"Al-Azkor"dan, al-faqih an-Navaviy Birinchi hadis



Yüklə 19,32 Kb.
səhifə5/7
tarix30.07.2023
ölçüsü19,32 Kb.
#138013
1   2   3   4   5   6   7
Islomning o‘zagi bo‘lgan 30ta hadislar to\'plami

Yigirma birinchi hadis. 
Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doratsutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.
Yigirma ikkinchi hadis. 
Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

Yüklə 19,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin