birliklar Tizimi tarkibidagi, yoritilganlik o‘lchov birligi. O‘zbekcha belgilanishi lk (кирилл алифбосида лк), xalqaro belgilanishi lx.

Ta’rifiga ko‘ra, bir lyuks bu:

Yorug‘lik oqimi bo‘yicha, 1 lyumen yorug‘lik tushayotgan 1m2 sirtning yoritilganligidir.

Ya'ni:


Oddiyroq aytganda, 1 kvadrat metrga yo‘naltirilgan 1000 lyumen yorug‘lik, ushbu maydonni 1000 lyuksga yoritadi. Agar, ushbu 1000 lyumen yorug‘lik 10 m2 ga yo‘naltirilsa, u har bir m2 ni 100 lyuksga yoritadi.

Shuningdek, 1 lyuks – radiusi 1 metr bo‘lgan sfera markazida joylashgan va yorug‘lik kuchi 1 kandelaga teng bo‘lgan nuqtaviy yorug‘lik manbai tomonidan ushbu sfera yuzasining yoritilganlik darajasiga tengdir.

Bu orqali esa, lyuks birligiSI ning asosiy birliklari bilan quyidagi:



nisbatdagi bog‘liqlikka ega.



SGS tizimidagi yoritilganlik darajasi birligi - fot bilan lyuks quyidagi nisbatga ega: 1 lk = 10−4 fot.

Oddiy xonadon oshxonasini yoritish uchun, o‘rtacha 500 lyuks yoritilganlik talab etiladi, buning uchun 12000 lyumen quvvatga ega chiroq kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida ish joylari, yashash xonalari, maktab va bog‘chalar xonalari, hamda, boshqa turli joylarning yoritilganlik darajasi maxsus me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Muayyan turdagi xona yoki joyning yoritilganlik darajasiga talablar Sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanPin) tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan 1998-yilda joriy etilgan «Shaharsozlik qurilish me’yorlari»ning «KMK 2.01.05-98 Tabiiy va sun’iy yoritish» qoidalariga binoan loyihalanadi.

Masalan, kompyuter texnikasi va videodispleyli terminallar bilan ishlovchi xodimlar uchun, ish joyining yoritilganlik darajasi SanPin №0224-07 ga binoan 400-2000 lyuks orasida bo‘lishi kerak.

Quyida, ayrim tabiiy va sun’iy sharoitlar uchun, yoritilganlik darajasi haqida ma’lumot keltirilgan:


  • Oysiz qorong‘i tun (havo berk kecha) - 0,0001 lyuks;

  • Havo ochiq tundagi Oysiz qorong‘i kecha - 0,0002 lyuks;

  • To‘linoy kechasi - 0,05 - 0,3 lyuks;

  • Shom payti, qosh qoraygan chog‘dagi yoritilganlik – 3-4 lyuks;

  • Nimqorong‘u jamoat joylari – 20-50 lyuks;

  • Idoralar yo‘laklari, hojatxonalar, kutish zallari – kamida 80 lyuks;

  • Havo berk bo‘lgan, nihoyatda tund kunduz kuni – 100 lyuks;

  • Temiryo‘l platformalari – 150 lyuks;

  • Idoralar xonalari yoritilganlik darajasi – 320-500 lyuks;

  • Havo ochiq kundagi Quyoshning chiqishi, tong saharlab – 400 lyuks;

  • Havo berk kunduz kuni, telestudiyalardagi odatiy yoritilganlik – 1000 lyuks;

  • Havo ochiq bo‘lgan, yorqin Quyoshli kunduz kuni – 10000-25000 lyuks;

  • Quyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turgan joydagi yoritilganlik – 32000-100000 lyuksgacha.

Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, dekabr-yanvar oylarida qoq tush paytdagi tabiiy yoritilganlik odatda, 4000-5000 lyuks bo‘ladi; ishchi kabinetlarda o‘rtacha 500 lyuks yoritilganlik talab etiladi. Yerdan ko‘rinadigan eng yorqin yulduz – Siriusning Yerni 1 m2 yuzasini yoritishi esa atigi 10−5 lyuks bo‘ladi.

Albatta, yoritilganlikni hisoblashda, yorug‘lik manbaining yuzaga nisbatan perpendikulyar joylashishi muhim. Eng katta yoritilganlik, yorug‘lik oqimi sirt yuzasiga perpendikulyar kelib tushishi paytida erishiladi. Nur manbaining yuzaga nisbatan muayyan burchak ostida og‘ishi sari, ushbu yuzaning yoritilganlik darajasi ham pasayadi. Shuningdek, aksincha, yuzaning o‘zi ham nur manbaiga nisbatan muayyan burchak ostidagi nishablik hosil qilsa, yoki, og‘ish burchagiga ega bo‘lsa, bunda ham uning sirtining yoritilganlik darajasi pasayadi. Bunda, yoritilganlik, nuqtaviy yorug‘lik manbai va unga nisbatan tekislikning og‘ish burchagining kosinusiga proporsional o‘zgaradi.

Yoritilganlikni o‘lchash uchun maxsus asbob – lyuksmetr qo‘llaniladi.

 

 



 

 


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin