Kirish va kiritmalar haqida ma’lumot publitsistik matn haqida ma’lumot


Publitsistik matn haqida ma’lumot



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü41,79 Kb.
#171213
1   2   3   4   5   6
KIRISH VA KIRITMALAR HAQIDA MA’LUMOT PUBLITSISTIK

1.2. Publitsistik matn haqida ma’lumot


Publitsistik uslub o‘zbek tili uslublari tizimida kitobiy uslub sifatida qaraladi. Unda amal qiladigan barcha me’yorlar adabiy til me’yorlari doirasida bo‘lishi taqozo etiladi. Publitsistikaga oid ayrim janrlarning so‘zlashuv jarayoni bilan bog‘liqligi unda so‘zlashuv uslubiga oid xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga ham olib keladi. Har ikki uslub xususiyatlari uyg‘unlashgan holda yuzaga chiqishidan qat’iy nazar Publitsistik uslub kitobiy uslub va so‘zlashuv uslubining etaloni sifatida omma uchun adabiy nutq namunasi vazifasini o‘taydi. Bu uslublarga bog‘liq ravishda publitsistik matnlar yozma va og‘zaki shakllarda namoyon bo‘ladi. Ammo yozma shakldan foydalanish ustunlik qiladi. Siyosiy sharhlovchilar, komentatorlar, eshittirishni olib boruvchilar, diktorlarning chiqishlari va suhbatlariga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi – qog‘ozga tushiriladi. Hech qanday tayyorgarliksiz amalga oshiriladigan, spontan nutqdan foydalanish undan keyingi o‘rinda turadi.
Ba’zi holatlarda bu ikki shakl aralash holda keladi. Siyosiy-publitsistik nutqning bu ko‘rinishidan ko‘pincha davlat rahbarlari foydalanadilar. Publitsistika tufayli, radio va televidenie tilida tez-tez murojaat qilib turilishi natijasida nutqning og‘zaki shakli faqat maishiy faoliyat doirasida qolib ketmadi, u so‘zlashuv va kitobiy nutq doirasida ham amal qila boshladi. Deyarli kitobiy vositalar qo‘llaniladigan ilm-fan, rasmiy axborot, publitsistikaga ham kirib bordi. Bu esa kitobiy va so‘zlashuv nutqini o‘zaro yaqinlashtirishga, faollashtirishga va jadallashtirishga xizmat qildi. Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, publitsistika va jurnalistika mutlaq bir uslubga xos bo‘lgan usullardan foydalanayotgan emas. Unda nutqning hozirgi o‘zbek tili keng qamrovli tizimidagi barcha – kitobiydan (ilmiy , rasmiy, publitsistik, badiiy) tortib, so‘zlashuv nutqigacha (adabiy-so‘zlashuv, muomala-maishiy, oddiy nutq) elementlari keng qo‘llanilmoqda. Publitsistik uslubning o‘zbek tili funksional uslublari tizimida tutgan o‘rni qanday va uning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat, degan savollar mazkur uslubning mohiyatini aniqlashimizga imkon beradi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz ekstralingvistik shart-sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq holda publitsistik uslub o‘z lingvistik uslubiy xususiyatlarini namoyish etadi. Bu xususiyatlar til qatlamlarining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, fonetik sathda kitobiy va so‘zlashuv elementlarini talaffuz qilishning uyg‘unligi, ohangning muayyan semantik-stilistik vazifalarni bajarishga bo‘ysundirilishi; leksik sathda ijtimoiy-siyosiy leksikani samarali qo‘llash; morfologik-so‘z yasalishi sathida ot va fe’lning kategorial shakllarini faol ishlatish; abbrevituralar, qisqartmalardan foydalanish; sintaktik sathda sintaktik qurilmalarning oddiyligi, gap qurilishining tartibligi, jumlaning mantiqiy markazi hisoblanadigan gap bo‘laklari inversiyasi, poetik sintaksis va sn elementlari kabilar mazkur uslubning lingvistik
xususiyatlaridir. O‘zbek tili FUlarida sintaktik kategoriyalarning amal qilishida ham umumiylik, ham xususiylik mavjud.
1 Bu qonuniyat publitsistik uslubga ham daxldor. Xususiylikning namoyon bo‘lishi OAVlarining janr xususiyatlariga bog‘liq. Shu ma’noda ekstralingvistik omillarga ham bog‘liq bo‘lgan holda radio, televidenie va gazeta-jurnallar tili va bayon uslubi bir-birlaridan farqlanadi. Masalan, radio nutqini olaylik. Soha tadqiqotchilarining radiojurnalistikaga oid ishlarda «uzun jumlalar, kirish va ergash gaplarga radio chiday olmaydi», «ergash qo‘shma gaplar radioning dushmani» singari fikrlarini eslaylik. Teleradio nutqida og‘zaki nutq xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, kitobiy nutq elementlari qo‘llanilishi ustunlik qiladi. Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabilar belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va shu kabilarda oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi.
Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi.2 Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlarda tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop uslub", "matbuot uslubi" kabi atamalar bilan ham nomlanadi. O‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga—til va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu uslublaming
NA. Baskakov, A. Sulaymonov, A. Shomaqsudov, G’. Abdurahmonov,
B.O'rinboev, S. Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta: so‘zlashuv, ommmabop, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e‘tirof etiladi. Ommabop uslub o‘zbek tilshunosligida filologiya fanlari nomzodi T.Qurbonov tomonidan monografik yo`nalishda o`rganilgan. Ommabop uslub imkoniyatlarining kengligi lingvistik va paralingvistik-tildan tashqaridagi omillarning mustahkam aloqadorlikda kuzatamiz. Bu uslubda yozilgan asarlaming mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ‘ ibot-tashviqot xarakterida bo`lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo`ayotgan voqeahodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy, siyosiy terminologiyaning qo`llanilishi va tilimizda me‘yorlashishga sabab boiadi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub (ilning yangi so‘z va iboralar hisobiga boyib-borishiga ko'maklashadi. Ommabop uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalaming mahsuldor qo`llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va -jargonlar qo`llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publitsistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy, siyosiy terminologiyaning qo`llanilishi bilan ilmiy uslubga o‘xshaydi. Ifodadagi qisqalik, lo‘ndalik xos.
Publisistik uslubda gazeta tilining oziga xos orni va xususiyatlari bor. Gazeta tiliga xos belgilar sifatida K.Yusupov, A.Boboyeva, A.Abdusaidov quyidagilarni korsatishgan: 1. Gazeta tili yozma adabiy tildir. U oziga xos lingvistik belgilarga ega. 2. Gazetada barcha vazifaviy uslublarga oid materiallar bosiladi. Ayrim materiallarda ular qorishiq holda keladi. Bu gazeta tilining oziga xos ususiyatlaridan hisoblanadi. Boshqa vazifaviy uslublarga doir materiallar (m., she’r, hikoya, badiiy asardan parchalar, farmon, qaror kabilar), agar gazeta materiallariga singdirilmagan bolsa, oz uslublari doirasida organilishi lozim, ya’ni u gazeta tiliga aloqador bolmaydi. 3. Gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi. Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan oz orni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi. 4. Gazeta tili badiiy, sozlashuv uslublari tiliga yaqin turadi, ilmiy, rasmiy uslublar tilidan farq qiladi. 5. Gazeta tili uchun standart (andoza) va shtamp (qolip)lardan foydalanish xarakterlidir.6. Gazeta tilining oziga xos xususiyati uning informativlik (axborot berish), tashkilotchilik, targibot va ta’sirchanlik kabi vazifalaridan kelib chiqadi. Til vositalaridan foydalanishda gazeta tiliga xos ana shu xususiyatlar hisobga olinadi. 7. Gazeta tilida ekspressivlik oziga xos tarzda ifodalanadi. Ta’sirchanlikni ta’minlashda ommaviylik, obrazlilik, emotsionallik va ekspressivlik, aniqlik va konkretlik, ixchamlik, munoza-ralilik kabilar alohida e’tiborga olinadi. 8. Gazeta janrlarida tilning imkoniyatlaridan foydalanish holati bir-biridan farq qiladi. Axborot, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda lugaviy, frazeologik, grammatik vositalarning ekspressiv-uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish oxshash va farqli tomonlarga ega. Til vositalarining uslubiy xususiyatlaridan foydalanishda turli usullar ishlatiladi. 9. Gazeta tilida adabiy tilning imloviy, lugaviy, grammatik, punktuasion va uslubiy normalariga qat’iy amal qilinadi. Adabiy normadan chetga chiqishlar (ma’lum uslubiy maqsad uchun) lavha, ocherk, tanqidiy maqola, felyetonlar tilida uchraydi. Badiiy uslubda umumiy normaga rioya qilinsa, gazeta tilida adabiy norma doirasida ish koriladi. 10. Gazeta tili adabiy tilning, xususan uning leksikasining boyishiga hissa qoshadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-maishiy turmush bilan bogliq ozgarishlar dastlab gazetada aks etadi. Natijada yangi paydo bolgan yoki boshqa tillardan kirib kelgan sozlar gazeta orqali keng iste’molga kiradi. Gazeta lugaviy birliklar, ayniqsa, terminlarni ishlatishda «ijodiy laboratoriya» vazifasini otaydi. 11. Gazeta davr bilan hamohang, jurnalistlarning mahorati tufayli neologizmlar va okkazionalizmlar kop ishlatiladigan yozma manbadir. Tilimiz leksikasidagi ozgarishlarni aks ettirishda gazeta tili badiiy uslubga qaraganda katta imkoniyatlarga ega. 12. Gazeta tili yozma adabiy til sifatida ma’lum qonun-qoidaga, normaga boysunganligi va amaldagi imlo qoidalariga asoslanganligi uchun ham yuqori savodxonlikni korsatuvchi manba hisoblanadi.



Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin