190. Mantiqiy tasodifiylik nima va unga qanday xolatlar xos?
A. Mantiqiy tasodifiylik o‘zi ham, inkori ham imkoniy bo‘lgan mulohazani ifodalaydi. Unga quyidagi xolatlar xos: tasodifiy mulohazaning inkori ham tasodifiydir; agar biri va boshqasi tasodifiy bo‘lsa, unda unisi ham, bunisi ham tasodifiydir.
B. Mantiqiy tasodifiylik o‘zi ham, inkori ham imkoniy bo‘lgan mulohazani ifodalaydi.
S. Mantiqiy tasodifiylikka quyidagi xolatlar xos: tasodifiy mulohazaning inkori ham tasodifiydir; agar biri va boshqasi tasodifiy bo‘lsa, unda unisi ham, bunisi ham tasodifiydir.
D. Mantiqiy tasodifiylikni mantiqiy zaruriyat orqali ta’riflash mumkin: mulohazaning o‘zi va unga qarama-qarshi bo‘lgan mulohaza zaruriy bo‘lmasa, u tasodifiydir.
191. Hozirgi zamon modal mantig‘ida modal tushunchalarning qanday gruhlari tadqiq qilinadi?
A. vaqt modalligi, mantiqiy, ontologik, epistemik, deontik, aksiologik modalliklar.
B. vaqt modalligi, mantiqiy, ontologik, aksiologik modalliklar.
S. vaqt modalligi, mantiqiy, ontologik, epistemik modalliklar.
D. mantiqiy, ontologik, epistemik, deontik, aksiologik modalliklar.
192. Epistemik mantiq nimani o‘rgandi?
A. Epistemik mantiq modal mantiqning bo‘limi bo‘lib, tarkibida “ishonadi” (“hisoblaydi”), “shubhalanadi”, “rad etadi”, “biladi”, “isbotlanadigan”, “rad etiladigan”, “hal qilib bo‘lmaydigan” kabi modal operatorlar bo‘lgan mulohazalarning mantiqiy aloqalarini o‘rganadi.
B. Epistemik mantiq modal mantiqning bo‘limi bo‘lib, bilish jarayonini o‘rganadi.
S. Epistemik mantiq modal mantiqning bo‘limi bo‘lib, bilim va e’tiqodning o‘zaro nisbatini o‘rganadi.
D. Epistemik mantiq modal mantiqning bo‘limi bo‘lib, bilimlarning chin bo‘lish shartlarini o‘rganadi.
193. Bilim mantig‘ining boshlang‘ich tushunchasi qaysi va uning qanday qonunlari bor?
A. Bilim mantig‘ida “isbotlanadigan” – boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, uning qonunlari quyidagicha: agar fikr isbotlanadigan bo‘lsa, u chindir; isbotlanadigan xolatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo‘ladi; agar nimadir isbotlanadigan bo‘lsa, uning isbotlanadigan ekanligi ham isbotlanarlidir; mantiqiy ziddiyat isbotlanmaydi va h.k.
B. Bilim mantig‘ida “isbotlanadigan” – boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, uning qonunlari quyidagicha: agar fikr isbotlanadigan bo‘lsa, u chindir; isbotlanadigan xolatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo‘ladi; mantiqiy ziddiyat isbotlanmaydi va h.k.
S. Bilim mantig‘ida “isbotlanadigan” – boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, uning qonunlari quyidagicha: agar fikr isbotlanadigan bo‘lsa, u chindir; isbotlanadigan xolatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo‘ladi; agar nimadir isbotlanadigan bo‘lsa, uning isbotlanadigan ekanligi ham isbotlanarlidir.
D. Bilim mantig‘ida “isbotlanadigan” – boshlang‘ich tushuncha bo‘lib, uning qonunlari quyidagicha: isbotlanadigan xolatning mantiqiy natijasi (oqibati) ham isbotlanadigan bo‘ladi; agar nimadir isbotlanadigan bo‘lsa, uning isbotlanadigan ekanligi ham isbotlanarlidir; mantiqiy ziddiyat isbotlanmaydi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |