MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….....2 1-BOB. ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI…………………………….. 1.1 Alisher Navoiyning “Xamsa” (“Beshlik”)……………………………………..5
1.2 “Xamsa”ning yozilish tarixi bilan tanishish…………………………………..13
2-BOB. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA QAHRAMON RUHIYATI VA RANGLAR TASVIRIDAGI IFODAVIYLIK ………………………………... 2.1.“Xamsa”dagi rivoyatlarning tartibi…………………………………………...16
2.2 Alishеr Navoiyning “Xamsa” asarida tasvirlangan antik davr olimlari………29
XULOSA………………………………………………………………………....35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..37
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Tarix hukmi shunga guvohki, xalqchil insonparvar va yuksak san’at namunasi bo‘lgan asarlargina davrlar sinovidan o‘tib, yangidan-yangi avlodlarga ma’naviyat va ma’rifat nurlarini taratib ardoqli meros sifatida qadrlanadi. Ulug‘ Alisher Navoiy yaratgan bebaho badiiy durdonalar ana shunda xushbaxt taqdirga ega. Yana shu ham haqiqatki, buyuk obidalarni bunyod etolgan umri bezagi mutafakkirlarning har bir so‘zi inson va insoniyat, hayot va jamiyat haqidagi qarashlari go‘zallik, nafosat borasida bildirgan mulohazalari qimmatli va qadrlidir. Zero ular pok qalb va ezgu niyatning, zukko aql va benazir teran shuurning ummonidan yuzaga kelgan bo‘lib, g‘oyat kuchli umumlashma xususiyatga ega. Alisher Navoiy har bir so‘zi shu bois hozir ham purma’no hurmat bo‘lib jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq bo‘lmoqda. San’at turlarini o‘zaro sintezi bizga boshqa bir san’at turining boy imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilish bizga uning keng holatdagi badiiyatini ochib beradi. She’riyatdagi vazn, buning isbotidir. Rassomchilik ya’ni rangtasvir va badiiy adabiyotning uyg‘unlashuvi ham shular jumlasidandir.
Tasviriy san’at va adabiyotning o‘zaro sintezi Sharqda avvaldanoq rivojlanganligini kuzatish mumkin. Masalan: “Zumrad va Qimmat” ertagida oq va qizil rangli sandiqlarning berilishi va ushbu ranglar orqali ezgulik va yovuzlik mazmunining ifodalanishi, yoki “Tohir va Zuhra” dostonida Tohirning sandiqda oqib kelishi shular jumlasidandir. Rassom ijodidagi rangtasvirni ko‘r – ko‘rona mushohada eta olsak, adabiyotda berilgan ranglarni mushohada eta olishlik uchun ranglarning “nedan so‘zlamoqchi” ekanligini bilish zarur. Biz yoritmoqchi bo‘lgan mavzu o‘zida ortig‘i bilan tasviriy san’at va adabiyotning oliy uyg‘unlashuvini bera olgan, Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” asaridagi ranglar jilosini ifodalashdan faqatgina ifodalabgina qolmay, ranglar ortidagi “dunyo”ni ham ochib berishdan iborat. Ayrim maqola va fikr – mulohazalar hisobga olinmaganda, o‘zbek mumtoz she’riyatida rang ramzlari va ma’nolari muammosi hali maxsus tadqiq qilingani yo‘q. Alisher Navoiy uslubiy me’rosi undan keyin yashab, ijod qilgan bir necha yirik qalam ahli uchun o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tamoqda. Lekin bu maktab faqat o‘zbek yoxud turkiylar uchungina emas, balki bani bashar ichidan yetishib chiqqan so‘z daholaridan tortib o‘ziga yarasha “tab’i nazmi” bor shaxslarga ham taalluqlidir. Abdulla Oripov aytganidek, “Agar shunday deyish joiz bo‘lsa, tub xususiyatlari bilan ulug‘ shoir asarlarining “qon gruppasi” umuminsoniy. Uni alohida bir xalq yoxud bir necha millatga nisbat berish, ochig‘i xato, u yer kurrasidagi barchaning ma’naviy-ruhiy hayotga daxldordir”.
Navoiy asarlari bag‘rida jo bo‘lgan milliy va umuminsoniy qarashlar, fikrlar har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi, bemisl mahorat natijasi o‘laroq tarkib topgan go‘zal shakli shu qadar jozibali, hayratlanarli. Ularni o‘qigan kishi, agar tom ma’noda uni tushunish, anglash baxtiga musharraf bo‘lsa shoirning ulug‘ donishmandligi oldida lol qolsa, yozmishlari badiiyati, ularning nafosati qarshisida dong qotadi. Shuning uchun adib asarlarning mazmuni, g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne chog‘liq dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur.