Akt xonasi o’ziga quyidagilarni oladi


Sanitar-gigienik talablar



Yüklə 64,17 Kb.
səhifə2/5
tarix15.10.2023
ölçüsü64,17 Kb.
#156022
1   2   3   4   5
6-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari honasini jihozlashga qoyiladigan talablar va unda mashg’ulotlarni tashkil etish boyicha metodik tavsiyalar

Sanitar-gigienik talablar;

  • Informatika va axborot texnologiyalari xonasi sanitar-epidemologik talablarga bo’ysunishi lozim.

  • Sanitar-epidemiologik qoida va me’yorlari: «Shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari va ularda ishlashni tashkil etishning gigienik talablari»

IHT va AKT xonalariga talablar:

  • Kompyuterli xonalar erto’la va binoning qavat yo’laklarida bo’lishi mumkin emas. Lekin ixtiyoriy etajdagi ixtiyoriy xonada joylashishi mumkin. Uning yonida shovqin–suronli xonalar bo’lmasligi kerak.

  • Bir ishchi joyiga kamida 6 m2 maydon va 4 metrli balandilikdagi xonaning 24 m3 hajmiga ega bo’lishi kerak. Agar xonani balandligi 4 metrdan kam bo’lsa, u holda ishchi joyining maydonini ko’patirish taklif etiladi.

  • Polning yuzasi tekis, tozalash va ho’l latta bilan artishga qulay, hamda antiseptik xususiyatga ega bo’lishi lozim.

  • Xonada kamida 18 m2 maydonlik va ikki eshiklik laborant xonasi bo’lishi lozim.

  • Laborant xonasi (130 x 75) o’lchamlik ishchi stoli va seyf bilan jihozlangan bo’lishi kerak.

  • AKT o’quv xonalari tabiiy va sun’iy yoritishga ega bo’lishi kerak.

  • Xona devorlarini bo’yash uchun och-yashil, och-ko’k, och-kulrang tonlarni olish mumkin. Shuningdek devorlarni och sariq yoki och-fil suyagi ranglarini tanlash mumkin

  • O’quvchilar uchun ishchi o’rinlar sinfni to’latishga bog’liq ravishda 9, 12, 15 bulishi mumkin.

  • O’quvchilarning va o’qituvchining stoliga ulangan elektr quvvatlari statsionar va ko’rinmas bo’lishi kerak. Elektr shiti o’qituvchiga bir onda elektr manbasini o’chirishga imkoniyat beradigan bo’lishi lozim.

  • ShK va boshqa texnikalarni elektr tarmog’iga faqat erga ulangan rozetkalarga ulash talab etiladi.

AKT xonasini quyidagilar bilan jihozlash taklif etiladi:

  • Informatika va o’quv predmetlarining alohida bo’limlarini o’rganish uchun o’quv dsturlari to’plami ;

  • ShK orqali o’qitishda individual yondashuvni amalga oshirish, mustaqil ishlarni va mashqlarni tashkil etish uchun vazifalar;

  • O’quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, ma’lumotnomalik adabiyotlar komplekti;

  • Texnika xavfsizligi bo’yicha o’quvchilarni kirish va davriy instruktsiya qiladigan jurnali;

  • Har bir ishchi o’rinda KT foydalanish jurnali;

  • Mashinalarni buzulishi va ta’mirlash jurnali;

  • Namoyish etiladigan jadaval va o’quvchilarning ishlarini ko’rsatish uchun o’quv-axborotli stendlar;

  • Birinchi yordam aptechkasi;

  • Yong’inni o’chirish vositasi (yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun xonada 2 ta uglekislotali OU-2 turdagi olov uchirgich bo’lishi kerak);

  • Xonadagi jihozlarni ruyxati.


Yüklə 64,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin