Mavzu : ginzburg asarida oila tematikasi



Yüklə 46,43 Kb.
səhifə8/9
tarix25.03.2023
ölçüsü46,43 Kb.
#89840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI ITALYN Nilufar 1

II bobga xulosa
Bu bob yuzasidan shularni xulosa qilib aytishim mumkinki, Natalia Ginzburg bu dramatik asarini qoyilmaqom tarzda yaratib, unda oilada tez-tez sodir bo’lib turadigan ba’zi kamchilik-u kelishmovchiliklarni komedik tarzda olib chiqolganligi taqsinga sazovor. Asar bosh va ikkinchi darajali qahramonlari orqali har bitta detal aniq va tushunarli tarzda yoritilib berilganligi e’tibordan chetda qolmaydi. Shlyapa muammosi bilan boshlangan asar oxirigacha o’sha muammoning hal qilinmaganligicha qolib ketishi bilan tugaydi, lekin bu orada mahoratli Ginzburg asari orqali bizni qanchadan- qancha bo’lib o’tgan mojarolar, er-xotin muammolari, kelin-qaynona munosabatlari, do’stlik, mehr-oqibat, oila to’g’risida bosh qotirishimizga, hayotda qay tarzda yashash, qanday oila qurish to’grisida bosh qotirish kerakligi haqida ko’p to’xtalib o’tadi. Xulosam shundan iboratki, biz bu asarni o’qib, tahlil qilib, kerakli bo’lgan yaxshi tomonlarini o’zimizga olib, qilingan xatolardan esa xulosa chiqarib, ularni o’z hayotimizda qaytarmaslikka harakat qilishimiz kerak.
XULOSA
Kurs ishi bo’yicha umumiy xulosani aytadigan bo’lsak, Natalia Ginzburg italyan zamonaviy adabiyotida mohir, ko’zga ko’ringan, o’z ishining ustasi, u nafaqat adabiyot sohasida mohir qalam sohibasi, balki u mohir romannavis hamda adabiyotshunos sifatida ham ommaga o’z nomini tanitgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Natalia Ginzburgning yozgan asarlari, romanlari nafaqat Italyada, balki dunyoning boshqa nuqtalarida ham sevib o’qiladi. U qanchalik og’ir sharoitda yashamasin, shunga qaramasdan u o’z ijodini tashlab qo’ymaydi, balki faqat va faqat olg’a intiladi hamda bu intilishlar, harakatlar o’z mevasini beradi. Natalia Ginzburg yaratgan asarlarning ko’plab qismi uning o’z hayoti bilan bog’liq ekanligiga yaqqol guvoh bo’lamiz. Buni biz uning ko’pincha oila, ayol, munosabatlar, qiyinchiliklar to’g’risida yozilgan asarlaridan ko’rishimiz mumkin.
U shunday asarlar yaratganki, siz bu asarlarni o’qib uning qanchalik serqirra ijodkor bo’lganligini fahmlay olasiz va bu kabi asarlarni boshqa asarlar bilan also tenglashtirib bo’lmaydi. Uning asarlaridagi soddalik va samimiylikni boshqa asarlardan topishimiz mumkin, lekin uning asarlari butunlay o’zgacha uslubda yozilgan. Har bir asarida o’zgacha muhit va o’zgacha jarayonlar yoritilgan. “Ti ho sposato per allegria” asari va asar qahramonlari N.Ginzburg tomonidan komedik yo’nalishda yozilgan bo’lib, har bir asar qahramonining aniq bir roli borligi, har biri o’ziga xos rollarni ijro etishi har bir o’quvchining e’tiborini o’ziga jalb etmasdan qolmaydi. Asar qahramonlari bir-biri bilan uzviy bog’liqligi, agarda ularning biri asarda ishtirok etmasa asar voqealar rivoji ko’ngildagidek chiqmay qolishi o’quvchi e’tiborini o’ziga tortish bilan bir qatorda, o’quvchiga asarni bir o’qishda o’qib tugatish imkoniyatini yaratib beradi,ya’ni bu asarni o’qigan odam o’zini asar o’qishdan to’xtatolmay qoladi. Bu asarni o’qigan har bir o’quvchi o’ziga kerakli xulosa chiqarsa; oila, do’stlik, mehr-muhabbat haqida biroz chuqurroq o’ylasa, asarda keltirilgan yaxshi tomonlarni o’zida namoyon qila olsa maqsadga muvofiq bo’lardi.


Yüklə 46,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin