Publitsistik lotincha "publicus" so'zidan olingan bo'lib, "ommaviy, ijtimoiy, davlatga tegishli" kabi ma'nolarni anglatadi1. Publitsistika ( zamonaviy, dolzarb mavzulardagi ijtimoiy-siyosiy adabiyot) va publitsist (ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi asarlar muallifi) so'zlari bilan o'zakdosh. Etimologik jihatdan bu so'zlar 1) tomoshabin, tinglovchi, tashrif buyuruvchi; 2) xalq, odamlar kabi ma'nolarni anglatuvchi "publika" so'zi bilan bog'liq. Axborot berish, ommaviy ahamiyatga ega ma'lumotni yetkazish bilan bir vaqtda o'quvchi, tinglovchiga ta'sir ko'rsatib, uni biron-bir narsaga ishontirish, muayyan g'oya, qarashni singdirish, muayyan harakat va faoliyatga undash nutq publitsistik uslubining maqsadi hisoblanadi Muhim talablardan biri - u keng auditoriya uchun mo'ljallangan, xalqchil bo'lishi lozim.
Xitoy tilidagi publitsistik matn ko'pincha ilmiy mulohaza shaklida quriladi: dolzarb ijtimoiy muammolar o'rtaga tashlanadi, analiz qilinadi va yechim topish yo'llari baholanadi. Fikr va mulohazalar sintezlanadi, xulosa qilinadi. Material qat'iy mantiqiy izchillik asosida yoritiladi va shu bilan birga umumilmiy terminologiya qo'llanadi. Ushbu xususiyatiga ko'ra ilmiy uslubga yaqinlik mavjud. Ishonchlilik, dalillarning aniqligi, konkretlik, qat'iy asoslanganlik xususiyatlarda ham ilmiy uslubga yaqinlik kuzatiladi. Publitsistik uslubning xususiyatlari mantiqiylik, obrazlilik, emotsionallik, baholash, chorlash va o'ziga mos til vositalaridan iborat. Publitsistik matnlarda ijtimoiy-siyosiy leksika, turli sintaktik konstruksiyalar keng qo'llanadi.
Publitsistik uslubdagi matnlarda so'z yasalishining morfemali kontraksiya usuli orqali yasalgan so'zlar keng qo'llaniladi. Xitoy tilshunoslik adabiyotlarida ushbu so'z yasalish usuli Mi^ jianchengtermini, ya'ni nomlarni qisqartirish, qisqartirilgan nominatsiya deb nomlanadi.
Morfemali kontraksiya ko'p bo'g' inli leksik birliklarning qisqarishini nazarda tutadi. Ko'p tarkibli so'z va so'z birikmalarini soddalashtirish - lug' aviy tarkibning amaldagi obyektiv ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. Leksik birliklarning qisqa, lo'nda va turg' un bo'lishiga xizmat qiladi.
Odatda, kontraksiya jarayoniga ikki bo'g'inli izohlovchi va bir bo'g'inli izohlanuvchi qismdan iborat leksik birliklar ko'proq jalb etiladi.
To'rt bo'g'inli leksik birliklar kontraksiyasida ikki morfema tushiriladi va ikki bo'g'inli murakkab qisqartirilgan so'z hosil bo'ladi. Strukturani qayta qurish va qisqartirish jarayonida turli ko'rinishdagi modellarni ko'rishimiz mumkin. Leksik birlikning ikkinchi va uchinchi morfemalarini tushirilishi eng ko'p uchraydigan model sanaladi. Masalan, "savodsizlik likvidatsiyasi" birikmasi "likvidatsiya" va "savodsizlik" so'zlariga ajratiladi.
Besh bo'g'inli birikmalar kontraksiyasi natijasida ikki, uch (kam uchraydi) morfemalar tushiriladi. Natijada uch yoki ikki morfemali murakkab qisqartirilgan so'zlar hosil bo'ladi. Birinchi turga so'z birikma strukturasi o'zgarishining turli modellari xos bo'lib, ikkinchi va to'rtinchi hamda uchinchi va to'rtinchi morfemalar tushiriluvchi ikki model sermahsul hisoblanadi. Ikkinchi turda murakkab qisqartirilgan so'zlar ikkinchi, to'rtinchi va beshinchi morfemalar tushiriluvchi model orqali hosil qilinadi.
I.D.Klenin morfemali kontraksiyaning turfa ko'rinishi xususida quyidagi fikrlami aytib o'tadi: " kontraksiya natijasida, odatda, muvaqqat, noturg' un, fonetik butunlik va shaklga ega bo'lmagan (talaffuz qilinganda birinchi va ikkinchi komponent orasida to'xtalish mavjud) terminologik jamlanmalar (kompleks) vujudga keladi, shunday bo'lsada, muomalada ulardan doimiy foydalanish natijasida leksikalizatsiya imkoniyatini inkor etmaydi"6. Ko'rinib turibdiki, murakkab qisqartirilgan so'zlar xitoy tili leksik lug'atida kun sayin mustahkam o'ringa ega bo'lib kelmoqda. Xususan, publitsistik matnlarda ulardan keng foydalanish muloqot doirasining kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Publitsistik matnlarda murakkab qisqartirilgan so'zlar shaklan tuzilishi oddiy so'zlar bilan o'xshash bo'lsada, aksariyat hollarda murakkab ma'nolarni ifodalaydi. Murakkab qisqartirilgan so'zlar o'ziga mos keladigan to'liq so'z birikmalari bilan bir qatorda qo'llanadi. Zarurat tug'ilgan hollarda og'zaki va yozma muomalada to'liq so'z birikmalari ishlatilishi ham mumkin. Ko'pincha murakkab qisqartirilgan so'z o'zining mos keladigan to'liq shaklini muloqotdan chiqarib yuboradi, shunda uning to'liq shaklini faqat ma'lumot beruvchi materiallar yordamida tiklash mumkin. Morfemali kontraksiya hodisasi abbreviatsiyaning o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, xitoy tilida boshqa til sistemalaridan farqli ravishda elementar birliklarning morfologik va semantik xususiyatlariga tayanadi, shuning uchun chuqur va kengroq chegaralarni qamrab oladi. Qisqartma so'zlarning yuzaga kelishi vatqni tejash zaruriyati hamda maksimal miqdordagi ma'lumotni minimal hajmli vositalar orqali yetkazishga intilish bilan bog'liq.
Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari
"Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin.
Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan.
Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiysiyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar).
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va boshqalar) shakllari ham bor.
Xulosa Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga maqolalar, feleyton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun hamda unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi. Shu jihatdan notiqlar nutqi e’tiborli sanaladi. O‘tmishning mashhur notiqlari kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo‘lgan tildan ma’lum g‘oyaviy maqsadni ifodalash hamda estetik ta’sir etish vositasi sifatida mohirona foydalanib kelganlar.
Publitsistik uslubning og‘zaki turiga kundalik voqealariga doir maqolalar yoki xalqaro obzor bilan radio va televideniyada chiqayotgan sharhlovchilarning nutqlari kiradi. Televideniya boshlovchilaridan radioboshlovchilarning nutqi farqli bo‘lib, ularning nutqida ma’lum talablar mavjud.
Axborot qisqa va eshittirishga qulay bo‘lishi, bayon lo‘nda, ayni paytda, batafsil bo‘lishi, gap qurilishi ana shunga mo‘ljallangan bo‘lishi, o‘rinsiz gaplarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Uzun va qisqa frazalar navbati bilan qo‘llanishi, yozuvdagi qisqartmalarni gapirishda to‘liq talaffuz qilish, sonlarni umumlashtirgan holda – yarim, uchdan bir, chorak tarzida qo‘llash, katta iqtiboslarni keltirmaslik va ularning mazmunini hikoya qilib berish, axborotning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishni tinglovchiga sezdirish maqsadida “Endi falon narsa haqida gaplashamiz” tarzidagi kiritmalardan foydalanish lozim. Eshittirish olib boruvchilarning “yuqorida ta’kidlaganimizdek, aytib o‘tganimizdek, xabardor qilganimizdek, hikoya qilganimizdek” singari jumlalarni qo‘llash nojoiz. Chunki hikoya qilinayotgan voqealar tizimidan eshituvchi emas, faqat muallifning o‘zi xabardor bo‘lishi mumkin. Qisqa jumlalarda har safar uni (tinglovchini) voqealar ichiga olib kirishi lozim. Publitsistikada gap turlaridan, asosan qisqa, lo‘ndalikni ifodalovchi sodda gaplar ishlatiladi. Qo‘shma gaplar esa mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsatishga, u yoki bu voqea haqida yaxlit, umumiy tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Shunga ko‘ra, matbuotda chop etilayotgan materialning xususiyatiga ko‘ra u yoki bu gap turidan foydalaniladi. Reportajda jumlalarning juda ixchamligi, nutq vaziyatiga ko‘ra gap qurilishining o‘zgarib turishi kuzatiladi. Chunki reportajda bayon qilinayotgan voqealar tez-tez biri ikkinchisini almashtirib turadi. Shuning uchun, ularga ixcham jumlalar tuzish o‘rinlidir. Shuningdek, so‘z-gaplar, to‘liq siz gaplar, atov gaplar ham ishlatiladi. Radiodan beriladigan eshittirish va radioocherklar uchun, asosan, qo‘shma gaplar tuzish kerak bo‘ladi. Televideniya orqali beriladigan ko‘rsatuvlarning xiliga ko‘ra turli gap qurilishlaridan foydalanish mumkin.