Ziddiyatli shaxs haqida tushuncha



Yüklə 18,04 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü18,04 Kb.
#76481
Q0DUSFfqBTTN3OLg81irerVwv1bnpiX1Gt7ZIZCk


Ziddiyatli shaxs haqida tushuncha
Ziddiyatlar nafaqat ishga taalluqli bo‘lishi mumkin, balki shaxsga, uning ruhiy-emosional sohasiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar ziddiyatli odamlar deb ataladi. Ziddiyatli shaxs – bu atrofdagi odamlar bilan doimiy ziddiyatga kirishadigan va bu ziddiyatning asosida uning shaxsiy sifatlari asosiy rol' o‘ynaydigan odamdir. Ziddiyatli odamlar bilan ishlash usullari ziddiyatlar bilan ishlash usullaridan keskin farq qiladi. Keling, ziddiyatli shaxslar tipologiyasi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lamiz.
Ziddiyatli shaxslar tiplari
Psixologiya fanida ziddiyatli shaxslarning quyidagi tiplari farqlanadi:
* “NAMOYIShKORONA” tipi – bu turli xil yo‘nalishlarda jo‘shqin faoliyat yurgizuvchi xoleriklar. Bundaylar ko‘zga tashlanib yurishni yoqtirishadi, o‘zlarini baland baxolashadilar; bundaylarga qanday munosabat ko‘rsatishsalar, ular o‘zlarini shunga mos tutishadi. Odatda aqlli, farosatli, xatti-harakatlari uncha ko‘zga tashlanmaydi.
* “RIGID” (nodon)- bunday tipdagi odamlar yangi muhitga moslasha olmaydilar, atrofdagilarning fikri va nuqtai-nazarini e'tiborga olmaydilar; o‘ta tez xafa bo‘ladilar, izzattalab, hech kimga ishonmaydi; o‘z xulq-atvoriga nisbatan tanqidiy yondoshmaydi, o‘zini ta'kidlashlarini yoqtiradi.
* “PEDANT” (bachkana) – bundaylar odatda o‘ta puxta, injiq, ijrochi bo‘lsa-da, odamovi, odamlar bilan muloqatdan qochadi.
* “ZIDDIYaTSIZ” – o‘zi anglagan holda ziddiyatdan qochadigan, o‘z fikr va baholarida noturg‘un, o‘zgalar ta'siriga beriluvchan, biror qaror qabul qilganda mas'uliyatni o‘zgalarga yuklaydi (agar u rahbar bo‘lsa, o‘zining yordamchisiga yuklaydi).
* “AMALIYoTChI” – “Eng yaxshi himoya-xujum shiori ostida harakat qiladi”. Bunday odam uchun eng muhimi atrof muhitni o‘zgartirish, o‘zga odamlarning pozisiyasini yangilash. Buning oqibatida turli xil to‘qnashuvlarga uchraydi.
Ziddiyatli odamlarga o‘zga tiplarni taklif qiladi:
* “TAJOVUZKOR” - qo‘pol va andishasiz gaplarni gapiradigan, uni tinglamasalar jahli chiqadigan odam, odatda uning jahlining ortida o‘z ishini yaxshi bilmasligini fosh bo‘lishidan qo‘rqish yotadi.
* “ShIKOYaTChI” – qandaydir g‘oyaga ega bo‘lgan odam bo‘lib, bu g‘oyaning amalga oshmaganligi uchun ko‘pchilikni, ba'zida butun olamni ayblaydi, biroq bu muammoni hal qilish uchun hech narsa qilmaydi.
* “DARG‘AZAB” – Bu tipdagi odam tabiatan jahldor emas, u hissiyotlar bilan vaziyatni qo‘lga olaman deb o‘ylaydi. Masalan, bunday boshliq uning qo‘l ostidagilar unga nisbatan hurmatini yo‘qotganidan junbushga keladi.
* “MAKSIMALIST ” – zarurat bo‘lmagan taqdirda ham biror ishni zudlik bilan qilishga shoshiladigan odam.
* “INDAMAS” – xamma narsani ichiga yutadi, o‘zini xafa ekanligini yashiradi, so‘ngra kimgadir g‘azabini sochadi.
* “YaShIRIN QASOSKOR” – qandaydir nayrang bilan odamlarni qiynovchi odam. O‘zicha kimdir noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, adolat o‘rnatmoqchi bo‘ladi.
* “SOXTA AL'TRUIST” – go‘yo sizga yaxshilik qilayotgandek bo‘ladi – yu, yuragining tubida bundan afsuslanadi. Ba'zida u yaxshiligiga yaxshilik qilishligini talab ham qiladi.
* “DOIMIY AYBLOVChI” - o‘zgalarning aybini doimiy axtaruvchi odam, u doimo o‘zini xaq deb biladi.
Shunday qilib, ziddiyatli odamlar bilan muomala qilganda unda siz nafaqat do‘stini, balki yaxshi sifatlarini ham ko‘rishga harakat qilishingiz kerak. Chunki siz bunday odamlarning na dunyoqarash va qadriyatlarini, na psixologik xususiyatlarini, na nerv sismtemasining sifatlarini o‘zgartira olasiz. Boshqacha qilib aytganda, o‘z hayotiy tajribalaringizdan kelib chiqqan holda bunday odam qalbiga yo‘l topa olish kerak bo‘ladi va ular bilan vaziyatni murakkablashtirish kerak emas.
Ziddiyatli shaxs bilan qanday ishlash kerak
1. Shu narsani hisobga olish kerakki, bunday odamlarning yashirin ehtiyojlari bor bo‘lib, odatda bu ehtiyojlar o‘tmishdagi yo‘qotishlar, umidsizliklar bilan bog‘liq va ular bu ehtiyojlarni shunday yo‘l bilan qondiradilar. Masalan, o‘ta jahldor odam o‘z jaxli- g‘azabi bilan irodasizligi va qurqorligini yashirishga harakat qiladi.
2. Rahbar o‘z hissiyotlarini nazorat ostiga olib, ziddiyatli shaxsning hissiyotlariga yo‘l ochib berishi kerak. Shundagina u bilan muloqotni davom ettirish mumkin bo‘ladi.
3. Ziddiyatli odam o‘z ehtiyojlarini shunday usul bilan qondirayotganligini hisobga olgan holda, uning so‘zlariga va xulq atvogiga e'tibor bermaslik kerak.
4. Ziddiyatli vaziyatlarda ziddiyatli odamlarga ta'sir qilish usulini tanlash jarayonida o‘sha odamning qanday tipga taalluqli ekanligini o‘rganish kerak.
5. Agar siz ziddiyatli odam bilan muomalani davom ettirishni istasangiz, siz undan qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, haqiqatni gapirishni talab qilishingiz kerakki, sizning u bilan bo‘ladigan muomalangiz u siz bilan qanchalik sidqidildan gaplashishiga bog‘liq ekanligini uqdirishingiz zarur. Uning hamma narsada siz bilan kelishishni talab qilmaslik kerak.
“ Siz ziddiyatli shaxsmisiz?” metodikasi
Ziddiyatli shaxs ekanligingizni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi testni o‘zingizda o‘tkazing. Bunda har bir savoldagi javoblardan birini tanlashingiz talab qilinadi.
1. Jamoat transportida baland tovushlarda munozara boshlandi. Siz o‘zingizni qanday tutasiz?
a) munozaralarda qatnashmayman;
b) to‘g‘ri deb qisqacha fikrimni bildiraman;
v) “o‘zimga o‘t ochgandan ko‘ra”, munozaraga faol aralashaman.
2. Yig‘ilishlarda rahbariyatni tanqid qilasizmi?
a) yo‘q;
b) ha, faqatgina bunga keskin asosim bo‘lsa;
v) har qanday masalada nafaqat rahbariyatni, balki ularni himoya qiluvchilarni ham tanqid qilaman.
3.Do‘stlaringiz bilan tez –tez bahslashib turasizmi?
a) ha, faqat xafa bo‘lmaydiganlari bilan;
b) faqat muhim masalalar bo‘yicha;
v) bahs – mening sevgan mashg‘ulotim.
4. Uyda tushlikka tuzsiz ovqat tortishdi. Siz o‘zingizni qanday tutasiz?
a) bu arzimas narsadan g‘alva chiqarmayman;
b) indamasdan tuzdonni olaman;
v) buni aytishdan o‘zimni to‘xtata olmayman.
5. Agar ko‘chada transportda oyog‘ingizni bosib olsalar ....
a) unga nafrat bilan qarayman;
b) sovuqqina koyib qo‘yaman;
v) hech narsadan tortinmay aytadiganimni aytib olaman;
6. Agar yaqinlaringizdan biri sizga yoqmagan narsani sotib olsa....
a) indamayman;
b) qisqachagina odobli tushuntirish bilan chegaralanaman;
v) janjal chiqaraman;
7. Loteriyada omadingiz chopmadi. Siz bunga qanday munosabatda bo‘lasiz?
a) o‘zimni beparvo tutaman, ammo boshqa bu o‘yinda qatnashmaslikka o‘zimga so‘z beraman;
b) o‘kinchimni yashirmayman, ammo bo‘lgan voqeaga keyingisida yutishga va'da berib hazil bilan yondoshaman;
v) omadsizlik ancha vaqtgacha kayfiyatimni buzadi.
Metodikaning kaliti
Har bir “a” javob uchun – 4 ball, “b” uchun - 2 ball, “v” uchun – 0 ball
Natijalar tahlili
20 -28 ballar - siz odoblisiz va sulxparvarsiz, ziddiyatlar va bahslardan qochasiz, ishda va uyda ziddiyatli vaziyatlardan o‘zingizni chetga olasiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, sizni ba'zida moslashuvchan deb atashadi.
10 - 19 ballar - ziddiyatli odam deb nom chiqargansiz. Biroq haqiqatda siz boshqa imkoniyat qolmaganida va hamma vositalar qo‘llanib bo‘lgandan so‘ng ziddiyatga kirishasiz. Shu bilan birga siz chegaradan chetga chiqmaysiz va qat'iy turib o‘z fikringizni himoya qilasiz. Bular sizga hurmat keltiradi.
9- ballgacha – ziddiyat va munozaralar – siz sevgan mashg‘ulot. O‘zgalarni tanqid qilishni yoqtirasiz-u, biroq o‘z adresingizga tanqid bo‘lsa, qabul qilolmaysiz. Sizning qo‘polligingiz va o‘zingizni tutolmasligingiz odamlarni sizdan uzoqlashtiradi. Ishda ham, uyda ham siz bilan yashash, ishlash qiyin. O‘z xarakteringizni o‘zgartirishingizga xarakat qiling.
Xulosa Har qanday rahbar o‘z qo‘l ostida ishlaydigan ziddiyatli xodimlari bilan yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilib ishlashi lozim.
Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin