3.Diqqatni diagnostika qilish metodlari. (P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali) Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Psixologiya bo‘yicha mavjud o‘quv qo‘llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‘rgani metod va metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986).
Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat.
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o‘tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‘z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi.
Bolalarni psixologik tekshiruvda chet el va sobiq ittifoq psixologlari foydalangan an'anaviy metodikalarni ko‘rib chiqamiz.
SEGEN DOSKASI Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi.