O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI ROMAN-GERMAN TILLARI FAKULTETI ISPAN VA ITALYAN TILLARI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU : GINZBURG ASARIDA OILA TEMATIKASI Ilmiy rahbar:
Bajardi: Ataqulova N. 4.08 italyan guruh talabasi
Mundarija:
KIRISH……………....…………………………………………………………….3
I BOB. NATALIA GINZBURGNING ITALYAN ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI …………………………………………………. ………………………………….6
1.1 Natalia Ginzburg hayoti va ijodi …………………………………………….....6
1.2. Natalia Ginzburg adabiyotdagi uslublari va uning o’ziga xosligi…...………….9
I bobga xulosa …………………………..…………………………………..........11
II BOB. NATALIA GINZBURGNING “TI HO SPOSATO PER ALLEGRIA” ASARI – DRAMATIK ASAR SIFATIDA …………………………………………………………………………………....12
2.1. . N.Ginzburgning “Ti ho sposato per allegria” asaridagi qahramonlar tizimi....................................................……………………………………………12
2.2. N.Ginzburgning “Ti ho sposato per allegria” asarida oila tushunchasi va masalasi ..............................................................................................................…18
II bobga xulosa…………………….…………………………………..................20
XULOSA…………………………………….……………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….…….……………...28
Kirish O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda. Dunyoda xalqlar ko'p. Har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o'zligini namoyon qilishida tilning o'rni va ahamiyati beqiyos. Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobida bu haqda alohida to'xtalib, shunday fikrlarni bayon qiladi: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir»1 . Shu sababli til bilish – madaniyat belgisi hisoblanadi. Chunki bu boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o’rganish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u hamnafas bo’lib yashash imkonini beradi.
Mustaqillik bizga jahon badiiy maydoniga mustaqil sub’ekt sifatida chiqish imkonini berdi. Bu ham imkoniyat, ham katta mas’uliyat va izchil ijodiy mehnatdir. Biz endi jahonga mustaqil ma’naviy sub’ekt sifatida chiqishimiz zarur. “O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat” shiori buyuk ma’naviy qudratga da’vogarlikni ham o‘z ichiga olishini unutmaslik lozim. Buyuk ma’naviy qudrat esa, xalqning pok e’tiqodi, milliy adabiyot va san’atning jahonshumul ta’sir-e’tibori orqali yuzaga kelishi shoyon haqiqat. XX asr o‘zbek adabiyoti, shak-shubhasiz, jahondagi nufuzli adabiyotlar sirasiga kiradi. Tarixan qisqa vaqt mobaynida yangi zamonaviy adabiyot yaratildi va mingyillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyoti bilan birgalikda o‘zbek millatining shu kundagi badiiy qiyofasini belgilab turibdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tili rivojiga katta e'tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonunda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo'yildi2. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Bu ona tilimiz taraqqiyotida ilgari hech ko'rilmagan yangi davr boshlanganining ifodasi edi. Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga ham ijobiy ta'sir etmoqda. Uning lug'at xazinasi yangi so'z va tushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayib bormoqda. Shuningdek, ilgari taqiqlab kelingan milliy merosimiz namunalarining qayta tiklanayotgani, muqaddas islom dini asoslari, umumbashariy qimmatga ega bo'lgan dunyo adabiyoti namunalarini tarjima qilish ishlari kuchaygani ham o'zbek tili imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, mustaqillik yillarida Qur'oni karim va hadisi sharif bir necha bor tarjima qilinib, nashr etildi. Bundan tashqari, ona tilimizning imkoniyatlaridan foydalangan holda, uning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo'llanishini ta'minlash bo'yicha ko'pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Shu sohada xorijiy tillarni chuqur o’rgangan holda xorij adabiyotlarini tarjima qilish yoki o’zimizning asarlarni xorij tiliga tarjima qilish muhim vazifa bo’lib kelmoqda. Bu uchun biz yoshlar chuqur bilim va malakaga ega bo’lishimiz kerak.