Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


XX asrda borliqqa munosabat



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə37/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o‘zagini insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas.
SHopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‘z-o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana tariflar va tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.
Fridrix Nitsshe (1844-1900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Evropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir. Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va tenglikni elon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan tasir ko‘rsatdi.
Borliqning tarixiy konsepsiyasi. XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi talimot shakllandi. Unga ko‘ra, ijtimoiy borliq individning borlig‘iga nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu davrda jamiyatga fizik borliqqa o‘xshash borliq sifatida qaralgan. Ayni shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga o‘xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo‘ysunishiga bu davr mutafakkirlarining ishonchi komil bo‘lgan. Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tarixi bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga ko‘ra, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘z-o‘zidan murakkablashishga qodir bo‘lgan o‘ziga xos borliq. Evolyusionizm talimotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga o‘xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o‘zgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o‘sish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. So‘nggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo‘l bilan o‘tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil o‘sib etiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil o‘sib etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to‘qnashib, burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega bo‘lgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni o‘z ichiga oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi tarixiy voqelikda o‘zini oqlamadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin