Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Insonning ko‘p o‘lchovliligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə138/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Insonning ko‘p o‘lchovliligi. Insonni o‘rganishga nisbatan «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar ayniqsa ajralib turadi.

Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va manaviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik malumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin bazan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar ayniqsa nemis antropologlari M.Sheler (1874-1928) va A.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir.

Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir.

Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun yagona asos mavjud emas, xuddi shuningdek bunday asos yaqin kelajakda paydo bo‘lishiga umid qilish uchun ham asoslar yo‘q. Hozircha faqat shuni qayd etish mumkinki, diqqat markazidan yuqorida sanab o‘tilganlardan qaysi biri, chunonchi: kosmos, tabiat, Xudo, jamiyat yoki bevosita inson o‘rin olganiga qarab, falsafa tarixida insonni tushunish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda asos bo‘ladigan turli falsafiy nuqtai nazarlar farqlanadi. Ularning orasida kosmotsentrizm, teotsentrizm, sotsiotsentrizm va antropotsentrizm ayniqsa keng tarqalgan bo‘lib, turli davrlarda ularning har biri har xil ko‘rinishda namoyon bo‘lgan, lekin inson muammolarini o‘rganuvchi falsafiy konsepsiyalarda doim u yoki bu tarzda mavjud bo‘lgan.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin