- bu mazmunan farq qilmaydigan, o‘xshash sifatga ega bo‘lgan ob’ektlarning turkumlanishidan chiqqan o‘lchamdir. Mazmun jihatidan farq qiladigan, sifat va xossasi tafovutda bo‘lgan ob’ektlar miqdorni, miqdoriy munosabatni hosil qilmaydilar. Masalan, alohida – alohida olingan elektron, atom va molekula turkumni tashkil qilmaydi, sifat jihatidan turli moddalarga mansub bo‘lganlari uchun ularni sanab bo‘lmaydi. Predmetda mavjud bo‘lgan miqdordagi elementlarning o‘zaro aloqadorligi va ta’siri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan sifatni hosil qilishi. Kislorod atomining sifati undagi o‘zaro aloqada bo‘lgan elementar zarra uning miqdoriy muayyaligi bilan belgilanadi. U yoki bu ijtimoiy tuzumning sifati ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning ko‘p xilligi, iqtisodiyotni potensial imkoniyati, shaxs, ijtimoiy uyushma va guruhlar, hamda jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni sur’ati, darajasi bilan xarakterlanadi. Demak, ma’lum miqdor muayyan sifatni keltirib chiqaradi. Sifat bilan miqdorning bir – biriga nisbatan qanchalik mustaqil bo‘lishi va ayni paytda uzviy bog‘lanish chegarasi «me’yor» kategoriyasi orqali ifodalanadi. YA’ni, «me’yor» faqat miqdor bilan sifatning birligini belgilamasdan, balki ular o‘rtasidagi chegarani ham bildiradi. Me’yor – bu ob’ektdagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi xususiyatidan kelib chiqadigan sifat va miqdor birligining chegaranganligini, shu birlikning muayyanligini saqlaydigan miqdoriy o‘zgarishlar intervalini ifodalaydigan kategoriyadir. Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. YA’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muximdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi. Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. SHunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1) uning ob’ektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, targ‘ibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi; 3) sababumumiy harakterga egabo‘lib, xech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini harakterlaydi.