Kirish kengaytiruvchilar so’z, birikma va gap ko’rinishlarida bo’lish mumkin.
1.Farg’onada, balki, balqarsan.(A.O.) 2.Tabibning ta‘biricha, shohning sog’ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ertakdan.) 3.Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o’zi bo’lmaydi.(Samar Nuriy.) Shu sababli kirish kengaytiruvchilar kirish so’z, kirish birikma, kirish gap kabi turlarga bo’lib o’rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchilar nominativ birliklardir. Garchi ularning ayrim ko’rinishlari gap xarakterida bo’lsa-da, ularni tom ma‘nodagi gap deb bo’lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsam qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko’rinishida bo’lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborat uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda Pm shakli mavjud bo’lsa-da, unda tegishli ma‘nolar voqelanishi o’ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi shakllari va unga mos gap kengaytiruvchilari o’zgartirib ko’rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo’qoladi. Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va o’zlariga xos xususiyatlari quyidagilar:
Kirish gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so’zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, ob‘ekt kabi ma‘nolar ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma‘nosi mavjud. Grammatik shakllanganlik nuqtai nazaridan kirishlar rang-barangdir. Unda tuslangan fe‘llar ham (aytsam), tuslanmagan fe‘llar ham (shunday qilib), otlar ham (chamasi), olmoshlar ham (meningcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba‘zan qisman, ba‘zan butunlay o’z lug’aviy ma‘nosini yo’qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo’ladi. Kirish kengaytiruvchilarning barchasi o’ziga xos yagona «so’zlovchining o’z fikriga
munosabatini bildirish» umumiy ma‘nosi ostida birlashadi. Kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o’rni qat‘iy emas. Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilarni o’ziga xos lug’aviy-sintik guruhni tashkil etadi.
Kirish kengaytiruvchilar gapda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi.
Ta‘kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish.
takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta‘kidlayman, aytish kerakki;
Sub‘ektiv munosabat, his-tuyg’ularni ifodalash: baxtimizga, baxtga qarshi, uylayman, umid qilaman, o’ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma‘noda, qaysidir ma‘noda, afsuski, attang, essiz;
Fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to’g’risini aytganda, bir so’z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog’i, qisqasi, gapning indallosi. Fikrning bog’lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki a‘loqa kabilarga so’zlovchining qanday qarashini: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko’rinadiki, ma‘lum bo’ladiki, buning ustiga, odatda. Aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so’zlar: menimcha, fikrimcha, uning so’ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda.
Fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so’zlar: birinchidan, avvallo, ikkinchidan.
Kirish bo'laklar. Bular bir so'zdan iborat bo'lib, ma'lum so'z turkumi bilan bog'lanadilar. Shunga ko'ra, kirish bo'laklar quyidagi gaplarga bo'linadi: A) ot tipidagi kirish bo'laklar: chamasi, taajub, modomiki, odatda, oxiri, nazarimda, baxtimizga, baxtga qarshi, so'ziga ko'ra kabilar; B) olmosh ti pidagi kirish bo'laklar: menimcha, seningcha, uningcha; C) sifat tipidagi kirish bo'laklar: so'zsiz, to'g'ri, durust, qisqasi, tabiiy kabilar;
D) son tipidagi kirish bo'laklar: birinchidan, ikkinchidan kabilar; E) ravish tipidagi kirish bo'laklar: dastlab, oxir, nihoyat, umuman, asosan. aksincha kabilar;
F) fe’l tipidagi kirish bo'laklar: kechirasiz, bundan chiqdiki, anglashiladiki, deyman kabilar.
Kirish birikmalar. Bular birikma holida bo'lib, ularning strukturasi quyidagicha:
qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga. sening
nazaringda kabilar;
sifatlovchiii kirish biIikmalar: bir tomondan, shu jumladan kabilar; C) to'ldiruvchili kirish birikmalar: menga desa, qisqasini aytsam, to'g'risini aytgrmda kabilar;
holli kirish birikmalar: qisqacha aytganda, boshqacha aytganda, ochiq gapirganda kabilar;
aniqlovchi va to'ldiruvchili kirish birikmalar: uning so'ziga qaraganda.
sening gapingga qaraganda kabilar:
aniqlovchi va holli kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, un ing ochiq gapirishicha;
aniqlovchi, hol va to'ldiruvchili kirish birikmalar: uning ocl1iq gapirishga qaraganda.
Kirish gaplar. Ular gap shaklida bo'ladi: Yolg'iz borishga, to'g'risini aytsam, qo'rqaman.
Kiritma gapning qo’shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi uning ma‘lum gapga nutq momentida tug’ilib qolgan ehtiyojga ko’ra kutilmagan tarzda birdan kiritilishidir. Bu uni sof nutqiy xodisadek tasavvur qilishga olib keladi. Biroq so’zlovchi ongida kiritma qurilmalarni gapga kiritish ko’nikma va malakasi mavjud bo’lib, bu uning lisoniy hodisa tajallisi ekanligidan, lisonda uning nutqiy qo’llanish andozasi mavjudligidan dalolat beradi. Kiritma qurilmalarning o’rni ham gap tarkibida qat‘iydir. U asosiy fikrga qo’shimcha, ilova fikrni ifodalaganligi bois gap avvalida kela olmaydi. Chunki asosiy fikr boshlanmasdan ilova fikrni berish noo’rindir. Shuningdek, kiritma gap oxirida ham bo’lmaydi.3
Kiritma gaplarning yana bir xususiyati uning yig’iq (kesimdangina iborat) bo’lmasligidir. 1.Yalpiz (cho’l yalpizini aytgani yo’q) oshga solinadi. 2. O’sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Chunki, birinchidan, fikr qo’shimcha bo’lsa-da, u muhim, shu boisdan, odatda, uni faqat kesim bilan berishning imkoni yo’q. Ikkinchidan, kiritma bir so’z bilan berilsa, u ajratilgan bo’lakka aylanib qoladi: Onam (o’gay) meni ko’p urishardi. Bunday ko’rinishdagi ajratilgan bo’lak ba‘zi darslik va qo’llanmalarda kiritma gap sifatida talqin qilinadi.
Biroq Otam (o’gay) qazo qildi gapida o’gay birligi ajratilgan aniqlovchi (Bayroq, havo rang, hilpiramoqda gapidagi kabi). Demak, kiritma qurilmali gaplar mohiyatan qo’shma gaplarga o’xshaydi. Biroq grammatik shakl va intonatsion o’ziga xoslik ularni farqlovchi belgidir. Misol sifatida O’rmondan (u yerda yirtqich hayvonlar bor edi) bo’kirgan ovozlar eshitilardi gapini olaylik. Gap mazmunini O’rmonda yirtqich hayvonlar bor, shuning uchun u yerda bo’kirgan ovozlar eshitilardi deya tushunish mumkin. Biroq uni O’rmonda bo’kirgan ovozlar eshitilardi, u yerda yirtqich xayvonlar bor edi tarzida o’zgartirilsa, gaplardagi grammatik mustaqillik kuchayib, ular qo’shma gapni hosil qilmaydi, balki alohida sodda gaplarga aylanadi. Asarning har qanday tuzilishi, tabiiyki, muayyan qismlarning mavjud bo‘lishligi va ular ma'lum tartibda joylashtirilishi kеrak. Adabiyotshunoslikda «kompozitsiya» tеrmini bilan bir qatorda «arxitеktonika» tеrminidan ham foydalaniladi. Еvropa mе'morligiga oid bu tеrmin vositasida ijodchining ishi mе'morning ishiga o‘xshatiladi. Adabiy asarda ham, xuddi mе'moriy inshoat va/yoki imorat singari barcha unsur (qism)lar shunday joylashtirilgan bo‘lishi kеrakki, toki ulardan birontasi ham ortiqcha yohud o‘rinsiz joylashgan bo‘lmasin. Muallif matеrialidagi qismlar chеgarasi (xajmi) aniq bеlgilangan, tuzilishi qat'iy qilib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Ba'zan shunday ham bo‘ladiki,atoqli adib qalamiga mansub asarlarni tahrir qilishda muharrirni muallifning salobati bosadimi, har holda ayrim uslubiy hatolar o‘tib kеtadi. Masalan: Xo‘ja Afzal hеch nima dеyishni bilmay qoldi (“Navoiy” 263b.) Bir nеcha kundan so‘ng Navoiyning
Yaqubbеkka sovg‘a - salomlarini olib mеhmonlar jo‘nab kеtdi. Bir nеcha haftagina Navoiyning oldida tun-kun birga bo‘lib, ...
Birinchi jumladagi uslubiy xatoni ikki talqinda bartaraf qilish mumkin. Birinchi talqinga ko‘ra hеch so‘zi qisqartiriladi: Xo‘ja Afzal nima dеyishini bilmay qoldi. Ikkinchi talqin - Xo‘ja Afzal hеch nima dеyolmay qoldi. Muallifning uslubiga ko‘ra aslida hеch so‘zi o‘rnida biron so‘zi bo‘lishi kеrakka o‘xshaydi. Ya'ni: Xo‘ja Afzal biron nima dеyolmay qoldi. Muharrir bunday tuzatishni amalga oshirganda ham muallif uslubiga putur yеtmasdi, aksincha, u sayqallangan, ta'sirchan, shu bilan birga nutq egasining muayyan vaziyatdagi holatiga mos ifoda namoyon bo‘ladi, adrеsatning lol qolganlik darajasi haddan yuqoriligi ayon sеziladi. Adib yozadi: Goho shoirni, go‘yo uyqu bosgandеk, charchog‘lik egallab oladi. Yoki qalamni olib ilhomning shafaqday sof, rangorang bulutlariga o‘raladida, tog‘larda orombaxsh uyqudan tong yеllari bilan uyg‘ongan kishidеk o‘zini yеngil sеzadi.4 Mazkur parchaning ... tog‘larda orombaxsh uyqudan tong еllari bilan uyg‘ongan kishidеk .... qismiga e'tibor bеraylik. Bu qismda so‘z birikmalari bir - biri bilan munosabatga kirishida mantiqiy xatolik borligi tilshunoslik (sintaksis) nuqtai nazaridan mavjud. Lеkin, bu agar adib uslubiga xos jihat bo‘lsa, unda muharrir muallif uslubini saqlab qolish maqsadida tuzatish kiritmagan bo‘lishi ham mumkin. Ammo uslubiyat nuqtai nazaridan shular tarkibidagi sintagmalar joylashishi mantiqan to‘g‘ri emas. Agar matn ilmiy asarga oid bo‘lganda, unda muharrir bunday g‘ayri odatiy (g‘ayri ilmiy) qo‘llashni to‘g‘rilashi, bundan tashqari, matbuot matnida uchrasa ham matbuot tili ommabop bo‘lishligi tufayli o‘zgartirish talab etiladi.