MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA XAMKORLIGINING
TA’LIM TARBIYADAGI AXAMIYATI
Maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedra o‘qituvchisi Norqo‘zieva M.A
1-kurs talabasi Abdunazarova
Sitora Baxtiyor qizi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan oila
hamkorligi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, ularni pedagogik-
psixologik bilimlar bilan qurollantirish mazmuni yoritilgan.
Аннотация:
В статье раскрыто содержание сотрудничества семьи с
дошкольными образовательными организациями, повышение родительской
ответственности в воспитании детей, оснащение их педагогическими и
психологическими знаниями.
Annotation:
The article reveals the content of family cooperation with preschool
educational organizations, increasing parental responsibility in raising children,
equipping them with pedagogical and psychological knowledge.
Kalit so’zlar:
Oila,tarbiya, ota-ona mas`uliyati, oilaviy muhit,axloq,odob,
insoniy munosabatlar, mehr-u oqibat, farzand tarbiyasi,jamiyat,ma’naviy
muhit,pedagogik tizim,pedagogik madaniyat
Klyuchevыe slova:
semya, vospitanie, roditelskaya otvetstvennost, semeynoe
okrujenie, etika, nravы, chelovecheskie otnosheniya, dobrota, vospitanie detey,
obщestvo, duxovnaya sreda, pedagogicheskaya sistema, pedagogicheskaya kultura.
Key words:
family, upbringing, parental responsibility, family environment,
ethics, morals, human relations, kindness, raising children, society, spiritual
environment, pedagogical system, pedagogical culture
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va
qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan
ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-
e’tibori
va
himoyasida
bo‘lib
kelmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida oila masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Konstitutsiyamizda:
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidur hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo‘lish huquqiga ega”, deb yozilgan.
Oila –Muqaddas dargoh. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev
ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni
bu – oiladir”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy
burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha
xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini
ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiyasiga
nafaqat oila, ta’lim-tarbiya muassasalari balki mahalla ham ma’suldir. Chunki,
farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega.
Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida
voyaga yetishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan
sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning
muqaddas burchimizdir.
Bugungi kunda barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini
oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish eng dolzarb
masalasi hisoblanadi.O`zbek, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi
haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya tizimi ham
oila, ham maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bola
tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri
ikkinchisini to`ldiradi.Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom
muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p
xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin.
Bolani jismonan, ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va
maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi.
Shuning uchun xar bir oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-
onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur
bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil
qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar
aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar uchun tegishli maslahatlar,
tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim bolalarning ota-onalari bilan
alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar beriladi. Masalan: nutqida,
jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni faqat tarbiyachining
harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, maktabgacha
ta’lim tashkilotidagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi
kerak.
Ta‘lim tizimining demokratlashuvi, innovatsion dasturlar maktabgacha ta’lim
tashkilotining ham oila bilan o’zaro hamkorligi muammosini hal etish,
Barkamol farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarning pedagogik madaniyatini
oshirish sharoitlarini yuzaga keltirish yo’llarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib
chiqarmoqda. Bu o’rinda esa maktabgacha ta’lim tashkiloti tomnidan oila bilan
bog’liq bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda .Bular quyidagi jadvalda aks
etgan
Tadqiqotchilarning fikricha maktabgacha ta’lim va oila o’rtasidagi xamkorik
faoliyati jarayonida ota –onalarning farzand tarbiyasiga oid bo’lgan ba’zi bir
kamchiliklari ko’zga tashlanib qolmoqda. Bular:
ota-onalarning ta’limga bo’lgan ehtiyojlari va ularni qondirishning
imkoniyatini mavjud emasligi;
—ota-onalarda pedagogik madaniyat darajasining pastligi va bolani
tarbiyalashda psixologiya asoslarini bilmasliklari hamda ba’zi bir
maktabgacha ta’lim tashkilotilarida ta‘lim tizimining talab darajasida
emasligidir.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila o’rtasidagi xamkolik
faoliyatida bolalarning hayot tarzi va ijtimoiy muhit bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir
kamchililarni bartaraf etish, xamda ularni jamoada va jamiyat xayotida o’z o’rnini
topishlari bevosita ota- onaga, oilaviy muhitga xam bog’liqdir. Bu jarayonda esa
oila bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bolalarni tarbiyalash va
o’qitishdagi ham fikrlilik qilishlari, ular bilan doimiy aloqa o’rnatishlari,
tarbiyachilar bilan o’zaro muloqotda bo’lishlari tavsiya etiladi.Maktabgacha ta’lim
tashkilotini oila bilan bevosita bog‘lovchi vosita – bu bolalarimiz hisoblanadi.
Bolajonlarimiz bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish,
ijtimoiy faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko‘rsatish usullarini
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |