Kurs ishining vazifasi: Xorijiy tillarni o’rganish bilan bir qatorda, uning badiiy adabiyotini, dunyoga mashhur adiblarning asarlarini o’qish va tahlil qilish, xorijiy tillarga bo’lgan mehrimizni, hurmatimizni ko’rsatib turadi. Xususan, oily ta’lim tizimida ro’y berayotgan yangilanishlardan boxabar bo’lgan holda, italyan tilini o’rganish jarayonida bu tilning adabiyotini o’rgatish ham yo’lga qo’yilgan. Italyan adabiyoti o’ziga xos jihatlari bilan talabalarni maftun etadi. Natalia Ginzburg ham italyan adabiy muhitida o’z o’rniga ega bo’lgan yozuvchilardan biri bo’lib, ayniqsa, uni “Ti ho sposato per allegria” asari orqali ko’proq darajada bilib olishga va uning asar yozish uslubi haqida kengroq bilib olish maqsadida kurs ishi mavzusi sifatida tanlangan.
Kurs ishining maqsadi:kurs ishimning oldiga qo’yilgan asosiy maqsadi italyan adabiyotining zamonaviy janrida ijod qilgan yozuvchining asarlarida oila mavzusining yoritilishi, uning muallif nuqtai nazari bo’yicha tasnif qilish, asardagi muhitni yoritib berishdan iborat.
I BOB. NATALIA GINZBURGNING ITALYAN ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI Natalia Ginzburg hayoti vaijodi Natalia Ginzburg italiyalik yozuvchi bo'lib, uning asari oilaviy munosabatlar, fashistik yillar va Ikkinchi jahon urushi davridagi va undan keyingi siyosat va falsafani o'rgangan. U romanlar, hikoyalar va insholar yozgan, ular uchun Strega mukofoti va Bagutta mukofotiga sazovor bo'lgan. Uning aksariyat asarlari ingliz tiliga tarjima qilingan va Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlarda nashr etilgan. Faol, 1930-yillarda bir muddat Italiya Kommunistik partiyasiga a'zo bo'lgan. 1983 yilda u mustaqil siyosatchi sifatida Rimdan parlamentga saylangan. Natalia Ginzburg 1916-yil 14-iyulda Palermoda, kelib chiqishi yahudiy bo’lgan professor Giuseppe Levi va Lidiya Tansi oilasida tug’ilgan. Otasi Natalia Ginzburg uchun xususiy o’qituvchi yollab uyida o’qitadi va yozuvchi tengdoshlaridan ancha iste’dodli va bilimli bo’lib voyaga yetadi. Uning bolaligi Turin shahrida o’tadi va o’zining adabiyotga bo’lgan qiziqishi va iste’dodi sababli 17 yoshida birinchi hikoyasi “Bolalar” (“I bambini”) hikoyasini yozadi va bu hikoya “Solaria” jurnalida 1933-yil chop etiladi. O’sha paytlari Italiyada fashizm rejimi mavjud bo’lib, ular asosan yahudiylarni va fashistik rejimga qarshi bo’lganlarni yozolmay qo’ymasdi.
Natalia Ginzburgning otasi Giuseppe Levi hamda uning uch o’g’li ham shu sababli qamoqqa olinadi va Natalia Ginzburg ham Turin universitetida o’qishni davom ettira olmaydi. 1938-yilda Turin universitetida rus adabiyotidan dars beradigan professor Leone Ginzburgga turmushga chiqadi va shundan so’ng barcha asarlarini Ginzburg familiyasi bilan imzolaydi. Leone Ginzburgning “Einaudi” nomli nashriyoti bo’lib, to’ydan so’ng Natalia Ginzburg yana asarlar yozishni davom ettiradi. 1942-yil uning birinchi romani “Shaharga olib boradigan yo’l” (La strada che va in citta`) Einaudi nashriyotida chop etiladi. 1943-yil Natalia Ginzburg oilasi bilan Rimga ko’chib ketadi. Shu yili Leone Ginzburg qamoqqa olinadi va faol anti-fashist bo’lganligi sababli qiynoqlar ostida o’ldiriladi. Natalia Ginzburg uchta yosh bolasi bilan yolg’iz qolib ketadi. 1945-yilda yana Turinga qaytib keladi va Einaudi nashriyotida ish boshlaydi. Bunday og’ir sharoitda qolganiga qaramay, u yana ijod qilishda o’ziga kuch topa oladi va 1947-yilda uning ikkinchi romani “Shunday bo’lgan edi” (E` stato cosi`) Einaudi nashriyotida chop etiladi va o’sha yili Natalia Ginzburg adabiy mukofot “Time” ni qo’lga kiritadi. Bu mukofot uni yanada ko’proq ijod qilishga undaydi. 1950-yilda u Londongda Italiya madaniyat institute ingliz tili professori va direktori bo’lib ishlaydigan mashhur tanqidchi va olim Gabriel Baldinibilan turmush quradi va ular Rimga ko’chib ketadi. Rimda u o’zining ijodini yana davom ettiradi va shu davrda u o’zining juda ko’p asarlarini xalqqa taqdim etadi. 50-yillarda “Tutti I nostri ieri”, “Valentino” kabi asarlari chop etilib, “Viareggio” adabiy mukofotiga sazovor bo’ladi. Bunday yutuqlarga erishgan yozuvchi o’z ijodiga butunlay sho’ng’ib ketadi va 60-70 yillarda ham ijodiy namunalarini butun dunyoga taqdim etadi. Bularga misol qilib: “Tungi tovushlar” (Le voci della sera) (1961), “Kichik jasoratlar” (Le piccolo virtù) (1962), (Lessico famigliare) (1963), “Senga xursandchilik uchun uylandim” (Ti ho sposato per allegria), “L’inserzione” (1965), Qulupnay va krem” (fragola e panna) (1966), “Kotiba” (La segretaria) (1967), “Dengiz mamlakati” (paese di mare), “Xato eshik” (La porta sbagliata) (1968), “Hech qachon mendan so’ramasliging kerak” (Mai devi domandarmi) (1970), “Qadrli Maykl” (Caro Michele), “Dengiz mamlakati va boshqa komediyalar” (Paese di mare e altre commedie) (1973), “Hayoliy hayot” (Vita immaginaria) (1974), “Oila” (Famiglia) (1977) asarlarini aytib o’tishimiz mumkin. Iste’dodli va adabiyotni sevuvchi bu yozuvchi “Strega” mukofotiga loyiq deb topiladi va 1963-yildayoq bu mukofotga sazovor bo’ladi. Bunday iste’dodli ayolni siyosat ham chetlab o’tmadi, 1983-yilda u “Italiya kommunistik partiyasiga” deputat etib saylandi. Bundan ko’rishimiz mumkinki uning nafaqat adabiyot va ijtimoiy hayotda, balki siyosiy hayotda ham o’z o’rniga ega bo’lgan iste’dodli va har jabhada o’zini o’rnini topa olgan yozuvchidir. “Manzonilar oilasi” (La famiglia Manzoni) (1983) asari unga yana bir mukofot “Battuga” ni olishga imkon berdi. Shundan so’ng u yana bir necha adabiyot sohasida o’z qiymatiga ega bo’lgan asarlarini yozdi. “Shahar va uy” (La città e la casa) (1984), “Opere, volume 1” (1986), “Opere, volume 2” (1987), “La città e la casa e scritti sparsi”, “Serena Kruz yoki haqqoniy hayot” (Serena Cruz o la vera giustizia), “Teatr” (Teatro) (1990), “O’z o’ziga gapirish qiyin” (È difficile parlare di sé) (1999), “Uni bila olmayman” (Non possiamo saperlo, Saggi) (1973-1990), “Hammasi teatr” (Tutto il teatro”, “5 ta qisqa roman va boshqa hikoyalar” (Cinque romanzi brevi e altri racconti) (2005), “Ludovikka xat” (Lettere a Ludovica) (Con Cesare Pavese e Felice Bablo) (2008).
Zamonaviy italyan adabiyotida ijod qilgan yozuvchi va shoirlar orasida Natalia Ginzburg hayot yo’lini ijod bilan bog’lagan yozuvchi desak mubolag’a bo’lmaydi. U shunday asarlar yaratganki, siz bu asarlarni o’qib uning qanchalik serqirra ijodkor bo’lganligini fahmlay olasiz va bunday asarlarni boshqa asarlar bilan also tenglashtirib bo’lmaydi. Uning asarlaridagi soddalik va samimiylikni boshqa asarlardan topishimiz mumkin lekin asarlari butunlay o’zgacha uslubda yozilgan. Har bir asarida o’zgacha muhit va o’zgacha jarayonlar yoritilgan.