Aktiv o‘tkazuvchanlik, induktiv va sig‘im elеmеntlari parallеl ulangan zanjirlarda tok va kuchlanishlar



Yüklə 44 Kb.
səhifə1/3
tarix01.01.2022
ölçüsü44 Kb.
#50624
  1   2   3
15-m Aktiv o‘tkazuvchanlik, induktiv va sig‘im elеmеntlari parallеl


Aktiv o‘tkazuvchanlik, induktiv va sig‘im elеmеntlari parallеl
ulangan zanjirlarda tok va kuchlanishlar.

Barcha o’tkazgichlar ikki guruhga bo’linadi:

1) elektron o’tkazgichlar (metall va yarimo’tkazgichlar).

2) ion o’tkazgichlar (elektrolitlar).

Metallar va yarimo’tkazgichlar orqali elektr toki o’tganda hech qanday kimyoviy o’zgarish sodir bo’lmaydi. Shuning uchun ular bir xil o’tkazgichlar jumlasiga kiradi. Elektrolitlar (ya’ni ikkinchi xil o’tkazuvchilar) orqali elektr toki o’tganda albatta, kimyoviy o’zgarish sodir bo’ladi.

Birinchi xil o’tkazgichlarda elektr toki ionlar oqimidan iborat bo’ladi.

Elektrolitlar orqali tok o’tganda ionlar harakat qiladi.

Moddaning elektr o’tkazuvchanligi deganda, uning qarshiligiga teskari qiymat tushuniladi. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik solishtirma qarshilikka teskari qiymatdir.

Bu yerda: R=1/S

R - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik;

S - solishtirma qarshilik.

Birinchi xil o’tkazuvchilarning elektr o’tkazuvchanligi harorat ko’tarilganda kamayadi. O’tkazgichning qarshiligi (R) jismning uzunligiga to’g’ri, ko’ndalang kesim yuzasiga teskari proporsional bo’ladi.

bu yerda, p - solishtirma qarshilik

S – ko’ndalang kesimi 1 sm2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi uning solishtirma qarshiligi deb ataladi.

Yuqorida ko’rsatilgan tenglamaga qarshilikka teskari ya’ni o’tkazuvchanlik ko’rsatkichini kiritish mumkin. Bunda tanglama quyidagicha ifodalanadi:



Bu yerda: K – o’tkazuvchanlik (om-1 hisobida ifodalanadi).

Agar yuqoridagi formulada 1/p o’rniga solishtirma elektr o’tkazuvchanlik K qo’yilsa, yoki formula kelib chiqadi.

Bu formuladagi I/S = c idishning qarshilik sig’imi deb yuritiladi.

I - elektrodlararo masofa

S - elektrod sirti.

Bir-biridan 1 sm masofada turgan va har birining sirti 1 sm2 ga teng bo’lgan ikki parallel elektrod orasiga joylashgan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi ayni elektrolit eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligidir. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik om-1 . sm-1 bilan ifodalanadi.

Bir gramm ekvivalent modda uchun hisoblangan elektr o’tkazuvchanlik o’sha moddaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi deyiladi.

Metallarning elektr o’tkazuvchanligi harorat ortishi bilan kamayadi, harorat pasayishi bilan ortadi, nihoyat absolyut nolga yaqin haroratda metallarning elektr o’tkazuvchanligi cheksiz katta qiymatga erishadi, metall o’ta o’tkazuvchan bo’lib qoladi. Hamma metallar elektrni bir hilda o’tkazavermaydi. Kumush eng yaxshi o’tkazadi. Vismut juda yomon o’tkazadi.

Kumushning 0 dagi elektr o’tkazuvchanligi 66,7.104-1 om.sm-1, misniki 64,5.104 om-1.sm-1, litiyniki 11,8.104 om-1.sm-1, berilliyniki 18.104 om-1.sm-2, alyuminiyniki 40.104 om-1.sm-1, vismutniki 0,9.104 om.sm-1.

Shunga asoslanib metallarni elektr o’tkazuvchanligiga ko’ra quyidagi qatorga terish mumkin.


Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin