2. O’quvchi-yoshlarni yosh xususiyatlariga ko’ra davrlarga bo’lish.
3. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy ildizlari haqida.
4. Sharq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Jomiy, Davoniy, Navoiy, Avloniy va boshqalar) barkamol shaxs tarbiyasi haqida
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.

SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.