Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Tushunchani umumlashtirish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə185/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan

jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. CHunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.

Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:

A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. V – Aylanma harakat.

S – Mexanik harakat.

D – Harakat.

Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.

Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.

Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin