Imkoniyat va vokelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqe’lik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo‘lishidir. Imkoniyatva vokelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shartsharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Imkoniyatning voqe’likka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor.