Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə56/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

P.Anoxin nazariyasi. Borliqni oldinroq aks ettirish g‘oyasi P.Anoxin tomonidan ishlab chiqilgan. U materiyaning makon va vaqt doirasidagi harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lganiga etibor qaratdi. «Jonli materiya» dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan» va muqarrar tarzda uning xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga moslashish zarurati tug‘ilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt ko‘rsatkichlari, aniqrog‘i, ketma-ketliklar katta rol o‘ynagan.
Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi:

  1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik (kun – tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va barqaror qatorlari.

  2. Mazkur organizmning hayotida keyinchalik takrorlanmaydigan ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.), ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud bo‘lganida, hayot rivojlana olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega bo‘lmas edi. Chunki bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli tasirlari inikosining natijasi sifatidagina paydo bo‘lishi mumkin. Tabiiy ritmlarga bo‘ysunuvchi o‘zaro tasirlar organizmga minglab va millionlab yillar davomida tasir ko‘rsatadi. Ular organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm oldinroq aks ettirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Masalan, kuz keldi, barglar to‘kiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi, daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq tushgani yo‘q. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (subektning) o‘zgarishi unga tashqi holatlar (obekt) tasir ko‘rsatishidan oldinroq yuz bergan. Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrof-muhitning takrorlanuvchi tasirlariga tirik organizmning reaksiyasi. Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim xossalar hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli materiya moslashuvining asosiy shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan, o‘zgarishlarga to‘la bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi.
Inikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi obekt yo‘q bo‘lganidan keyin inikosning o‘zi, aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yo‘q bo‘lmaydi, balki aks ettiruvchi obektda iz ko‘rinishida saqlanib qoladi. Shunday qilib, tashqi tasir aks ettiruvchining tarkibidan o‘rin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa malum manoda «Olam ko‘zgusi va aks sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu asosda tuziladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin