Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə74/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod (yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir.
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi.
Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi
Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, undan kelib chiquvchi tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana boradi va natijada yana nazariyaga qaytadi, subekt bilish jarayonida undan foydalanadi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija, uning predmetining mohiyatini anglash balki unga eltuvchi yo‘l, yani metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i darkor. Predmet va metodni ayri holda tushunish mumkin emas. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasada, malum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Predmetning xususiyatlari o‘zgarishi bilan metod ham o‘zgarib boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi.
Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni to‘g‘ri xarakterlar ekan, Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng va tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda u yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, moxiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. (O‘qituvchi misol tariqasida tushuntirishi kerak.)
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini taminlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, fanlararo tadqiqot, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlaridir.
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatiga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya va deduksiya va xokazo taalluqli.
Agar maxsus metodlar obektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu obektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Bulardan tashqari sofistika, eklektika, analitik, intiutiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham mavjud. (O‘qituvchi yuqoridagi metodlar to‘g‘risida tushuncha berishi kerak.)
Fan metodlari – malum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimidir. Har bir fundamental fan, mohiyat-etibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-tamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiygumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, dialog, tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‘yin metodlari kiradi. (Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan foydalaniladi.)
Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, fluktuatsiya, dissipatsiya, attraktor, kumatoid (yunoncha–to‘lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika kabi innovatsion tushunchalarni kiritish mumkin.
Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi mumkin.
«Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan obektning mavjudligini aks ettiradi.
Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turlituman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Xulosa. Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda, cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun Cheksiz dir, inson Cheksiz dunyoni Cheksiz bila boradi. Dunyoda inson bilib olgan va hali bilib ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu — inson ularni bilishi mumkin emas, degan manoni bildirmaydi, balki malum davr, malum vaqtda inson — hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib olishi mumkin.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin