Kirish va kiritmalar haqida ma’lumot publitsistik matn haqida ma’lumot


I-bob. Kirish va kiritmalar haqida ma’lumot



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü41,79 Kb.
#171213
1   2   3   4   5   6
KIRISH VA KIRITMALAR HAQIDA MA’LUMOT PUBLITSISTIK

I-bob. Kirish va kiritmalar haqida ma’lumot

1.1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.


Gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi so‘z . Kirish so‘z barcha uslubda uchraydi, qolgan nutqlarga qaraganda badiiy, publitsistik nutqda ko‘proq qo‘llaniladi, so‘zlashuv nutqida badiiy va publitsistik nutqlarga qaraganda biroz kamroq, ilmiy va rasmiy uslubda esa kam uchraydi. Ammo shunga qaramay har qaysi nutqda kirish so‘z matn mazmuniga qo‘shimcha ma’no – ishonch (albatta), gumon (shekilli), quvonch (hayriyat), fikr xulosalash (xullas), fikr tartibi (birinchidan) – berish uchun xizmat qiladi. Masalan: Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor (publitsistik nutq); Hayriyatki, yana ko‘rishishga muyassar bo‘ldik (badiiy nutq); Xususan, kesim modallikni namoyon qilishi bilan ajralib turadi (ilmiy nutq); Jumladan, mazkur qaror ijrosi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasiga yuklatilsin
(rasmiy nutq); Xullas, bu qilig‘ing bo‘lmadi (so‘zlashuv nutqi). Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy, ekspressiv- emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular ishonch (u, albatta, keladi), gumon- taxmin (u, ehtimol, keladi), istak, mamnunlik (u, xayriyat, keldi), taajjub (tavba, u kelmaydimi?!), ta’kid (axir, u keladi), fikrning kimga tegishliligi (menimcha, u keladi), fikrni jamlash, xulosalash (xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xos langani uchun rasmiy uslubda deyarli qo‘llanmaydi. Kirishlar alohida so‘z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi), so‘z birikmasi (gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi), gaplar (rostini aytsam, o‘ylab ko‘rsam, buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‘lishi mumkin. Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda qavslar, ba’zan tire bilan ajartilishi mumkin. Kiritmalar uslubiyati. Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. (G‘afur G‘ulom) Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar. (Abdulla Qodiriy) Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar. (cho‘lpon) salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. (Said Ahmad). Kiritma konstruksiyalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo'laklari ma'nosiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik - semantik jihatdan munosabatga kirishadilar. Kiritma konstrutsksiyalar intonatsion jihatdan
mustaqillikkka ega bo'ladilar. Ular biror so'roqqa javob bo'lmaydilar. Sintaktik vazifa bajarmaydilar. gap bo'lagi yoki qo'shma gaplarning komponenti bo'lib hisoblanmaydilar. Kiritma konstruksiyalar tushunilishi qiyin yoki tushunilmaydigan so'zlar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma'nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, so'zlovchining subyektiv - emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbasini ko'rsatish, qo'shimcha ma'lumotlar berish uchun xizmat qiladi: Boshidagi qalampir nusxa qora do'ppisi ham (na Chust nusxaga o'xshaydi, na Marg'ilon nusxaga) yallgi. (H.G'.) Engil atlctika bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Nazira Ermatova (Toshkentdan), Vali Nazarov
(Buxorodan), Vera Ivanova (Samarqanddan) g'olib chiqdilar. Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy-ekaspressivemotsional imkoniyatlarga ega. Kiritmalar so`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, gunoni , tasdig`i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi), o`z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo`shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni ifodalaydi. Kiritmalar so`zlovchining aytayotgan fikriga munosabatini ifodalaganligi uchun rasmiy uslubda deyarli qo‘llanmaydi. Kiritmalar alohida so‘z (aytishlaricha kabi), so‘z birikmasi (gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi ), gaplar (rostini aytsam, o‘ylab ko‘rsam, buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‘lishi mumkin. Kiritmalar gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo`lsa-da, gapdagi biror bo`lak bilan tobe-hokimlik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa bo`laklardan asosan vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa kichik to`xtamlar bilan ajratiladi. Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiru¬chi ma’lumotini ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi.
Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. Kiritmalar ham barcha bo`laklar singari soda va murakkab bo`ladi. Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‘z birikmasi,kengaygan birikma va gaplar bilan ifodalanadi. So‘z birikmasi va gap shakllarida kelgan kiritmalar ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent atroflari bir majlis qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar. Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar. Salomatxonning dadasi, soqolmo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xush¬surat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi.
Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiypublisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informatsion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiypublisistik janrlar) kabilarni o`z tasnifida qayd etgan.
G`.G`afurov “publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiypublisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. Mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. Janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. Hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ijtimoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi.
Publitsistik uslubning O’ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo’lish, hozirjavoblik, ta‘sirchanlik belgilariga ega.
Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar ko’proq Qo’llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo’poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko’rsatuvga xos bo’lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e‘lonlar, reportaj, bosh
maqolalardan iborat bo’ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi.
Zarur O’rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
‘muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so’ziga ko’ra, muxbirimiz voqea ro’y bergan joydan xabar beradi...’ va hokazo iboralar qo’llanadi. Har bir xabarga ta‘sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo’yiladiki, bu hol O’quvchining diqqatini jalb qiladi. (‘Qonun barchaga barobarmi?’, ‘Kafolat va’da emas’, ‘Chetlatilgan mutaxassis’,
‘Tuya ko’rdingmi – yo’q’, ‘Chumchuq sO’ysa ham qassob sO’ysin’). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo’shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko’zgusidir.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo’ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta‘sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til me‘yorlariga qat‘iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko’rinishidir. Publitsistik uslub O’zining obrazliligi, hissiy-ta‘siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy - siyosiy masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiysiyosiy masalalarni hal etishga undashning faolligi, O’ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning ko’p Qo’llanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning O’xshash tomonlaridir.
Publitsistik va badiiy uslubning ham O’xshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan ko’proq foydalaniladi. So’z va terminlar siyosiy ma‘nosining badiiy uslub elementlari bilan qorishgan,uyg‘unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada ko’taradi va uning ta‘sirchanligini oshiradi. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat‘iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez Qo’llanilishi bu uslubning O’ziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e‘tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bO’shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta‘siriy so’zlar va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so’zlar bu uslubda sarlavha nomi bo’lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq bo’lishini ta‘minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog‘ qoladi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.
Badiiy uslub (tilning ta‘sir qilish, targ‘ibot, tashviqot vazifasi) - inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi, O’quvchiga va tinglovchiga emotsional ta‘sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Bu uslubda muallif tilning barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni Qo’llashi mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy uslub keng imkoniyatga ega uslub turi hisoblanadi. Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya‘ni badiiy asarlarga xos bo’lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta‘sirchanlik kuchlidir.
Badiiy uslubning O’ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini O’z ichiga olish bilan birga, unda O’zbek shevalariga, kasb - hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste‘moldan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub O’quvchida estetik zavq uyg`otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma‘lum voqea - hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan
tashqari, O’quvchiga ta‘sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Obrazlilik va estetik ta‘sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Badiiy uslub so’z sa‘natiga, timsoliy fikrlash sohasiga oid va funksional juhatdan biqiq – chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining nihoyatda keng va u timsollar, badiiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. Badiiy uslubda proza, poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiiy uslub timsol, ijod va shahs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umumxalq tili va adabiy tilning barcha qatlamiga mansub so’z va iboralar keng va faol ishlatiladi hamda estetik ta‘sir etish vazifasini bajaradi.
Badiiy adabiyot tili yoki badiiy uslub adabiy tilda alohida O’rin tutadi. Badiiy uslubda xalq tilidagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi. Badiiy uslubning asosiy belgilari:
Turli tasviriy vositalar, chunonchi, sifatlash, qiyoslash, mubolag’a, kinoya, O’xshatish va hokazolar Qo’llanadi:
Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi, Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi (E. Vohidov).
Shoir bu misralarda badiiy tasvirning jonlantirish usulidan foydalanib, insonga xos kulish (kulib qaraydi), tarash (sochlarini taraydi) harakatlarini quyoshga nisbatan ishlatadi.
Til vositalaridan erkin foydalaniladi. Badiiy asarlarda adabiy tilga xos til birliklari, shuningdek, adabiy tildan tashqarida bo’lgan sheva, oddiy nutq, jargon kabilarga xos so’zlar bo’lishi ham mumkin. Bu uslubda muallifning O’z bayoni adabiy til me‘yorlarida bo’ladi. Ammo asarda ishtirok etuvchilarning nutqida ularning xususiyatlarini ifodalash uchun adabiy tilda bo’lmagan til birliklaridan ham foydalaniladi. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhor
«Bemor» hikoyasida farg’onalik yosh gO’dak nutqini shunday ifodalagan: Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin.
Badiiy asarda tasvirlanayotgan davrning ruhni aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo’lgan so’z va iboralardan ham foydalaniladi.
Sonlar raqam bilan emas, so’z bilan yoziladi.
Xullas, badiiy asarlar badiiy uslubda yoziladi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga, shuningdek, xalq tiliga xos til birliklari ham bo’ladi. Bir fikrning O’zini adabiy tilda turli uslublarda ifodalash mumkin, chunonchi: quyidagi gaplarni qiyoslab O’qing.
«So’z ustasi» O’yini
Unda talaba yoki guruhlar bir-birlari bilan kim 5 daqiqa ichida nechta so’z topa olishi bO’yicha musobaqalashadilar. Ajratilgan vaqtda eng ko’p so’z topa olgan guruh yoki talaba g‘olib hisoblanadi. Lekin birorta so’z qaytarib yozilmasligi kerak. O’yin oxirida eng ko’p so’z topa olgan «So’z ustasi» nomini oladi.



Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin