Ag, Cu, Au, Cr, Al, Mg, Na, Zr, W, Be, Li, Fe...Ng, Bi
Metall begona moddalar qo’shimchasidan tozalanganida, uning elektr o’tkazuvchanligi ortadi.
Kolraush qonuni
Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi haroratga, ionlar konsentratsiyasiga, erituvchining xiliga va ionlar tezligiga bog’liq. Kolraush eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini batafsil tekshirib.
., ularning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi o’zgarmas haroratda cheksiz suyultirilgan eritmada o’lchansa, ionlar tezligigagina bog’liq ekanligini ko’rsatdi.
Kolraush tarkibida o’xshash ionlar bo’lgan elektrolit eritmalarning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini solishtirib ko’rib, tubandagi qonunni topdi: ayni ionning elektr o’tkazuvchanligi elektrolit tarkibida shu ion qanday ion bilan birikkanligiga bog’liq emas, eritma cheksiz suyultirilganda elekgrolitning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi anion va kation harakatchanligining yig’indisiga teng. Kolraush qonuni quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Ionlarning harakatchanligi ularning absolyut tezligiga proporsional bo’ladi:
Ia = FUa ; Ik = FUk
Bu yerda: F = 96500 Kulon
Uk - kation tezligi
Ua - anion tezligi
Endi Kolraush qonunini tubandagicha yozish mumkin:
λ∞=F(Uk*Ua)
Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi nazariy jihatdan ham ahamiyatga ega. Elektr o’tkazuvchanlikdan foydalanib, bir qancha amaliy misollarni hal qilish mumkin. Chunonchi, oz eriydigan tuzlarning eruvchanligini aniqlash, gidroliz darajasini hisoblash kabi muhim masalalar elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash bilan tez hal bo’ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida ko’p mahsulotlar ayniqsa xomashyolarni kislota yoki ishqorlar bilan sinab ko’rish kerak bo’ladi. Lekin bunday hollarda ba’zan kimyoviy titrlash usullaridan foydalanish qiyin, chunki eritma loyqa bo’lganidan indikator tiniq rangni ko’rsatmaydi. Ana shunday hollarda eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchab, to’gri natija olish mumkin. H+ va OH- ionlar elektr maydonida hamma ionlarga qaraganda tez harakat qiladi. Shuning uchun ham kislota va asos eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularga muvofiq keladigan tuzlarnikidan ortiq bo’ladi.
Bu konduktometrik titrlashdir.
Dostları ilə paylaş: |