Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Potensial va aktual Cheksiz lik



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə53/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Potensial va aktual Cheksiz lik. Cheksiz lik tushunchasi potensial va aktual Cheksiz likni o‘z ichiga oladi. Potensial Cheksiz lik miqdor va sifat o‘zgarishlarining nihoyasiz jarayonini qayd etadi. Potensial Cheksiz lik to‘xtatish, bekor qilish yoki mavjud emas deb elon qilish mumkin bo‘lmagan shakllanish, o‘zgarish va rivojlanish jarayoniga ishora qiladi.
Aktual Cheksiz lik muayoyan sharoitda to‘liq mavjud bo‘lgan Cheksiz likning mavhumlashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘xshash obektlarning Cheksiz to‘plamidan, masalan, Yer yuzidagi odamlarning sochlaridan yoki sayyoramizda o‘suvchi gullardan tashkil topgan o‘ziga xos obekt sifatida oddiy tushunishga asoslanadi. Aktual Cheksiz lik intiholi narsalarning Cheksiz miqdoridan tashkil topgan obektlarning son-sanoqsiz to‘plamlari aktual tarzda mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Aktual Cheksiz lik muayyan mavjud borliq sifatida olinadi, ammo u doim eng ko‘p etiroz va qarshilikka sabab bo‘ladi. Ko‘plab faylasuflar bu masalani chetlab o‘tishga harakat qilganlar. Bunda Aristotel qarashlari ancha muhim rol o‘ynagan. U ikki ming yil davomida amal qilgan «aktual emas, balki potensial Cheksiz likkina mavjuddir», degan qoidani ilgari surdi. Sog‘lom fikr nuqtai nazaridan Aristotelning bu g‘oyasini asoslovchi dalillar bisyor. Potensial Cheksiz lik, obrazli qilib aytganda, har qanday songa birni qo‘shish imkonini beradi va ancha sodda mavhumlik hisoblanadi. Uni qabul qilish va unga ko‘nikish mumkin. Aktual Cheksiz lik esa mutlaqo paradoksal xususiyatga ega, chunki u Cheksiz likni «shu erda» va «hozir» yakunlangan, deb hisoblaydi, masalan: agar biron-bir ichkilikboz kishi hozirgacha ko‘p ichkilik ichgani va yana ikki shisha shmpan vinosi icha olishini aytsa, bu potensial Cheksiz lik hisoblanadi. Agar u Cheksiz miqdorda shampan vinosi ichganini aytsa, uning bu fikriga absurd gap sifatida qarash kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda, bu aktual Cheksiz likni o‘zining barcha elementlariga ega bo‘lgan real obekt ko‘rinishida mavjud Cheksiz lik sifatida ifodalashga urinish hisoblanadi. Muttasil rivojlanuvchi olam shakllangan aktual Cheksiz lik sifatida tavsiflanishi mumkin emas. Ammo aktual Cheksiz lik g‘oyasining o‘zi ijod manbai va evristik izlanishlar uchun zamin sifatida ancha samarali xulosa bo‘ladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin