Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. Texnika va texnologiya masalasi barcha davrlarda insoniyatning diqqat markazida bo‘lib kelgan. CHunki inson ijodiy faolyatining amaliy natijasi bo‘lgan bu omillar bevosita jamiyat ravnaqi va uning istiqbollari belgilab kelgan. Jamiyat o‘zining industrial bosqichiga etgunga qadar texnika va texnologiya hunarmandchilik ko‘rinishida yakka tartibdagi faoliyati sifatid anamoyon bo‘lgan.
XX-XXI asrda ishlab chiqarishning ilg‘or texnika va texnologiya asoslanishi, ularni nazorat qiluvchi maxsus injener-muhandislar faoliyatini shakllantirib, ular nafaqat texnik tuzilmalarning normal ishlash jarayonini taminlash, balki uning yangi loyihalarini tuzish, ixtirolar qilish texnik va texnologik qurilmalarni yaratmoqdalar. Bunda muxandis tafakkurining o‘ziga xos jihatlari: ilmiyratsionallikka asoslanish, ijodiy faollik va hamma uchun tushunarli yangilikni shakllantirish, standartlashtirish kabilarda namoyon bo‘lmoqda. Bu nazariy bilimlar amaliyotda sinalib, tajribadan o‘tib, ishlab chiqarishga joriy etilib, iqtisodiyotni rentabellashtiradi va natijada inson hayotida ko‘plab qulayliklarni joriy etadi. Har qanday texnik qurilmani yaratish jarayonida muhandis ongida uch unsur birligi amalga oshadi: miyada yaratiladigan texnikaning obrazi va uning maqsadi belgilanadi; texnikaning loyihasi aniq hisob-kitob asosida ishlab chiqiladi; gavdalangan obraz hamda loyiha birlashib yaxlit texnik qurilma yoki texnologiya yaratiladi. Bu esa bugungi ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish vositalari, ularning doimiy takomillashib borishi davomida, inson tafakkuri va faoliyatining ixtisoslashib borishini ham taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |