Quyidagi berilgan misollardagi ajratib ko'rsatilgan fe'l formalariga e'tibor bering: 1.Onajon, men o'qib ulg'aymoqdaman (T. Saydaliyev). 2. Sen uning azob chekayotganini sezmading (J.Abdullayev) 3. Bolam, kim bilan gaplashayapsan? (Said Ahmad). 4. Ular hazil-mutoyiba bilan ovqatlandilar. (F.Musajonov).

Ulg'aymoqdaman fe'li tarkibidagi -man, sezmading fe'lidagi -ng, gaplashayapsan fe'li tarkibidagi –san, ovqatlandilar fe'lidagi (-di) -lar qo'shimchalari harakat qaysi shaxs (yoki shaxslar) tomonidan bajarilganini ko'rsatadi. Shuning uchun ham ular shaxs-son affikslari (qo'shimchalari) deb nomlanadi. Tilshunoslikda ular tuslovchi qo'shimchalar deb ham yuritiladi.
Ular ish-harakatni bajaruvchisi 3 shaxs (I shaxs-so'zlovchi; II-shaxs tinglovchi; III shaxs o'zga) va 2 son (birlik-yakka shaxs, ko'plik 2 va undan ortiq shaxs) tushunchalarini aks ettiruvchi qo'shimchalarni o'z ichiga oladi.

Tuslovchi qo'shimchalar 3 guruhga bo'linadi:
1-guruhda: -m, -k, -ng, -ngiz, nol-nol (-lar);
2-guruhda: -man, -miz; -san, -siz; -di (yoki nol)-di (lar) yoki nol (lar);
3-guruhda: -ay (-in), -y (in), -aylik, -ylik; -nol (-gin) –ingiz, -ngiz (lar); -sin, - sinlar shaxs -son qo'shimchalari kiradi.