O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING SIRTQI BO’LIMINING XALQARO VALYUTA – KREDIT MUNOSABATLARI YO’NALISHI
FARHODOV SIROJNING MOLIYA HISOBI ASOSLARI FANIDAN ORALIQ NAZORAT ISHISI
2023-2024
SAVOLLARI
1. Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering.
2. Aktiv schyotlarning tuzilishi.
3. Inventarizatsiya, uning mazmuni va o‘tkazish muddatlari.
JAVOBLARI 1. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan hojalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, yani ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi.Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklari ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho'jaligi, ko'rilish va boshqalar) xamda moddiy boyliklami ishlab chiqaruvchilardan istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va umumiy ovkatlanish) tarmoklari kiradi.Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda korxonaning fondlaridan, ya'ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va pul mablag'laridan foydalanish yo'li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarga zarur bulgan mablag'lar ma'lum manbalar (davlatniki- davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadomiki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va iste'mol jarayonlariga xizmat kilaturib, korxonalar fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklari yaratishga yunaltirilgan ishlab chiqarish ayrboshlash Jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag'lari) ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantiradi.Noishlab chiqarish sohasini axoliga xizmatlar bajaruvchi tarmoklar tashkil kiladi. Bularga soglikni saklash, xalq ta'limi, san'at xamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida, garchi unda amalga oshirilayetgan faoliyat takror ishlab chiqarishga yordamlashib, undagi mexnat ijtimoiy foydalik bulsa xam, ijtimoiy mahsulot yaratilmaydi.Noishlab chikdrish sohasining tashkilotlari va muassasalari ho`jalik faoliyatlari ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag'larni uzlarining funksiyalarini bajarishda samarali foydalanish boshqarishdan iborat.Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo’jalik mablag’larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo’jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo’layotgan o’zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag’lar, xo’jalik jarayoni va uning ta’siri ostidagi xo’jalik mablag’larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo’ladigan o’zgarishlar aks etiriladi hamda korxonalar xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.Buxgalteriya hisobi vositasida korxornalar xo’jalik faoliyati jarayoni, mablag’lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar olinadi.Shunisi ham borki, buxgalteriya hisobida faqat pul o’lchovida foydalanish mumkin bo’lgan xo’jalik jarayoni va mablag’larigina o’z aksini topadi. Pul ifodasiga ega bo’lmagan korxonalarning mulklari buxgalteriya hisobida o’z aksini topmaydi. Agar ularning qiymati aniqlanib, pulda ifodalangan bo’lsa, u holda bular ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.Demak, buxgalteriya hisobining predmeti korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir.Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqa tarmoqlari korxonalarida, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, noishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va umuman olganda barcha korxona, tashkilot hamda muassasalarda yuritiladi. Хozirgi vaqtda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va butun iqtisodiyot bo’yicha buxgalteriya hisobotlarini yig’ish va bu ma’lumotlarni kerakli ko’rsatkichlarda guruhlashtirish natijasida hamma korxonalarning xo’jalik mablag’lari, ularning tuzilishi, joylanishi va tayinlanishi, xo’jalik faoliyati haqidagi buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga ega bo’ladilar.Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ish bajarish)dan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish (realizatsiya) jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’lar (fondlar) ning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich (faza) bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. YAngidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy (ish haqi) va qo’shimcha mahsulot qiymati (sof daromad)dan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilinganxarajatlar sarflangan mablag’lar (mehnat buyumlari va mehnat vositalari amartizatsiyasi), ishchi kuchi (ish haqi shaklidagi zaruriy mehnat) va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko’rsatgichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchagichlarda ham ko’rsatiladi. Bu o’lchagichlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh (ona) kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrabolinadi.
2.Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. Korxona mablag`larini hisobga oladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag`lar, ularning tarkibi va joylashishi to`g`risidagi ko`rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda mablag`laming ko`payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. Aktiv schyotlarda xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylanishi ko‘rsatilsa, passiv schyotlarda esa ularning tashkil topish manbalari ko‘rsatiladi. Aktiv schyotlarda mablag‘larning ko‘payishi uning debet tomonida, ozayishi esa kredit tomonida ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarda esa ko‘payishi kredit tomonida, ozayishi esa debet tomonida aks ettiriladi. Schyotlarda aks ettirilgan mablag‘larning boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlari aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv schyotlarda kredit tomonida ko‘rsatiladi. 28 Aktiv schyotlarninig debetiga taalluqli bo‘lgan qoldiq, balansning aktiv tomonidagi moddalardan olinsa, passiv tomonidagi moddalardagi qoldiq passiv schyotlarning boshlang‘ich qoldig‘i hisoblanadi. Agar aktiv schyotning boshlang‘ich qoldig‘i bo‘lmasa, birinchi aks ettirilgan operatsiya schyotning debetida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Passiv schyotda esa schyotning kredit tomonida yozilgan bo‘lishi lozim.
3. Korxonada inventarizasiya – bu tashkilotning buxgalteriya bo‘limida mavjud bo‘lgan axborotga ega aktivlarning haqiqiy mavjudligini tekshirish jarayonidir. Inventarizasiya vazifalariga hisobga olinmagan ob'ektlarni aniqlash, tashkilot balansida mavjud ob'ektlarning amalda mavjudligini taftish qilish, shuningdek ularning holatini nazorat qilish kiradi. Inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining bir elementi bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, xo’jalik yurituvchi sub’ektining boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy mavjud miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi. Inventarizatsiya qilish yordami bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanadi.Shunday qilib, inventarizatsiya qilishning asosiy vazifasi haqiqatda bor bo’lgan asosiy vositalar, mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini naturada aniqlash; haqiqatda bor bo’lgan moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish va shu yo’l bilan ularning butligi ustidan nazorat olib borish; o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan, eskirgan fason va modelli mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; sotish maqsadida me’yordan ortiqcha va ishlatilmayotgan mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash; mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini saqlash qoida va shartlari hamda mashina, asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini tekshirish; balansda ko’rsatilgan mol-moddiy qiymatlik, kassa, bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’i va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’larining summasi, yo’ldagi pul mablag’lari, debitor va kreditor qarzlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi hamda buxgalteriya balansining boshqa moddalari summalarining realligini tekshirishdir.Yillik hisobot tuzishdan avval xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobot bo’yicha me’yoriy hujjatlarga ko’ra asosiy vosita, tugallanmagan kapital qurilish va tuzatish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, hisob-kitob va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lmagan (saqlashga qabul qilingan, aredaga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan) moddiy qiymatliklar va ba’zi bir sabablarga ko’ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi:
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish.