Formal mantiqning boshqa fanlar bilan aloqasi
Formal mantiq tafakkurni o‘rganuvchi boshqa fanlar, ayniqsa, falsafa, psixologiya bilan bog‘langan. Xususan,“psixologiyaga oid bilimlarsiz mantiqiy nazariyalarni xato va anglanmaydigan mulohazalardan soqit qilib bo‘lmaydi”146.
Mantiqning falsafa umumnazariy masalalari bilan aloqadorligi shunda ko‘rinadiki, “mantiqiy munosabatlar o‘z holicha borliqda mavjud predmet va hodisalar determinatsiyasini(o‘zaro taqozalanganligini-M.SH.) aniqlash uchun etarli emas, lekin u predmetlarning mumkin bo‘lgan turli birikmalari determinatsiyalarining har birida qatnashadi”147.
Mantiqning bosh maqsadi — asosli xulosa chiqarish turlarini asossiz xulosa chiqarishlardan farqlashdan iborat. Biroq mantiqning vazifasi bu bilangina cheklanmaydi. Lokk davridan buyon mutafakkirlar bilimning umumiy tabiati va inson ongi haqiqatni anglashi mumkin bo‘lgan usullar haqida spekulyativ diskussiyalar olib borishadi. Biz bunday bahs munozaralarni muhim emas deb hisoblaymiz. Metafizika, ratsional psixologiya yoki epistemiologiya va psixologiya tadqiq etadigan masalalar muayyan darajada mavhumdir va noaniqdir. Shuning uchun ham shubha ostida qoladi. Lekin metafizika yani falsafa muhokama yuritishning umumiy asoslarini, qonuniyatlarini tadqiq etishi bilan mantiqqa yaqin turadi, uning qoidalarining zaruriy metodologik asosini tashkil etadi.
Boshqa har qanday fan singari mantiq haqiqatga erishishga qarab yo‘naltirilgan. To‘g‘ri xulosalash malakasi johil kishida ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri xulosalash haqiqatga erishishning zaruriy qismi hisoblanadi. Bu jarayonda mantiqning ishtiroki tabiiyki fan doirasini muayyan darajada kengaytiradi.
Formal mantiqning matematika, grammatik bilan bog‘liqligi yaxshi malum. Buni matematik mantiq noklassik mantiqning turli yo‘nalishlari mavjudligi tasdiqlaydi. SHuningdek, uni formal mantiqning Qadimgi davrda grammatika, matematika bilan uzviy bog‘liq holda shakllangani, ularning ko‘p umumiy xususiyatlarga egaligi ham ko‘rsatadi. Matematika predmetlarni “hisoblash” va
“chizish”, grammatika ularni o‘z “nomi” bilan atash va gaplarni to‘g‘ri qurish, mantiq gap (til ifodasi) orqali bildirilgan mulohazalarni aniqlashtiradi va to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Predmet haqida fikr bildirish uchun inson uning qaysi sinfga mansubligi, bu sinfni qanday va qancha predmetlar hosil qilishi (arifmetikaning vazifasi), ularga qanday nom berilishi (grammatika vazifasi) va ular to‘g‘risidagi mulohazalar, xulosalar qanday qurilishi (mantiq vazifasi) to‘g‘risida malumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |