KIRISH VA KIRITMALAR HAQIDA MA’LUMOT PUBLITSISTIK MATN HAQIDA MA’LUMOT
I-bob. Kirish va kiritmalar haqida ma’lumot 4
1.1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. 4
1.2. Publitsistik matn haqida ma’lumot 13
II-bob. Publitsistik matnlarda kirish va kiritmalarning qo`llanishi 18
2.1. Matn tahlili va tahriri 18
2.2. Publitsistik matnlarda morfemali kontraktsiyaning ifodalanishi 23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 29
Kirish Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”1. Shu bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida
2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti Universitetini tashkil qilindi. Mavzuning dolzarbligi. Kirish va kiritmalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo`lish va shu orqali ma’lumotlarni xotiraga muhrlashdir. Kirish so`z va kiritmalardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish, yozma nutqda foydalanayotganda imloviy va punktuatsion belgilarga alohida e’tibor berish lozim. Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ilmiy ahamiyati ta’lim bosqichlari ona tili ta’lmida kiritma va kirish so‘zlarni o‘rganish holatini aniqlash hamda uni o‘qitishning qulayroq shakl va usullarini tavsiya etishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tadqiqotning xulosalari va tahlil materiallari modal so‘zlarni o‘qitish masalalariga oydinlik kiritadi, uni o‘rganishda va ta’lim bosqichlarida qo‘llashda manba bo‘la oladi. Ta’lim bosqichlari ona tili ta’limida modal so‘zlarni o‘qitishda ishlab chiqilgan mashqlar tizimi amaliy material bo‘lib xizmat qiladi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi Kirish, Asosiy qismdagi 2 bob, 4 fasl, xulosa foydalanilgan adabiyotlarni o`z ichiga oladi.