Al-хоrazmiy nоmidagi urganch davlat universiteti milliy g’оya, ma’naviyat asоslari va huquq ta’limi”



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix18.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#88616
1   2   3   4   5   6



O’
RGANISHDAN
 
MAQSAD
. 

Ma’lumki insoniyat o’zining qadimgi tarixiga xamma 
vaqt qiziqish bilan qaraydi. Bu davrni biz qadimgi 
davr deb ataymiz. Bu davrda yashagan xalqlar o’z tili 
madaniyatiga ega bo’lgan Mavzuni o’rganishdan 
maqsad ushbu mavzuda o’zbek xalqining qadimgi va 
o’rta asrlardagi madanoyati , ma’naviyati, milliy 
fazilatlari , urf odatlari an’analari va asrlar davomida 
qon-qoniga singib ketgan turmush tarzi , ma’naviyati 
masalalari va ularning qay darajada madaniyatli 
ekanligini o’rganish zarurati dolzarb mavzu 
hisoblanadi. Navoiy ham bunga alohida e’tibor 
qaratgan. Prezidentimiz ta’rifiga ko’ra tarixni
bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin 
emasligini tushunish va tushuntirish lozim. 
Wed
n
es
da
y, 
M
ay
3
0, 
2018




Alisher 
Navoiy 
(taxalluslari; 
asl 
ismi 
Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot — 
1501.3.1) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, 
davlat 
arbobi. 
Alisher Navoiyning ota tomondan bobosya 
Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan 
ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik 
Umar Shayx va Shohruxning xizmatida 
bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa 
Abulqosim 
Boburning 
yaqinlaridan; 
mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. 
Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan 
Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher 
Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining 
so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. 




U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak 
podshoh Husayn Boyqaro bilan birga 
tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, 
tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi 
she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek 
tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham 
mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda 
mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, 
taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash 
boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni 
Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga 
majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o‘z 
tinchligini ko‘zlab, Iroqqa ko‘chishdi 
(1449).




Taf shahrida Alisher mashhur «Zafarnoma» tarixiy 
asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan 
uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot 
qoldiradi. G‘iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb 
ikki yil muddat o‘tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur 
G‘iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib 
tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o‘qishni davom 
ettirdi. Alisher Navoiy she’riyatga g‘oyat qiziqdi, 
Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti 
bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan 
edi. Tog‘alari Mirsaid — Kobuliy, Muhammad Ali — 
G‘aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida 
shoirlar tez-tez to‘planishib, mushoira qilishar, 
adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar. 




Alisher Navoiy 10—12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. 
Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher 
Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono 
Lutfiy, uning: 

Orazin yopqoch, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh, 
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh. 

matla’li g‘azalini tinglab: «Agar muyassar bo‘lsa edi, 
o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu 
g‘azalga almashtirardim...» degan. Alisher Navoiy 15 
yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiy 
(Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) 
tillarida yozgan. 
10 



Alisher Navoiy 13—14 yoshlarida otasi hayotdan ko‘z 
yumadi. Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga oladi, 
katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat e’zozlaydi. 1456 yil 
oktabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga 
ko‘chiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, o‘z 
xizmatida bo‘lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga 
olib ketadi. 1457 yilning bahorida to‘satdan 
Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy 
uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og‘ir 
judolik bo‘ldi. U Mashhad madrasalaridan birida 
o‘qishini davom ettiradi. Do‘sti Husayn Boyqaro esa 
Marv va Chorjo‘y tomonlarga omad qidirib ketadi. 
Xurosonni 
temuriylarning 
yana 
bir 
vakili, 
Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va 
poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko‘chiradi. 
11 



Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo‘lidagi birinchi 
raqibi — Abu Sayd edi. Alisher Navoiy oilasining 
xohish-rag‘bati Husayn tomonda bo‘lib, bu avvalo 
ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan 
yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O‘rtadagi bu 
vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan. 
Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha 
sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o‘z 
yurtini sog‘inib yozgan g‘azallari talaygina. Orada, 
xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib ham 
turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. 
Biroq bu yerda ahvol o‘zgargan, shahar xarobaga 
aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z 
tartibini o‘rnatgan, muhim vazifalarga u bilan 
Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, 
Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg‘in qilingan, 
Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog‘alari — 
Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo‘lgan, 
yashash uchun biron joy topish muammo edi.
12 



Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning 
keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherta 
Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda 
nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu 
vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher 
Navoiyni Abu Sayd ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib 
yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. 
Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning 
bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida 
o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada 
chuqurlashtirdi. Samarqandning ko‘zga ko‘ringan 
shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono 
Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo‘y 
Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va 
boshqa bilan hamsuhbat bo‘ldi va do‘stlashdi 
13 



Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi 
Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun 
hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini 
ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka 
qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini 
suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, 
ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. Sulton 
Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy 
hukumatda bosh vazir vazifasini egallagantshllarda 
hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib 
borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va 
san’atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning 
faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal 
etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy 
qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda 
bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning 
manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini 
qurishga alohida e’tibor berish oldingi uringa chiqa 
boshladi. 
14 



Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher 
Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning 
boshqa shaharlarida bir necha Madrasa, 40 ta rabot, 17 
masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin 
hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi 
«Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi, 
«Shifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga 
mo‘ljallangan «Dorul-huffoz» binosi, Mar-vdagi «Xusraviya» 
madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-huffoz» xayriya binosi va 
boshqa noyob me’morlik yodgorliklari bor. Bu davrda 
Hirotda adabiy hayot jo‘sh urgan. Alisher Navoiy atrofida 
Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar, 
Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy, 
Shohquli G‘ijjakiy kabi o‘nlab sozandalar, Mirxond, 
Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil 
Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, 
Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur 
kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg‘in ijodiy mehnat 
bilan band edilar. 
15 



Hirotda, umuman Xuroson mul-kida ma’naviy 
hayotning baquvvat ustunlaridan Abdurahmon Jomiy 
bilan Alisher Navoiy o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik — 
ustoz-shogirdlik ko‘p masalalarda hamfikrlilikka olib 
keldi. Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi dastlabki yirik 
asarlaridan «Hiloliya» qasidasi Sulton Husayn 
Boyqaroga bag‘ishlangan bo‘lsa, forsiy tildagi birinchi 
yirik asari «Tuhfat ul-afkor» (1476) qasidasi Jomiyga 
bag‘ishlangan 
edi. 
1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o‘zining 
o‘zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni — 
«Badoe’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi. 
Mazkur devonda 777 g‘azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 
qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug‘z, 3 mustazod, 5 
muxammas, 3 tar-je’band, 2 musaddas bo‘lib, bunday 
mukammal devonni tuzish Navoiygacha kamdan-kam 
o‘zbek shoiriga nasib bo‘lgan. Alisher Navoiy «Badoe’ 
ul-bidoya» tuzilgandan keyingi davrda yozilgan 
o‘zbekcha she’rlari asosida 1480 yillarning oxirida 
«Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklar») devonini 
tuzdi. 
16 



1841 — 82 yillarda Alisher Navoiy «Chixl hadis» 
(«Qirq hadis» yoki «Arbain») asarini yozadi. Bunda 
Muhammad payg‘ambar(sav) ning qirq hadisi to‘rtlik 
bilan she’riy ifodalab berilgan. 
Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy 
janrlardan g‘azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga 
qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373 
muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli 
1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus 
«Mufradot» asarini yaratdi. 
Alisher Navoiyda o‘zbek tilida «Xamsa» — besh doston 
yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini 
1483—85 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek 
adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon 
adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. 
17 



«Xamsa»dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar 
yaratdi. 1485 yil uzining mashhur «Nazm ul-javohir» 
asarini yozdi, bunda birinchi xalifalardan bo‘lmish 
Hazrat Alining 266 ta hik-matli gapi ruboyi tarona 
(to‘rt misrasi ham qofiyalangan) shaklida bayon 
etilgan. O‘sha Davr kitobxonlari, shu jumladan, 
tarixchi Xondamir bu asarni g‘oyat yuksak baholagan. 
Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg‘or 
qarashlari, uning obro‘-e’tibori xalq orasida tobora 
ortib borishi o‘z manfaatlarini ko‘zlagan saroy 
a’yonlari orasida norozilik tug‘dirdi. Ular shoir bilan 
podsho orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487 
yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni vazifasidan 
bo‘shatadi, bosh vazir vazifasini Muhammad 
Majdiddin egallaydi. 
18 



Navoiy esa Astrobodga hokim qilib tayinlanadi. 
Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrobod 
shahri va viloyati obodonlashib, qo‘shni davlatlar bilan 
yaxshi munosabatlar o‘rnatiladi, savdo ishlari yo‘lga 
qo‘yiladi. Alisher Navoiy Astrobodda ham ko‘p yangi 
she’rlar yozgan, Hirotdagi yor-do‘stlariga maktublar 
yo‘llab 
turgan. 
Uning 
Astroboddan 
Husayn 
Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamonta yozgan 
maktubini davlatni boshqarish haqidagi risola, deyish 
mumkin. 
Alisher Navoiy doim Husayn Boyqaroni adolatli va 
ma’rifatli hukmdor qiyofasida ko‘rish orzusi bilan 
yashadi. Astroboddan Husayn Boyqaroga va boshqa 
amaldorlarga yozgan maktublarida ularni insof va 
adolatga chaqirar, davlat idora usulida mustahkam 
tartib o‘rnatish va ayrim islohotlar o‘tkazishga undar 
edi. Lekin Alisher Navoiyning istaklari to‘la amalga 
oshishi qiyin edi.
19 



Astrabodda Navoiy bilan Husayn Boyqaro 
munosabatlariga putur yetkazuvchi gaplar yuzaga 
kelgach, podshoh Alisher Navoiyning Hirotga 
qaytishiga ruxsat beradi. Husayn Boyqaro Navoiyga 
bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qiladi. Alisher 
Navoiy rozi bo‘lmagach, unga «Muqarrabi hazrati 
sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») 
degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning 
hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan 
ko‘rishish imkoniga ham ega bo‘lar edi. Binobarin, 
saroy amaldorlari, shu jumladan, Muhammad 
Majdiddin ham har bir muhim masalani ko‘p vaqt u 
bilan kelishishga majbur edi 
20 



Navoiy o‘zbek tilida she’riyat nazariyasi, aniq-rog‘i, 
aruz vazni qoidalari haqida «Mezon ul-avzon» 
(«Vaznlar o‘lchovi») ilmiy qo‘llanmasini yaratdi. 1494 
yilda turkiy tildagi maktublarini to‘plab «Munshaot» 
(«Maktublar») majmuasini tuzdi. 1495 yil Jomiyning 
«Nafahot ul-uns» asarini «Nasoyim ul-muhabbat» 
(«Muhabbat shabadalari») nomi bilan tarjima qilib, uni 
qayta ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma’-
lumotlar bilan boyitdi. Shu boisdan «Nasoyim ul-
muhabbat»ga Alisher Navoiy ning mustaqil asari 
sifatida 
qarash 
mumkin. 
Alisher Navoiy 1491—92 yillardan boshlab turkiy tilda 
yozilgan hamma she’rlaridan yangi, yig‘ma devon 
tuzishga kirishdi va bu ish 1498—99 yilda nihoyasiga 
yetdi. 
21 



Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-maoniy» 
(«Ma’nolar xazinasi») bo‘lib, 4 qismdan iborat 
bo‘lganligi uchun «Chor devon» deb ham atalgan. 
Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan 
she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiy ning 
barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-
umidlari ifodalab berilgan. Taxminan shu yillarda 
Alisher Navoiy forsiy she’rlaridan tashkil topgan 
«Devoni Foniy» («Foniy devoni»)ni, forsiy tildagi 2 
qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she’riyat taraq-
qiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 
Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko‘pchillikni tashkil 
etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda 
ham samarali ijod qilgani mamlakat ma’naviy 
ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi. 
22 



1490 yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatda ijtimoiy-
siyosiy tanglik kuchaya boshlaydi. Temuriylar xonadonida 
hukmdor o‘g‘illari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar esa 
bu tanglikni yanada kuchaytiradi. Har bir shahzodaning 
o‘z tarafdorlari bo‘lib, ularni murosaga keltirish ko‘p vaqt 
Alisher Navoiy zimmasiga tushar edi. Bosh vazir 
Nizomulmulk esa 1496—97 yillarda bu oilaviy 
mojarolarda bir tomonlama harakat qilib, Muzaffar 
Mirzonkt onasi — Xadicha begimga yon bosadi. Shu 
asosda Husayn Boyqaro bilan Astrobodda hokimlik 
qilayotgan Badiuzzamon o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz 
berdi. Saroydagi fitna, jumladan, Nizomulmulkning 
qabihligi natijasida Badiuzzamonning o‘g‘li, Husayn 
Boyqaroning eng sevimli nabirasi, Navoiyning esa ixlos 
qo‘ygan shogirdi Mo‘min Mirzo fojiali o‘ldiriladi. Bular 
hammasi Alisher Navoiy hayoti va kayfiyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
23 



Alisher Navoiyning she’riy dahosi 15-asr oxirlariga 
kelib yana jo‘sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar 
— «Lison ut-tayr» («Qushlar tili») dostonini va 
«Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») 
nomli ilmiy asarini yaratdi. Alisher Navoiyning 
so‘nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma 
yusinida 
yozilgan 
«Mahbubul-qulub» 
(«Qalblar 
sevgani»)dir. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx 
Sa’diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma», 
Nizomiy Aruzi Samarqandiyning «Chor maqola» kabi 
asarlari qatorida turadi. Bu asarida Alisher Navoiy 
o‘zining hayot yo‘lini, boshidan kechirgan turmush 
mashaqqatlarini 
yorqin 
tasvirlab 
bergan. 
24 



Zotan o‘zbek she’riyatida inson dardi va hasratlarini, o‘z 
sevgilisiga talpinishlarini Navoiydan o‘tkazib ifodalagan 
shoirni topish qiyin. Alisher Navoiy ning ishqiy mavzuda 
yozgan she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 
shundaki, ulardagi ko‘p g‘oya va timsollar, tasviriy detallar 
an’anaviy xarakterga ega. Shu bilan birga ishq va ishqiy 
obrazlar talqinida ham boshqa mumtoz ijodkorlar kabi 
Alisher Navoiy ramziylikka ko‘p o‘rin beradi. «Yor» — bu 
dunyo go‘zaligina emas, uningcha, bu — butun borliqni 
yaratgan va hamma narsani harakatga keltirib turgan 
Alloh hamdir. Shoir o‘zining tasavvufiy she’rlarida yorning 
qoshi, ko‘zi, zulfi, sochi (va h.k.) deganda Allohning kuch-
qudrati, mehri, oliy darajadagi go‘zalliklarini ko‘zda tutadi. 
Alisher Navoiyning barcha lirik janrlarga oid she’rlari 
yuksak mahorat bilan yozilgan bo‘lib, inson manfaatlariga, 
uning e’tiqodini mustahkamlashga, ruhini 
sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Uning falsafiy, axloqiy 
mazmundagi hayot nafasi ufurib turgan har bir she’ri bu 
janrning o‘lmas namunalaridir (yana q. «Xazoyin ul-
maoiiy»). 
25 



Ulug‘ shoir ijodining shoh asari «Xamsa» 5 dostondan 
iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»), 
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi 
sayyor» («Yetti sayyora»), «Saddi Iskandariy» 
(«Iskandar devo-ri») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi 
xamsachilikka javob sifatida o‘zbek tilida birinchi 
marotaba yaratilgan Alisher Navoiy «Xamsa»si bu 
tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52 
ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom 
tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, 
axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi. 
Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav, 
Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan 
chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar 
hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona 
ruh 
kiritdi. 
Davrning 
dardli 
masalalarini, 
avlodlarning orzu va armonlarini ko‘tarib chiqdi 
26 



Alisher Navoiyning katta adabiy va tarixiy 
ahamiyatga ega «Munshaot» asari uning turkiy tilda 
o‘z zamondoshlari — podshohlar va shahzodalar, ilm 
va adabiyot axdlari bilan olib borgan yozishmalari 
majmuidan iborat, maktub janrining mukammal 
namunalari sanaladi. Maktublarning miqdori turli 
qo‘lyozmalarda turlicha, bir-birini to‘ldiradi. Alisher 
Navoiy o‘zining forsiy maktublarini ham yig‘ib, 
«Munshaot» tuzgan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan. 
Alisher Navoiyning eng muhim asarlaridan biri 
«Vaqfiya» bo‘lib, bir qarashda, shoir va buyuk davlat 
arbobining o‘zi kurgan imoratlariga vaqfi, ya’ni 
rasmiy hujjatidek ko‘rinsa ham, aslida unda Sulton 
Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher 
Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o‘rni, uning 
tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari 
katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan.
27 



Alisher Navoiy asarlari o‘nlab xalqlarning tillariga 
tarjima bo‘lgan. Mac. «Majolis un-nafois» 16-asrdayoq 
fors tiliga Faxriy bin Sulton Muhammad Amiriy, 
Muhammad Qazviniy va Shohali Abduali Nishopuriy 
tomonidan 3 marta tarjima qilingan. Alisher 
Navoiyning boshqa tillarga tarjima qilingan dastlabki 
badiiy asari «Sab’ai sayyor» bo‘ldi. Xristofor 
Armaniyning 1557 yilda italyan tilida nashr etilgan 
«Sarandib shohi uch o‘g‘lonining ziyorati» asarida 
Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi 
qoliplovchi hikoyasi — «Bahrom va Dilorom» hikoya 
qilinadi. Bu asar nemis, frantsuz va golland tillariga 
tarjima qilinib, 11 marta nashr etilgan. 
Wed
n
es
da
y, 
M
ay
3
0, 
2018
28 


X
ULOSA

Buyuk mutafakkir tilshunos olim, zullisonayn 
ijodkor so’z mulkining sultoni bobokalonimiz 
Alisher Navoiy ma’naviyat masalasiga katta 
e’tibor qaratgan. Milliy g’oyamizning tarkibiy 
qismiga kiruvchi “komil inson” g’oyasini Farxod 
obrazida talqin qilib hamsashunoslikda ham tub 
burilish yasagan. Uning qahramoni Farxod yovuz 
dev, ajdarlar bilan kurashgan. Aslida ular inson 
kamolotining kushandasi bo’lgan nafs, ochko’zlik, 
tarbiyasizlik va savodsizlik edi. Alisher Navoiy 
chin ma’noda ma’naviyat, o’zbek xalqining 
kuychisi edi desak mubolag’a bo’lmaydi.Uning 
asarlaridagi ma’naviyat masalasini o’rganish, 
tatbiq etish dolzarb masalalardan bo’lib qoladi.
Wed
n
es
da
y, 
M
ay
3
0, 
2018

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin