Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə78/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Metafizika. Falsafaning yana bir muhim klassik metodi metafizikadir. Dastlab
«metafizika» atamasining ma’nosi inson aqli orqali egallanishi mumkin bo‘lgan barcha bilimlardan yuqori turuvchi murakkab bilim ma’nosini bergan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda Rodoslik Andronnik Aristotel qo‘lyozmalarini sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir kator boshqa mavzudagi asarlarini tizimlashtiradi. Bularni Arastuning o‘zi «ilk falsafa» deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «metafizika» deb ataydi (yunon tilidagi aynan ma’nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). SHu an’anaga binoan keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham «metafizika» deganda borliq va bilishning oliy asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni YAngi zamon falsafasiga qadar uchratamiz.
XVIII asr oxiri, ya’ni ma’rifatparvarlik davrida metafizika dunyo haqidagi tasavvurlarning sistemalashgan ko‘rinishi sifatida emas, bilishning alohida shakli sifatida tushunila boshlandi. Mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki dunyo haqida muayyan qarash to‘g‘ri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, balki tubdan o‘zgarmasligi kerak bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar bilish metodi ob’ektni qandaydir qotib qolgan, rivojlanmaydigan narsa sifatida tadqiq etsagina bunday fikr yuritish mumkin bo‘ladi. SHu tariqa metafizika bilish metodi sifatida shakllandi.
Metafizika metodini birinchi bo‘lib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi, Kantning fikricha, faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay oladi. Metafizika tushunchasini yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini tanqidiy metafizika deb ataydi va bilishning chegaralari to‘g‘risidagi barcha oldingi falsafiy bilimlarni tanqidiy nuqtai-nazardan qarab chiqadi. Kant ta’limotida butun falsafa
«tanqidiy falsafaga» (ya’ni, uning falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) bo‘linadi. Gegel ta’limotidan boshlab falsafiy bilish metodini ikki qarama-qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish boshlanadi.
Metafizik, dogmatik tafakkur, bu – insonni qurshab turgan dunyoning va inson tafakkurining biron bir tomoni, qirrasi, xossasini absolyutlashtirishdir. Bunday fikrlash hodisalarning o‘zaro aloqalari va ta’sirini kam hisobga oladi, unga predmetlarning ayrim elementlari va xossalarini farqlantirish va qayd etishni absolyutlashtirish xosdir. Metafizik tafakkur aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va o‘tishlarni nazardan qochirib, o‘zini dunyoning barcha turli-tuman tomonlari, boyligi va birligini ochib berish imkonidan mahrum etadi. Agar dialektika aloqalar haqidagi ta’limot sifatida namoyon bo‘lsa, metafizika ularni inkor etishga intiladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin