Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə193/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Argumentlarni rad etish.

Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.

  1. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.

Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llanadi.
Isbotlash va rad etish qoidalari, ular buzilganda kelib chiquvchi xatolar
Tezisga aloqador qoidalar:

  1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi.

  2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. Argumentlarga nisbatan qoidalar:

  1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim.

  2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak.

  3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim.

Isbotlash usulining qoidasi:
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi va ular uch turga bo‘linadi:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin