Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo’yicha)



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/7
tarix14.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#113530
  1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Raxmonov B


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT (tarmoqlar sohalar bo’yicha) ” FAKULTETI


AUDIT fanidan

K U R S I SH I

MAVZU: Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi
BAJARDI: I 54-2 guruh Raxmonov Bayramali Qo’ziboy o’g’li
TEKSHIRDI:



Mundarija
Reja:
Kirish……………………………..……………………………………………3
1. Auditning kelib chiqishi ……………..…………..…………………………..5
2. Auditning mohiyati ……………….………………………………………....7
3 Auditning turlari Audit ichki va tashqi auditga ajratiladi…………..….…….10
4. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi………………..…………………..12
Xulosa………………………………………….……………………………….19
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati ..…………………………………………20


K I R I SH
Kirish Aksiyadorlik kompaniyalar boshqaruvlari yil davomida eng kamida bir marotaba buxgalteriya schyotlari va aksiyadorlar oldidagi hisobotni tekshirishuchun mutaxassisni taklif etishi zarur ekanligi to’g’risida auditning tarixiy vatani bo’lmish Angliyada 1844 yilda kompaniyalar to’g’risida qonunlar turkumi qabul qilingan. Rossiyada auditor unvoni Pyotr I tomonidan kiritilgan. Auditor lavozimi ish yurituvchi, kotib va prokurorlarning qaysidir majburiyatlarini o’zida jamlagan edi. Rossiyada auditorlarni qasamyodli buxgalterlar deb atardilar. Audit institutini tashkil etish to’g’risidagi barcha uchta urinishlar (1889, 1912 va 1928 yillar) muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1929-1933 yillarda dunyoda vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz buxgalter- auditorlarga bo’lgan eqtiyojni kuchaytirdi. Bu vaqtda, auditorlik tekshiruvi sifati va uning majburiyliligiga qo’yiladigan talablar keskin kuchaydi, bu turdagi xizmatlarga bozor ehtiyoji o’sib bordi. Inqiroz yakunlangandan keyin, amalda barcha davlatlar yillik hisobotlarda mavjud bo’lishi lozim bo’lgan ma’lumotlar hajmiga majburiy talablar kiritadilar, ushbu hisobotlar va auditorlar xulosalari chop etilishi majburiy deb belgilanadi. Audit qalloblikka qarshi kuchli qurol bo’lib qoladi. 1940 yillarning oxirigacha audit asosan amalga oshirilgan pul operasiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishdan va moliyaviy hisobotlarda ushbu operasiyalar to’g’ri guruhlanganligini tekshirishdan iborat edi. Bu, ibora joiz bo’lsa, tasdiqlovchi deb ataladigan audit edi. 1949 yildan so’ng mustaqil auditorlar, samarali ichki nazorat tizimida xato qilish ehtimoli uncha ko’p bo’lmaydi va moliyaviy ma’lumotlar yetarli darajada to’liq va aniq bo’ladi deb hisoblab, kompaniyalardagi ichki nazorat masalalariga e’tiborni ko’proq qarata boshladilar. Audit rivojlanishining uchinchi bosqichi - bu tekshiruv o’tkazishda yoki maslahat berishda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchilikka yo’naltirish, tavakkalchilikni oldini olish va bartaraf etishdir, ya’ni; mijozning biznes shartlaridan kelib chiqqan holda, asosan xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan yoki tovlamachilik tavakkalchiligi eng yuqori bo’lgan joylarni tanlab tekshiruvchi auditdir. 1970 yillarning boshida auditorlik andozalarini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Angliyada moliyaviy hisobot haqiqiyligini nazorat qilishsohasida ishlovchi mutaxassislar, shu jumladan, davlat muassasalarida ishlovchilar ham auditorlar deb atalar edi. Fransiyada mustaqil moliyaviy nazorat sohasida, buxgalteriya hisobini bevosita yuritish bilan shu\ullanadigan, hisobot tuzadigan va moliyaviy hisobotning haqiqiyligi yuzasidan nazoratni ta’minlovchi schetlar haqida maslahat xizmatlarini amalga oshiradigan buxgalter-ekspertlarning ikki malakaviy tashkiloti faoliyat ko’rsatadi. AQShda moliyaviy hisobot haqiqiyligi tekshiruvini diplomli jamoat buxgalteri amalga oshiradi. Barcha rivojlangan davlatlarda, buxgalter-auditor kasbini egallashistagi bo’lgan shaxslar ko’p yillar davomida o’qishi va amaliy faoliyat ko’rsatishi hamda ko’plab imtihonlar topshirishi lozim. Auditorlar Palatasi vakillari, ushbu kasb bo’yicha barcha shaxslarni birlashtiruvchi tashkilotlar muntazam ravishda ularning ishlarini tekshirib boradi. Agar auditorlik faoliyati qoniqarsiz deb topilsa, ularni auditorlar Palatasidan chiqarishmasalasi qo’yiladi, bu esa, kelajakda faoliyat ko’rsatishligini taqiqlashdemakdir.



  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin