TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING ANDIJON FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI 2-KURS 1-GURUH TALABASI AHMADJONOV UMIDJONNING FALSAFA FANI MANTIQ BILISH NAZARIYASINING TARKIBIY QISMI MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI
Reja: Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. Mantiqning kommunikativ, ma’rifiy, madaniy
Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. Mantiqning kommunikativ, ma’rifiy, madaniy jihatlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi “fikr”, “so‘z”, “aql”, “qonuniyat” kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi.
Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, “ob’ektiv mantiq”, “narsalar mantig‘i” kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, “sub’ektiv mantiq” iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. “tafakkur” ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi “fikrlash”, “aqliy bilish” so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog’liq bo’lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan narsalarni tushunib etishga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o’z oldilariga ma’lum bir maqsadni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo’nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bilish deb ob’ektiv olamning inson ongida aks etish jarayoniga aytiladi. Inson bilishi ikki shaklda sodir bo’ladi: uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo’ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.