187. Deontik mantiq nimani o‘rganadi? A. Deontik mantiq normativ tilning mantiqiy tuzilishini, modal mantiqning bir qismi sifatida, mantiqning «albatta», «ruxsat etilgan», «befarq», «taqiqlangan» kabi xususiyatlarining funksiyalarini o‘rganadi.
B. Deontik mantiq normativ tushunchalarni o‘rganadi.
S. Deontik mantiq buyruq formasidagi ifodalarni o‘rganadi.
D. Deontik mantiq yuridik normalarni o‘rganadi.
188. Mantiqiy zaruriylik nima va unga qanday xolatlar xos? A. Inkori mantiqan noimkoniy bo‘lgan mulohaza mantiqiy zaruriydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning zaruriyligidan uning chinligi kelib chiqadi (aksincha emas); zaruriyatning mantiqiy oqibati ham zaruriydir: mulohaza va uning inkori birgalikda zaruriy bo‘lmaydi.
B. Inkori mantiqan noimkoniy bo‘lgan mulohaza mantiqiy zaruriydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning zaruriyligidan uning chinligi kelib chiqadi (aksincha emas); zaruriyatning mantiqiy oqibati ham zaruriydir.
S. Inkori mantiqan noimkoniy bo‘lgan mulohaza mantiqiy zaruriydir. Unga quyidagi xolatlar xos: zaruriyatning mantiqiy oqibati ham zaruriydir; mulohaza va uning inkori birgalikda zaruriy bo‘lmaydi.
D. Inkori mantiqan noimkoniy bo‘lgan mulohaza mantiqiy zaruriydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning zaruriyligidan uning chinligi kelib chiqadi (aksincha emas); mulohaza va uning inkori birgalikda zaruriy bo‘lmaydi.
189. Mantiqiy imkoniylik nima va unga qanday xolatlar xos? A. Inkori mantiqan zaruriy bo‘lmagan mulohaza imkoniydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning chinligidan uning imkoniyligi kelib chiqadi, lekin imkoniylik chin bo‘lishlikni bildirmaydi; mantiqiy ziddiyatlilik imkoniy mulohaza bo‘lmaydi; mulohazaning inkori zaruriy bo‘lmasa, faqat shundagina u imkoniy bo‘lishi mumkin.
B. Inkori mantiqan zaruriy bo‘lmagan mulohaza imkoniydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning chinligidan uning imkoniyligi kelib chiqadi, lekin imkoniylik chin bo‘lishlikni bildirmaydi; mantiqiy ziddiyatlilik imkoniy mulohaza bo‘lmaydi.
S. Inkori mantiqan zaruriy bo‘lmagan mulohaza imkoniydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mantiqiy ziddiyatlilik imkoniy mulohaza bo‘lmaydi; mulohazaning inkori zaruriy bo‘lmasa, faqat shundagina u imkoniy bo‘lishi mumkin.
D. Inkori mantiqan zaruriy bo‘lmagan mulohaza imkoniydir. Unga quyidagi xolatlar xos: mulohazaning chinligidan uning imkoniyligi kelib chiqadi, lekin imkoniylik chin bo‘lishlikni bildirmaydi; mulohazaning inkori zaruriy bo‘lmasa, faqat shundagina u imkoniy bo‘lishi mumkin.